M umarova, М. Nabiyeva



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə74/104
tarix20.07.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#136972
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   104
bayonlar toplami m. umarova

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Reja
Tayanch so'zlar: baxtsizlik, yo'qotgan, taklif, yaralanib, darhol, hozir­ labdi.

Ona ayiq


O'rmonda ona ayiq bolasi bilan yashar edi.
Kunlarning birida ayiqcha bir oyog'ini bosolmay qoldi. Ona ayiq bolasini o'rmondagi yog'och kulba oldiga olib bordi. O'zi ko'zdan g'oyib bo'ldi.
O'rmonchi darchadan ayiq va uning bolasini ko'rib turgan edi. U tashqariga chiqdi va ayiqchaning yoniga bordi. Qarasa, uning bir oyog'iga tikan kirib, maddalab ketibdi.
115
O'rmonchi bemorni kulbaga olib kirdi. So'ng o'tkir pichoqni olovda qizdirdi. Pichoq sovugach, ayiqchaning yarasini kesdi. Tikanni olib tashladi. Yaraga malham qo'yib, doka bilan bog'ladi. Keyin ayiqchani so'qmoqqa qo'yib yubordi.
O'rmonchi kulbaga qaytib kirdi. Darchadan ayiqchani kuzatib turdi. Shu payt ona ayiq paydo bo'ldi va bolasini olib o'rmonga jo'nadi. (101 so'z)


Imlo: b - p va d - t undoshlarining yozilishidagi farqi, juft so'zlarning orasiga chiziqcha qo'yib yozish va bo'g'inga ko'chirib yozish qoidasi eslatiladi.
Tahlil: Nima uchun ona ayiq bolasini kulba yoniga olib keldi? O'rmonchi darchadan nimani ko'rdi va nima qildi? O'rmonchi bemorni qanday davoladi?
Topshiriq: O'rmonchi nimani ko'rgani va ayiqchani qanday davolaganini so'zlang hamda yozing. Bayonni qayta hikoyalashdan so'ng yozing. Bayon 60-70 so'zdan iborat bo'lishi mumkin.

Reja:


  1. O'rmonchi ayiqchaning yoniga keldi.

  2. Bemor kulbada.

  3. Bemorni davoladi.

  4. Ayiqcha tuzaldi.

Matndagi bemor (ayiqcha), kulba (uy) so'zlari o'rnida yana qanday so'z ishlatish mumkinligini so'rab aniqlanadi.
Tayanch so'zlar: maddalab, sovugach, pichoq, malham, so'q­ moqqa.



Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin