M umarova, М. Nabiyeva



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə65/104
tarix20.07.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#136972
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   104
bayonlar toplami m. umarova

«O'rmonchi bemorni qanday davoladi?» savolini eshitgan o‘quvchilar ijobiy javob beradilar («Ona ayiq»), am m o o‘qituvchi javobni asosli tushuntirishni talab qiladi: «O'rmonchi bemor oyog'idagi tikanni qanday oldi?» M atnlar tahlilining qiyinlashuviga yana bir sabab shuki, m atnlarga qisman tasvirlash kiritilgan.
99
Biz qism an tasvirlash mavjud m atnlarni tahlil qilishda o‘quvchilar diqqatini tasvirning bosh m azmunni bayon qilishdagi o‘rniga qaratm og ‘im iz kerak.
«Uvol» matniga (138-bet) ongli baho berishda o‘quvchilar A nvarjonning ko‘rinishini tasvirlash o‘rnini tushuntira olishlari kerak.
Bayon ustida ishlashda gram m atik topshiriqli bayon yozishga o‘rgatish m uhim ishlardan biri hisoblanadi.
Bayonning bu turi to'rtinchi sinfda o'tkaziladi. Bunday bayonni yozdirishdan avval o'qish darslarida o'quvchilarning o'qigan ayrim hikoyalaridagi shaxsni o'zgartirib qayta hikoyalash yuzasidan m ashqlar o'tkazilgan bo'lishi kerak. O 'quvchilar shaxsni o'zgartirib hikoyalash haqida ko'nikm a hosil qilganlaridan so'ng bunday turdagi bayonni o'tkazish maqsadga muvofiqdir. Bayonning bu turi o'quvchida hikoyadagi gaplarni qayta tuzishni talab qiladi. Chunki hikoya I shaxs nom idan berilgan bo'lsa, uni III shaxs nom idan, III shaxs nom idan berilgan bo'lsa, I shaxs nomidan hikoya qilish va bunda ega, kesim larni shaxs va sonda moslashtirish lozim.
Ayrim hollarda I shaxs nomidan berilgan hikoyalarni III shaxs (birlik) nom idan bayon qilishda shaxsni aniq ko'rsatish uchun unga birorta ism tanlashga to'g'ri keladi. Chunonchi, to'plam dagi «Ozod elning o 'g 'lim an» (144-bet) matni «Men 1990-yil 27-fevralda Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida tuildim» (I shaxs birlik) degan jum la bilan boshlanadi. O'quvchidan hikoyani III shaxs nomidan bayon qilish talab qilinadi. Tayyorgarlik vaqtida hikoyani III shaxs nom idan gapirib berishda biror ism qo'llanishi lozim ekanligi tushuntiriladi. O 'quvchilar o'qituvchi bilan birgalikda hikoya qiluvchi shaxs uchun ism (Dilshodbek) tanlaydilar va uni qayta so'zlab beradilar.
«Ozod elning o'g'lim an» hikoyasi «Men 1990-yil 27-fevralda Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida tugildim» deb boshlanadi. Agar o'quvchi mustaqil ishga kirishganda m atnni III shaxs nom idan so'zlab berishni unutib, «Men 1990-yil 27-fevralda Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida tuildim» deb boshlagani sezilsa, u vaqtda «senmi?» deb savol berish kifoyadir.
O 'quvchilarni bayonning bu turi ustida ishlashga tayyorlash uchun to'rtinchi sin f «O'qish kitobi» va «O'zbek tili» darsliklarida m atnlar
100
berilgan. G ram m atik topshiriqli bayonga «Ozod elning o‘g‘liman» matni misol bo‘la oladi.
Imlo: bosh harflarning yozilishi eslatiladi.
Sirdaryo, Xovos, y ig ‘i-sig'imni, magnitofon, zahoti, san'atsevar
so‘zlarining imlosi ustida ishlanadi.
T ahlil: M atnning birinchi «Men 1990-yil 27-fevralda Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida tug‘ilganman» gapi yozuv taxtasidan o‘qiladi. M atn kim ning tilidan hikoya qilingan? Hikoya qiluvchi nechanchi shaxsda? (Hikoya qiluvchi I shaxsda) M atndan birinchi gap ajratib olinadi va o‘qitiladi. «Men 1990-yil 27-fevralda Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida tug'ildim» gapining egasi, kesimi, uning shaxsi aniqlanadi (m en - ega, tu g ‘ild im - kesim). Ega va kesim ham I shaxsda kelganligi m a’lum bo‘ladi.
Shu gapdagi kishini bildirgan so‘zni aniqlang. «Men» so‘zi nechanchi shaxsda? (I shaxsda) «Men» so‘zini uch shaxsda turlab ko‘ring {men, sen, u). Dem ak, shu gapim izdagi I shaxs {men) o‘rnida III shaxsni ishlatm oqchi bo ‘lsak , qaysi olmosh ishlatiladi? (U olmoshi ishlatiladi.) Endi « m en» o‘rniga «и» olm oshini qo‘yib gapni o‘zgartiring-chi? «U 1990-yil 27-fevralda Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida tug'ildim». G apning shunday o‘qilishi to‘g‘rimi? - Yo‘q. Ega III shaxsda, kesim esa I shaxsda. D em ak, ega bilan kesim ni m oslash kerak. B uning uchun nim a qilinadi? K esim (tug‘ildim)ni III shaxsda (tug‘ildi) shaklida berish kerak. « U 1990-yil 27-fevralda Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida tuildi». A na endi kesim ni o‘zgartirib gapni o‘qing-chi? K im tug ‘ilg anligi aniqm i? N om a’lum, shuning uchun tug‘ilgan shaxsni aniq ko‘rsatish lozim . B uning uchun tug ‘ilgan shaxsga ism qo‘ying. Jam oa ravishda ism qo‘yiladi. {Dilshodbek). A na endi «Men» o‘rnida D ilshodbekni qo ‘y ib gapni o‘qing. «Dilshodbek 1990-yil 27-fevralda Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida tuildi». (Gap yozuv taxtasiga yoziladi). Shundan keyin ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi qism lar ham xuddi shu x ilda o‘rganiladi. So‘ngra, matn III shaxs nom idan (bu birinchi ish bo ‘lg ani uchun) o‘qiladi. Shundan so‘ng, o‘qituvchi rahbarligida tuzilgan reja asosida so‘zlatiladi. Agar o ‘quvchi III shaxs nom idan so‘zlashni unutib, «Men o'sha zahoti yig'idan to'xtabman» desa, u vaqtda «senmi?» deb savol berish yetarlidir. Shundan so‘ng
101
m atn rejasi tuziladi. So‘ngra shu reja asosida so‘zlatiladi. Bu ish ham o‘qituvchi rahbarligida bo ‘lishi tabiiy.
To‘rtinchi sinfda bayon ustida ishlash asta-sekin murakkablashib boradi. Bu m urakkablik shundan iboratki, o‘quvchilarning o‘zlariga reja tuzish o‘rgatiladi. Hatto o‘quvchilar o‘zlari mustaqil tuzgan reja asosida bayon yozadilar. Bunda o‘qituvchining vazifasi - o‘quvchilarni matnni qism larga bo‘lib o‘qishga o‘rgatishdan iboratdir. To‘plam da reja ustida jam oa bo‘lib ishlash uchun matn berilgan.
Bu ish uchinchi sinfda olib borilgan m etodik usullar va yo‘llar bilan am alga oshiriladi. Bular so‘z bilan tasvirlash, m atnni qismlarga bo‘lish (o‘qituvchi bergan sarlavha asosida), o‘quvchilar daftarlaridagi matnni qism ga bo‘lish, tanlab hikoya qilish yoki qayta tanlab hikoya qilish asosida qismga ajratishdan iboratdir.
To‘rtinchi sinfda bayon rejasini jam oa b o iib tuzish, asosan, o‘quvchilarning m ustaqilligini oshirishga qaratilgan. Birinchi yarim yil oxiriga borib o‘quvchilar o‘zlari m ustaqil reja tuzishlari va matnning keng m azm unini bayon qila olishlari ko‘zda tutilgan. «Sinfdoshlar»,
«Aql» m atnlari shunga oiddir. (122, 124-betlar)
Reja tuzishga o‘rgatish jarayonida jam oa bo‘lib reja bandlarining o‘rnini alm ashtirish mashqlari ham alohida o‘rin tutishi mumkin.
Bunday m ashqlarning ajralib turadigan tomoni shuki, reja asosida avval ishtirok etuvchi shaxslar harakati yoki hodisa tasvirlanadi, keyin avval bo‘lib o‘tgan hodisalar yoki bayon qilingan hodisadan birmuncha avval bo‘lgan hodisa, ya’ni tadrijiy ketm a-ketlikka rioya qilinmagan holda tasvirlanadi.
M asalan, « Jasur bolalar» (88-bet) hikoyasida bolalarning ko‘rsatgan
jasurligi bayon qilinadi.
M ashqning so‘nggi m aqsadi hayotda sodir bo‘layotgan hodisalarni bayon qilishdan iboratdir. Bu bo‘lim da barcha m atnlarga aniq metodik ko‘rsatm alar berilgan. Ushbu ko‘rsatm alar ishni samarali tashkil qilishni ko‘zda tutadi.
Shu dars turini «Qushcha» m atni orqali ko‘ramiz.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin