Imlo:ta’til,olachipor,metrcha,hujumso'zlari ustida ishlanadi.
Tahlil: Bolalar tush payti nima qilishardi? Nima uchun bolalar qiy- chuv ko'tarishdi? Olishuv kimlar o'rtasida bo'ldi? Jalil ota yetib kelganda qanday hodisa yuz bergandi?
Reja asosida ikki-uch o'quvchi matn mazmunini so'zlaydi.
Tayanch so'zlar: har xil, «Qochinglar, ilon» deb, olachipor, qiy-chuv,yarimmetrcha,hujum,zaharladi,xavf,halok. 120
T u y a q u s h v a A r s l o n
Uchinchi sinfda bizni o'qitgan ustozimiz Eshonbek domla har xil qiziq-qiziq hikoyalar aytib, dars o'tardilar. Bir kuni bizga qiziqarli hikoya aytib berdilar.
Tuyaqush bilan Arslon do'st tutinishibdi. Qiynalib qolganda bir- biriga yordam berishga va’da berishibdi.
Kunlar o'tibdi. Uzoqdan Tuyaqushning Arslonni yordamga cha- qirgan ovozi eshitilibdi. Arslon do'sti tomonga yuguribdi. Yetib borsa, Tuyaqush hech nima bo'lmagandek, yallo qilib yurgan emish. Arslon Tuyaqushdan nima uchun chaqirganini so'rabdi. Tuyaqush Arslonning va’dasi esidami, yo'qmi, sinamoqchi ekan. Arslon orqasiga qaytib ketibdi.
Oradan bir necha kun o'tibdi. Tuyaqush Arslonni yana chaqiribdi.
Arslon yugurib kelsa, yolg'on ekan.
Bir kuni Tuyaqushni bo'rilar o'rab olibdi. U jon-jahdi bilan Arslonni chaqiribdi. Arslon eshitibdi, lekin bormabdi. Tuyaqush sinamoqchi bo'lsa kerak, deb o'ylabdi. Tuyaqushni esa bo'rilar yeb ketibdi.
Xulosa shuki, yolg'on so'zlash yomon ekan. Inson doimo rostgo'y bo'lishi lozim. (128so'z,75-80so'zatrofidahambo'lishimumkin.)
Ish «Olapar» matnidagi singari olib boriladi. (Bunda birinchi va to'rtinchi qism tushib qoladi.)
Imlo:bir-biriga,yallo,jon-jahdiso'zlari imlosi ustida ishlanadi.