M umarova, М. Nabiyeva



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə80/104
tarix20.07.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#136972
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   104
bayonlar toplami m. umarova

Yong'oqjon


Bor ekanda, yo'q ekan. Yong'oqjon bo'lgan ekan. Uning niyati odamlarga yaxshilik qilish ekan. Yong'oqjon marjon-marjon tugunchalar tugibdi. Yozda Yong'oqjon quyoshdan nur olibdi. Mag'zi yog'ga to'libdi.


Ushoqtoyning buvijonisi betob ekan. U Yong'oqjonning moyidan totib, oyoqqa turibdi.
122
Shundan so'ng, Ushoqtoy ham Yong'oqjondan yeb ko'ribdi. Aqliga aql qo'shilibdi. Ko'paytirish jadvalini birpasda yodlab olibdi.
Buvijonisi Yong'oqjonning oldiga boribdi. Uning kuchsizlarga kuch berishini, Ushoqtoylarning aqliga-aql qo'shishini aytib maqtabdi. Ming yil umr ko'rgin, deb duo qilibdi.
Yong'oqjon odamlar sog'ligiga foyda keltirganidan mamnun bo'lib, uzoq yillardan beri yashar ekan. (85 so'z)


Imlo: b - p undoshlarining talaffuzi va yozilishi eslatiladi.
Tahlil: Birinchi xatboshida nima haqida gapirilgan? Nima uchun Ushoqtoy ko'paytirish jadvalini birpasda yodlab oldi? Yong'oqjonning qaysi ishi buvijonga yoqib qoldi? Yong'oqjon nimadan mamnun?

Taxminiy reja uchun savollar:


  1. Yong'oqjon nima uchun quyoshdan nur oladi?

  2. Yong'oqjon qanday foyda keltirdi?

  3. Buvijonisi kimni nima deb duo qildi?

  4. Yong'oqjon qanday qilib uzoq yil yashar ekan?

Tayanch so'zlar: marjon-marjon, totib, oyoqqa, aql.


O'g'ri




Husayn amaki bozorga bordi. Narsalarini sotib qaytayotganda buloq boshiga yetib, eshagiga dam berdi. O'zi ham daraxt tagida mizg'ib olmoqchi bo'ldi. Hamyonini qo'yniga berkitib, uyquga ketdi.
Daraxtning ustida o'g'ri kishi o'tirgan edi. Pullarni ko'rib daraxtdan tushdi. Cho'ntagidan qamish naycha, zahar solingan qutichani oldi. Qamish naychaning ichiga zahardan ozgina soldi. Husaynning og'ziga puflab pullariga ega bo'lmoqchi edi.
O'g'ri zaharni puflamoqchi bo'lib turganda, Husayn amaki aksa urib yubordi. O'g'ri o'z maqsadiga erisha olmadi va qochib ketdi. (74 so'z)


Imlo: - qa jo'nalish kelishigining qo'llanishi, hamyon, cho'ntagidan, zahar, puflab so'zlari ustida ishlanadi.
123
«... mizg'ib olmoqchi» so'z birikmasi o'rnida qanday so'z ishlatish mumkin?
Tahlil: Husayn amaki bozordan qaytishda nima qildi? O'g'ri kishi nima ish qildi? Qanday qilib o'g'rining og'zi zaharga to'ldi.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin