M. Z. Islomova farmatsevtika ishini tashkil qilish


Retseptlar taksirovkasi, ro‘yxatga olish va berish tartibi



Yüklə 352,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/103
tarix19.12.2023
ölçüsü352,75 Kb.
#184627
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   103
Toshmuxamedov E.R. Farmatsevtika ishini tashkil qilish

4.3. Retseptlar taksirovkasi, ro‘yxatga olish va berish tartibi
To‘g‘ri yozilgan retsept taksirovka qilinadi - uning chakana narxi 
aniqlanadi. Dori vositasining chakana narxi dorining tarkibiga kirgan 
moddalar narxi, dorixona idishining narxi, dori tayyorlash uchun 
belgilangan tariflar asosida shakllanadi.
Qabul qilingan tarif dorixona yoki aksioner birlashma buyrug‘i 
asosida tasdiqlangan bo‘ladi.
Tarifikatsiya asosiga quyidagilar kiradi:
- ishlab chiqarish, nazorat, qadoqlash va ekstemporal dori formalari, 
ichki dorixonani tayyorlash, dori vositasini qadoqlash uchun vaqt 
harajatlarining me’yorlari.
63


- bir minimal ish vaqtining qiymati (o‘rtacha ish haqi e’tiborga 
olinadi, ammo bu qiymat doimiy emas, o'zgarib turishi mumkin).
Misol.
180,0
Rp:
Euphyllini 0.01
30,0
Sacchari 0.2
29,0
M., ut fiat pulvis
15.0
D.t.d № 15
254,0
S. 1 poroshokdan 2 mahal .
Dori moddasining narxi (180+30) ga tayyorlash uchun tarif 29 so‘m, 
10 tadan keyingi har bir poroshok uchun 3 so‘m (3x5) olinadi.
180+30+29+15=254
Yakka tartibda tayyorlanadigan dori turlari har xil usullar bilan 
ro'yxatga olinadi. Kvitantsiya bilan retseptni ro‘yxatga olish usuli - eng 
ko'p qo'llanadigan usuldir. Kvitantsiya 3 qismdan iborat bo‘lib bir 
nusxada toidiriladi.
Birinchi qismda retsept nomeri, kasalning. f.i.sh, dorining qiymati va 
turi belgilanadi. Bu qism dorixonada qoladi. U retsept bo‘yicha ishlab 
chiqarilgan hisob uchun asosdir. Ularning miqdori bo‘yicha ish kuni 
oxirida qabul qilingan retseptlar va uning umumiy qiymati hisoblanadi. 
Koreshoklar dorixonada saqlanadi va ular 50 - 100 ta dan jamlanadi.
Ikkinchi qismda retsept nomeri, dori turining shakli, uning qiymati, 
kasalning familiyasi, dori ishlab chiqarilgan vaqt belgilanadi. Bu qism 
buyurtmachiga beriladi.
Uchinchi qismda 2 ta bir xil nomerlardan iborat - “tayyorladim”, 
“tekshirdim”, “yubordim” yoziladi va uni retseptga yopishtiriladi.
Dorixonalarda yakka tartibda dori tayyorlash uchun retseptlar 
retseptura jurnalida ro'yxatga olinadi. Bunda sana, retsept nomeri, kasalning 
f.i.sh, dori turi, dori narxi yoziladi. Ish kuni boshidan boshlab retsept nomeri 
yoziladi. Kun oxirida grafalar bo'yicha jami sanab chiqiladi. Alohida 
distillangan suv qiymati va dori ishlab chiqarish bo'yicha tarif hisoblanadi. 
Dori olish uchun kasalga jeton yoki kvitansiya beriladi.
Ayrim dorixonalarda dorini tayyorlash uchun buyurtma chekli usulda 
olib boriladi. Dori taksirovka qilinib, narxi to'langandan so'ng retsept 
farmatsevtga tayyorlash uchun beriladi.
Vrach retsepti bo'yicha dori vositasini berishda dorixonaning 
mutaxassis xodimi quyidagi qoidalarga qat’iy rioya qilishi kerak.
64


Agar retseptda tayyorlanadigan dori vositasi tarkibida boshqa 
ingredientlar bilan birga giyohvandlik vositalari, psixotrop, moddalar, 
zaharli, kuchli ta’sir qiluvchi, apomorfin gidroxlorid, atropin sulfat, 
gomatropin gidrobromid, dikain, kumush nitrat, paxikarpin gidroyodid, 
anabolik gormonlar bo‘lsa, ularni alohida berish man qilinadi. aholi 
yashaydigan joylardagi dorixonalarga giyohvandlik va psixotrop moddalar 
davolash-profilaktika muassasasi retseptlari bo‘yicha beriladi.
Veterinariya davolash muassasalari retseptlari bilan giyohvandlik 
vositalari va psixotrop moddalar berish qat’iyan man qilinadi.
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, kuchli ta’sir qiluvchi, 
zaharli dori vositalari saqlagan yakka tartibda tayyorlangan dori vositasini 
berishda bemorlarga retsept o‘rnida tepasi sariq chizig‘i bo‘lgan va qora 
shriftli “Signatura” yozuvi bo‘lgan signatura beriladi.
Ayrim hollarda dorixonada ko'rsatilgan dori bo‘lmasa, u holda dori 
vositalarining sinonimi berilishi mumkin.
Dorixona muassasalariga sotilgan yoki berilgan dori vositalarini 
qaytarib olish man etiladi. Shuningdek, profilaktika va uy sharoitida 
davolash uchun ishlatiladigan buyumlar, tibbiyot asbob-uskunalari, 
bolalarni parvarishlash buyumlari, shaxsiy gigiena vositalari, parfyumeriya- 
kosmetika vositalari qaytarib olinmaydi va almashtirib berilmaydi. Maxsus 
blankalarga yozilgan dori vositalari blankalari dorixonada qoldiriladi.

Yüklə 352,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin