M umarova, М. Nabiyeva



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə68/104
tarix20.07.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#136972
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   104
bayonlar toplami m. umarova

«Dehqon ekinini sug'oribdi. Bola-chaqalari bilan yaxshi hayot kechiribdi». 0 ‘qituvchi yozuv taxtasidagi rejani ochadi. Reja bandlari to‘g‘risiga beshta gap bilan javob berish kerakligi yoziladi.
Shu usulda ish olib borilganda bayon hajmi uncha katta bo‘lmaydi:
«To etagiga ko'chib kelgan dehqon tog'dagi daraxtlarni kesib uy quribdi. Ancha-munchasini bozorda pullabdi.
Dehqon bahorda ekin ekibdi. Ularni sug'ormoqchi bo'libdi. Qarasa,
suv yo'q ekan.
Dehqon soydan suv so'rabdi. Soyda ham suv yo'q ekan.
Dehqon qor oldiga boribdi. Undan suv so'rabdi. Bu gapni eshitgan qorning achchig'i kelibdi. Soyga suv kelmagani uchun dehqonni ayblabdi. Chunki namni saqlab turadigan daraxtlarni dehqonning o'zi kesib ketgan ekan.
Qor to'g'ri aytgan ekan. Dehqon bir talay ko'chatni toqqa ekibdi.
Soydan suv oqadigan bo'libdi.
Dehqon esa ekinini sug'oribdi. Bolalari bilan yaxshi hayot kechi­ ribdi».

  1. Bayon reja asosida va tayanch so‘zlar yordamida yoziladi.

Tayanch so‘zlarni o‘qituvchi to‘liq matndan olmay, o‘zi avval qisqartirib yozib kelgan m atndan tanlab oladi.

  1. Yakunlash.

Bayon yozib tugallangandan so‘ng, ikkita-uchta yaxshi yozilgan ishlarni o‘qitish, bosh g‘oya to‘g ‘ri ifodalandimi yoki kerak bo ‘lm agan m a’lu m otlar borm i-yo‘qligini m uhokam a qilish kerak?
106
4 -sinfda qisqartirilgan bayon yozishda o ‘quvchilarga qulaylik tug‘dirish m aqsadida ular bayonni o‘qishlari, mustaqil reja tuzishlari va reja asosida qisqartirib bayon yozishlari uchun matn o‘q uvchilarning ko‘zi oldida bo‘lishi kerak. Buning uchun 4 - s in f « 0 ‘qish kitobi»dagi mos m atnlardan foydalanish tavsiya etiladi. Shunga ko‘ra qisqartirilgan bayon turi ta’limiy xususiyatlarga ega bo‘ladi.
Bayon yozishga tayyorgarlik vaqtida m atn m azm unini so‘zlash bayon m azm uniga qarab turlicha bo‘lishi mumkin.
Ijodiy qisqartirish, tanlab yozish, o‘zgartirilgan reja asosidagi qisman tasvir bor bayon yozish vaqtida matn m azm unini so‘zlash alohida aham iyatga ega. Chunki o‘quvchilar bilan birga tuzilgan reja va darsda m atnning qism larga bo‘linishi haqidagi suhbat o‘qituvchidan ko‘p vaqt talab qiladi. Bayonning faqat qiyin joylarini qisqagina tushuntirish kerak. Uning boshlanishi, birinchi qismdan ikkinchi qismga, bog‘lanishini bir daqiqada izohlab o‘tish kifoyadir.
M atnning o‘zgartirilgan gaplari va qism lari bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarga qayta so‘zlatilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
4 -sinfda bayon matni m avzusining kengayishi o‘quvchilar nutqida yangi so‘zlarning ko‘payishiga olib keladi. Shu bilan birga, 0‘quvchi- lar m atnlarda uchraydigan timsolli ifodalarga e’tibor berishga va ularni bayonda ishlatishga o‘rgatib boriladi.
To‘rtinchi sinfda o‘quvchilar bilan matndagi imlosi qiyin so‘zlar ustida ish olib borilganda, vaqt ikkinchi, uchinchi sinflardagidek kam bo‘lmasligi kerak. Chunki o‘quvchilarning savodxonligi oshgan bo iish ig a qaram asdan, oldingi sinflardagiga qaraganda xatolar soni oshib borishi mumkin. Buning sababi shundaki, m atnlarning hajmi katta va ular mazmun jihatdan turli-tumandir.
Shuningdek, hali o‘rganilm agan qoidalarga doir so‘zlar ham uchrab turadi. B a’zi bir o‘quvchilar matn m azm unini o‘zlari bilganlaricha, tushunganlaricha bayon yozishlari ham xatolar sonining ko‘payishiga sabab bo ‘ladi.
Im lo va gap tuzish ona tili dasturiga asoslangan holda beriladi.
K erakli imloga tegishli m atnlarni yozishdan ilgari m a ’lum qoida va m avzular ona tili darslarida takrorlanishi, ba’zi m atnlardagi so‘zlar bayon m atnidan tanlab olinishi va mashqlar (masalan, ko ‘r ish - esh itish , ijodiy d ik ta n t, ko‘ch irib yozish, fonetik tah lil kabi m ashqlarjga kiritilishi kerak.
107
To‘plamda aniq o‘rganilayotgan qoida va imloga doir so‘zlar ko‘p bo‘lgan m atnlarga alohida tavsiyalar beriladi. M asalan, o‘quvchilar daftarlariga m atnni to‘liq ko‘chirib olishlari m um kin. M atnning bir qismidan ko‘chirib yozish, yana bir qismdan tahlil uchun foydalanish- lari lozim. Endi o‘quvchilar bayon rejasini daftardagi m atn asosida tuzadilar. Bu esa reja tuzishda o ‘quvchilarga qulaylik tug ‘diradi.
Shunday qilib, ona tili darslaridagi m ashqlarda bayon matnidan foydalanish navbatdagi bayon darsiga zamin hozirlaydi.
Agar o‘rganilayotgan qoida qiyin bo‘lsa yoki hali o‘rganilm agan mavzuga doir gaplar («Ko‘chirm a gap» mavzusiga oid gaplar) yozuv taxtasiga yoziladi. 0 ‘quvchilar ularni ko‘chirib oladilar.
Bayonda xatolar kam boNishi uchun o‘quvchilarning o‘zlari ishtirok etishlarini ta’minlash, ya’ni rejalarni tuzishda hamda qayta so‘zlanayotgan paytda imlosi qiyin so‘zlarni o‘quvchilarning o‘zlari aniqlashlari, ularni yozuv taxtasida yozib ko‘rsatishlari lozim.
To‘rtinchi sinfda ta’limiy bayon yozish vaqtida imlo lug‘atidan foydalanishga o‘rgatish ham alohida ahamiyatga ega.
Ammo bunda o‘quvchilar lug‘atga doimo tayanib ishlashga o‘rganib qolmasliklari kerak. Shuningdek, o‘quvchilarning faolligini yanada oshirishda imlo tahlilidan foydalanish yaxshi natija beradi.
M atnni o‘qib, tahlil qilib bo‘lgandan keyin, o‘qituvchi o‘quvchidan matndan o‘rganilgan imloga doir so‘zni aniqlashi va uning yozilishini tushuntirib bcrishini so‘rashi lozim.
To‘rtinchi sinfda bayon tahliliga alohida soat ajratish ko‘zda tutiladi. Dars shunday rejalashtirilishi lozim ki, har bir o‘quvchi o‘zi yo‘l qo‘ygan uslubiy yoki imloviy xatolarini tushunsin.
0 ‘quvchilarning xatolarini tahlil qilish jarayoni to‘rtta asosiy ish turlaridan tashkil topadi:

  1. 0 ‘qituvchining tckshirish natijalari haqidagi tushuntirishi.

  2. Yozma ishlardagi xatolarni jam oa bo‘lib m uhokam a qilish va to‘g‘rilash yo‘llari.

  3. 0 ‘quvchilarning mustaqil ishlari.

  4. Ishga yakun yasash.

Bu ish turlari dars davomida o‘rni alm ashtirilgan holda amalga oshirilsa ham bo‘ladi. Har bir dars bosqichida ishni shunday tashkil qilish kerakki, butun sinf diqqati ishning bir turiga qaratilm og‘i va shu
108
ish chcgarasida barcha topshiriq va xatolar ustida ish olib borilmog‘i lozim.
Bu darslar, ayniqsa, o‘quv chilar bayonga mustaqil reja tuzib yozganlarida m uhim hisoblanadi. О ‘qiluvchi ishlarni tckshirish vaqtida reja sifatiga e’tibor beradi va uni alohida baholaydi ham da tahlil o‘tkazish uchun xatolarni turlarga ajratadi.
Eng ko‘p uchraydigan um um iy xatolar - m atn qism lari chcga- ralanishining noto‘g‘ri boMishi; m atn ju d a ko‘p qism larga ajratib yuborilishi, tanlangan sarlavhaning qism m azm uniga m os kel- m asligidir.
0 ‘qituvchi to‘rtinchi sinfda o‘quvchilarning bayonini tahlil qilishni yana boshqacha ko‘rinishda, ya’ni um um iy ishdan boshlashi mumkin. 0 ‘qituvchi m atnni o‘qiydi va unda nechta qism borligini so‘raydi. 0 ‘quvchilar har bir qism nechta gapdan tuzilganini aytadilar va nima uchun rejaning bir qismiga birlashtirishni tushuntiradilar. 0 ‘qituvchining o‘zida reja namunasi, albatta, b o iad i. Am m o barcha o‘quvchilarning tuzgan rejasiga o‘qituvchining rejasi mos kelishi shart emas. Masalan, o‘qituvchi «Pahlavon M ahm ud» hikoyasiga quyidagicha reja tuzgan bo‘lishi mumkin:

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin