Basira opa qizlariga guldor, chiroyli matolardan bejirim kiyimlar tikib beradi. Sochlariga qip-qizil lenta bog'lab qo'yadi. Maktabga qo'g'irchoqdek qilib jo'natadi. Fotima bilan Zuhraga hammaning havasi keladi.
Nima bo'ldi-yu, Basira opa zinadan yiqilib tushdi. U oyog'ini
ushlaganicha o'tirib qoldi.
Tez yordam mashinasini chaqirishdi. Shifokor Basira opani kasal- xonaga olib ketdi. Ona ancha kun davolandi. So'ngra uyiga qaytib keldi.
Onaning oyog'i gipslangan. Uni karavotga yotqizib qo'yishdi. Basira
opa o'rnidan zo'rg'a turadi, zo'rg'a o'tiradi, zo'rg'a yotadi.
116
Fotima bilan Zuhra onalariga mehribon. Ular onalariga navbat bilan qarashdi. Ona tezda tuzalib ketdi. U qizlaridan xursand bo'ldi. (91 so'z)
Imlo: qo'g'irchoqdek, gipslangan, karavotga so'zlarining imlosi ustida ishlanadi.
Tahlil: Nima uchun tez yordam mashinasi keldi? Basira opaning ahvoli qanday? Ona nega qizlaridan xursand?
Topshiriq: Basira opaning nima sababdan kasalxonaga tushganligini, davolanganligini va tuzalib ketganligini so'zlang va yozing. 0 ‘quvchilar bayonni qayta hikoyalashdan so'ng yozadilar. (Bayon 70 -75 so'z bo'lishi mumkin.)
Reja:
Zinadagi voqea.
Tez yordam.
Oyog'i gipslandi.
Ona xursand.
Hikoyadan chiqarilgan hulosa.
Tayanch so'zlar: zinada, gipslangan, karavotga.
117
(Tayyor reja asosida)
Qadim zamonda bir dehqon bola-chaqasi bilan tog'ning tagiga kelib joylashibdi. Tog'ning usti daraxtzor ekan. Yonidagi soydan suv oqarkan.
Dehqon to'rt tanob yerni haydabdi. Ekin ekib, soydan suv olib sug'oribdi. Keyin tog'dagi daraxtlarning ancha-munchasini kesib uy quribdi. Ko'pini bozorda pullabdi.
Oradan bir yil o'tibdi. Bahor kelibdi. Dehqon yerni haydab, sug'ormoqchi bo'libdi. Qarasa, soyda suv yo'q ekan.
Dehqon qorning oldiga boribdi, undan suv so'rabdi. Qor soyga suv kelmagani uchun dehqonni ayblabdi.
Qor to'g'ri aytibdi. Chunki namni saqlab turadigan daraxtlarni dehqonning o'zi kesib ketgan ekan.
Dehqon bir talay ko'chat olib kelib toqqa o'tqazibdi. Soydan yana suv oqadigan bo'libdi.
Dehqon esa ekinni sug'orib, bola-chaqasi bilan yaxshi hayot kechiribdi. (111 so'z, 50 -60 so'z atrofida bo'lishi ham mumkin.)
Dostları ilə paylaş: |