4.4. Miqdoriy hisobda turuvchi dori vositalari
Miqdoriy hisobda turuvchi dori vositalari - maxsus hujjatlangan
alohida assortimentlangan tovarlaming tabiiy oMchovlarda belgilangan
hisobi (kg, 1, dona va boshqalar) da beriladigan dori vositalari guruhidir.
6 6
Miqdoriy hisobda turuvchi dori vositalariga:
- giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar
ro‘yxatiga kirgan dori vositalari;
- zaharli moddalar ro‘yxatiga kirgan dori vositalari;
- apomorfin
gidroxlorid,
atropin
sulfat,
dikain,
gomotropin
gidrobromid, kumush nitrat, paxikarpin gidroyodid substantsiyalari;
- etil spirti kiradi.
Miqdoriy hisobda turuvchi dori vositalarining miqdoriy tahlil hisobi
zarur bo’lgan giyohvandlik va boshqa dori moddalar hisob-kitobida olib
boriladi. Ular nomerlangan, shnurlangan, plombalangan bo‘lib, ularda
hududiy farmatsevtik idoralaming boshqarmasi rahbarining imzosi va
muhri bo‘lishi kerak.
Kitob bir yil muddatga tutiladi. Uning birinchi varag‘iga dori
vositasining nomi yoziladi. Kitob 2 qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismida
oyning boshiga qoldiq va kirim, ikkinchi qismida sarflangan dori vositalari
miqdori va oyning oxiriga qoldiq yoziladi.
Har qanday dori vositasiga - dori shakli, dozasi, qadoqlashiga
alohida varaq ajratiladi. Bu varaqda hisob birligi, kirim (har bir kelgan
hujjatga alohida nomer va sana qo‘yiladi), chiqim (kundagi yozuvlar)
uning har bir turi bo‘yicha (ambulatoriya yoki davolash-profilaktika
muassasasi retsepti yoki dorixona bo'limi va punktlari) ko‘rsatiladi. Agar
yozilganda xatoga yo‘1 qo‘yilsa, u holda xato to‘g‘rilab yoziladi va bu
ishga mas’ul bo‘lgan shaxsning imzosi qo'yiladi.
Har oyning 1-sanasida mas’ul bo‘lgan shaxs hisobda turuvchi dori
vositalarni kitobda yozilgan qoldig‘i bilan taqqoslaydi. (Inventarizatsiya
o‘tkazguncha kitobdagi qoldiq boshlang‘ich qoldiq hisoblanadi.) Tayyor
dori vositalari bo‘yicha bu qoldiqlar teng bo‘lishi lozim.
Kitob bilan umumiy miqdor o‘rtasida farq bo‘lsa, u holda tabiiy
yo‘qotish topiladi. Tabiiy yo‘qotish - bu tabiiy jarayon davrida (masalan,
qurib qolish, uchish, oqish va h.k.) modda miqdorining o‘zgarishi demakdir.
Tabiiy yo‘qotish me’yorlari dori vositalari va etil spirti uchun 0 ‘zR
SSVning 1999-yil 21-dekabr 576 - sonli “Dorixona muassasalarida
dorilarning, etil spirtining, paxta, tibbiy zuluklarning va dorixona shisha
idishlarining tabiiy kamayish cheklangan miqdorini va ulami ishlatish
qo‘llanmalarini tasdiqlash haqida” buyrug‘ida berilgan.
Aniq tovar turi bo‘yicha tabiiy yo‘qotish chegarasi me’yoriy
hujjatlarda hajmiy ravishda ko‘rsatiladi. Dori vositalarini saqlash,
tayyorlash va qadoqlashda tabiiy yo‘qotish narxini to‘ldirish uchun haqiqiy
me’yorlari mavjud.
67
Noto‘g‘ri
saqlanish
oqibatida
yaroqsiz
holga
kelgan yoki
ehtiyotsizlik natijasidagi dori vositalari tabiiy yo‘qotish me’yorlariga
kirmaydi. Ko'rsatilgan me’yorlar ishlab chiqarishdagi tayyor dori
vositalariga nisbatan ishlatilmaydi. Inventarizatsiya o'tkazish jarayonida
ko'rsatilgan qimmatbaho moddiy boyliklar yetishmagan hollarda tabiiy
yo'qotish me’yori qo'llaniladi. Inventarizatsiyadan so'ng qolgan moddiy
boyliklar keyingi oy boshiga o'tkaziladi. Giyohvandlik, psixotrop, zaharli
dori vositalari va etil spirti tabiiy yo'qotish me’yori foiz hisobida
o‘rnatilgan bo‘lib, ularning sarflanish turiga qarashlidir.
Sarflanish turi
Giyohvandlik
vositalari,
psi
xotrop
moddalar
va
ularning
prekursorlari, boshqa miqdo-riy
hisobda turuvchi dori moddalar
(foizda)
Etil spirti
(foizda)
Yakka
tartibda
tayyorlangan
dori vositalari
1
2
Qo'shimcha
texnologik
operatsiyalarsiz tortib olish va
o'lchash (aralashtirish, eritish,
dozalarga bo'lish)
0,4
0,7
95 % li etil spirtining tabiiy yo'qotish hisobi quyidagicha:
Masalan, oy oxiridagi kitob qoldig'i - 13,9 kg
hisoblangan qoldiq - 13,8 kg
Ambulatoriya retseptlari bo'yicha etil spirtining kundalik sarfi: 1,5;
0,5; 1,3; 2,1.
Davolash-profilaktika muassasasi ko‘rsatmasi bo‘yicha etil spirtining
sarfi - 2kg.
Yechim etaloni tabiiy yo'qotish hisobi to'g'risidagi buyruqqa asosan
hisoblanadi:
2%
ambulatoriya
retsepturasi
bo'yicha
etil
spirti
sarfidan
(1,5+0,5+1,3+2,1)*2 % / 100=0,108 kg.
0,7 % massa bo'yicha (angro) etil spirti sarfidan 2,0 *0,7 % /100
%=0,014 kg.
Hammasi bo‘lib 0,108+0,014=0,122 (kg), ya’ni qoldiq 0,1 kg (tabiiy
yo'qotish).
Dorixona tayyorlovidagi boshqa dori vositalari uchun tabiiy
yo'qotish me’yorlari sarfining turiga bog'liqdir. Bu me’yorlar sarflangan
miqdorga emas, balki sarflangan moddalar narxiga nisbatan o'rnatilgan.
6 8
|