a) Insoniy texnologiyalar (Gumannolichnostyu texnologii). Bu texnologiya
a) Insoniy texnologiyalar (Gumannolichnostyu texnologii). Bu texnologiya
o‗zining insoniyligi bilan, psixoterapevtik yo‗nalishi bilan ajralib turadi. Ushbu texnologiyaning mazmuni talaba shaxsini har tomonlama qo‗llabquvvatlash va talabani ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishdir. Talabaga nisbatan hurmat va mehr bilan qarash va majburiylikdan voz kechishdan iboratdir.
b) Hamkorlik texnologiyasi. Bu texnologiya demokratiya, hamkorlik, tenglik kabi \oyalar asosida qurilgan. O‗qituvchi v talaba orasidagi munosabatlar sub'ekt sub'ekt sifatida qaraladi. Birgalikda ta'lim jarayoni tashkil etiladi va birgalikda ijod etiladi.
v) Erkin tarbiya texnologiyasi. Talabaga tanlash, mustaqillik erkinligi beriladi.
Talaba o‗zi tanlagan vosita va mazmunni to‗liq qabul qiladi, hamda bu faoliyatni xoxish bilan bajaradi. Ichki extiyoj bilan uy\unlik hosil bo‗ladi.
g) Ezoterik texnologiya. Ezoterik bilimlar (ongdan tashqari) qonuniyatlarni o‗rganish orqali haqiqatga yaqinlashish nazarda tutiladi.
Ilmiy tajribani o‗rganish bo‗yicha: Geshtalt texnologiya, Bixeivioristik rivojlantiruvchi kabi texnologiyalarni ajratish mumkin. Bixeivioristik texnologiya (E. Torondayk, D. Uotson, V.S. Dinner va boshqalar) bu nazariyaning umumiy ko‗rinishi quyidagicha: Stimul-reaksiya-mustahkamlash. Stimul qo‗z\atuvchi, reaksiya faoliyat, mustahkamlash baholash va ra\batlantirish. Ular o‗zlashtirish mexanizmi mana shu ko‗rinishda vujudga keladi degan fikrni oldinga tashlaydi.
Bunda talabaning munosabati va hissiyotlari hisobga olinmaydi va talabaning onglilik masalasiga kam e'tibor qaratiladi.
Bunda talabaning munosabati va hissiyotlari hisobga olinmaydi va talabaning onglilik masalasiga kam e'tibor qaratiladi.
Geshtalt texnologiya – (M. Vetmeymer, G. Myuller, V.Keler) talabaning qabul
qilishiga, idrok qilish refleksini o‗rganishga asoslangan, yangi mavzuni o‗zlashtirish yorqin fragmentlardan va yakuniy fikrlardan tashkil topish nazarda tutiladi. Idrok va diqqatga qaratilgan texnologiyalardir. Talabaning qabul qilish xususiyatlarini va diqqatning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda o‗zlashtirish jarayonini tashkil etish zarur ekanligini ta'kidlaydi va shu asosda o‗zlashtirish texnologiyalarini yaratadi.
3. Rivojlantiruvchi texnologiya. V.V. Davidov, D. B. Elkonin \oyasi.
Asosiy mazmuni - nazariyaning amaliyotdan ustunligi va mazmuniy umumlashtirishlardan foydalanish, mantiqiy bo\liqliklar va guruhlash sistemalashtirishdir. Umumiydan yakkaga qarab harakatlanish. Mavjud bilimlardan yangi bilimlarga qarab harakat qilish, ya'ni bor bo‗lgan assotsiatsiyalar asosida yangi assotsiatsiyalarni vujudga keltirishni nazarda tutadi. Talabaning tushunishi oson bo‗lgan bilimlardan uzoqroq va murakkabroq bilimlarga qarab xarakatlanishni tavsiya etadilar (oblast blijayshego razvitiya). Soddadan murakkabga qarab izchil rivojlanish o‗zaro bo\liqliklarga amal qilish talab etiladi.