5.2. Aseptik sharoitda dori vositalari tayyorlashning o‘ziga xos
xususiyatlari
Aseptik sharoitda dori vositalari tayyorlash uchun, asosan, katta
dorixonalarda alohida izolyatsiyalangan xonalar ajratiladi.
Aseptik sharoitda dori vositalari tayyorlanadigan xonada optimal
sanitariya-gigiena sharoiti yaratish uchun dorilami sterilizatsiya qiladigan
avtoklavlar va boshqa apparatlar qo‘shni xonaga (koktoriyga) joylashtiriladi.
Koktoriy - dorixona xonalaridan biri bo‘lib, unda suv xaydaladi va
assistent ishiga bog‘liq bo‘lgan har xil farmatsevtik jarayonlar: damlama
va qaynatmalar tayyorlash, dorilami sterillash, qaynatish, bugiatish ishlari
ham bajariladi.
Ba’zi dorixonalarda aseptik sharoitda dori tayyorlash uchun maxsus
blok-xonalar quriladi. Bloklar 3 ta seksiyadan iborat bo‘ladi:
a) aseptik xona
b) sterilizitsiya xonasi
g) tambur
Aseptik xonada dori vositalari tayyorlanadi. Sterilizatsiya xonasiga
avtoklav, 200°S gacha isitadigan quritgich shkaf va boshqa sterilizatsiya
shkaflari o‘matiladi. Tambur (boksdan oldingi xona)da farmatsevt sterillangan
xalat qalpoqcha, tapochka (baxilla) lami kiyib, so‘ngra aseptik xonaga kiradi.
Bazi dorixonalarda aseptik sharoitda dorilar tayyorlash uchun maxsus xonalar
bo'lmasligi natijasida, dorilami qisman aseptik sharoitda tayyorlash imkonini
bemvchi stol bokslardan foydalaniladi. Aseptik blok havo tortish ventilyatsiyasi
bilan jihozlanadi. Bunda mikroblar tarqalishini kamaytirish maqsadida
harakatlanuvchi retsirkulyatsion havo tozalagichlar o‘matilishi tavsiya etiladi.
Aseptik blokda, tayyorlash, distilyatsiya, sterilizatsiya xonalarida
havoni zararsizlantirish maqsadida bakteritsid nurlatgichlar o‘rnatiladi.
Ular 1-2 soatga ish vaqtidan oldin yoqib ishlatiladi. Nurlatgichlarning
o‘chirgichlari xonaga kirishda joylashtiriladi. Nurlatgich o‘chirilgandan 15
minut keyin xonaga kirishga ruxsat etiladi.
Xodimlar ishlaydigan xonalarda bakteritsid nurlatgichlar yerdan 1,8-
2 m balandlikda o‘rnatiladi.
Aseptik blokga kiritiladigan jihozlar oldindan dezinfektsiya vositalari
bilan artiladi. Aseptik blokda ishlatilmaydigan jihozlarni saqlashi qat’iyan
man etiladi. Aseptik blok dorixonaning boshqa xonalaridan shlyuz bilan
ajratiladi. Aseptik sharoitda dori tayyorlaydigan xodimlar shlyuzga
kirishda steril xalat, 4 qavatli dokali niqob, qalpoqcha, baxillalar kiyadilar.
Doka niqoblarni har 4 soatda almashtirish shart. Aseptik blokdan
tashqarida nosteril sanitariya kiyimida yurish man etiladi.
71
Sanitariya kiyimlari bokslarda sterillanadi va berkitilgan bikslarda
saqlanadi (saqlash vaqti 3 sutkadan oshmasligi kerak).
Poyafzallar ish boshlashdan oldin va ish kuni tugagach tashqi
tomonidan dezinfektsiyalanadi va shkaflarda, yashiklarda saqlanadi.
Dorilarni tayyorlash uchun kerakli moddalar yopiq shkaflarda,
shtanglazlarda toza sharoitda saqlanadi. Shtanglazlar toidirishdan oldin
yuvib, sterillanadi.
Yordamchi materiallar (paxta, doka, pergament qog’oz, filtrlar va b.)
bikslarda yoki og‘zi berkitiladigan shisha idishlarda yopiq holda 3 sutka
saqlanadi. Ochilgan materiallar 24 soat mobaynida ishlatilishi zarur.
Biks har safar ochilgandan so'ng, yaxshi berkitiladi. Biks ichidan
buyumni sterillangan pintset bilan olish mumkin. Yordamchi materiallar
(pergament va filtr qog'ozi, kerakli oMchamlarda kesilgan dokadan
tayyorlangan tamponlar) sterillash uchun bikslarga tayyor holatda solinadi.
Idishlar yuvilgandan so‘ng sterillanadi, tiqinlanadi
va jips
berkitiladigan shkaflarda saqlanadi. Shkaflar ichki tomonidan och rang
bo‘yoq bilan bo'yaladi yoki plastik bilan qoplanadi.
Aseptik sharoitda dori tayyorlash va qadoqlash uchun sterillangan
idishlar 24 soatdan ortiq saqlanmaydi.
Katta sig‘imli ballonlarni yuvilgandan so‘ng 30 daqiqa davomida
bug‘ bilan zararsizlantirilib, tiqin bilan tiqinlanib yoki steril pergament
bilan bogianib toza sharoitda 24 soat davomida saqlanadi.
Ko‘z tomchilarni va in’ektsion eritmalarni tiqinlash uchun tiqinlarni
alyuminli qalpoqchalar tayyorlanadi va yuviladi. In’ektsion eritmalar va
ko‘z tomchilarini tayyorlashda kichik mexanizatsiya vositalarini qo‘llash
ularni zararsizlantirish yoki sterillash sharti bilan ruxsat beriladi.
Konsentrlangan
eritmalar, yarim
fabrikatlar,
dorixona
ichki
mahsulotlarini
aseptik
sharoitda tayyorlab,
ularni
fizik-kimyoviy
hossalariga va yaroqlilik muddatiga muvofiq saqlanadi.
Aseptik blokda ishlamaydigan xodimlarga ushbu xonalarga kirish
man etiladi.
Nosteril dori shakllarini tayyorlashda ishlatiladigan dori vositalari
zieh berkitilgan shtanglazlarda (yoki boshqa idishlarda) saqlanishi kerak.
Nosteril dori shakllarini tayyorlashda ishlatiladigan steril idishlarni
saqlash muddati 3 kundan oshmasligi kerak.
Dorixonada tayyorlanadigan va qadoqlangan dorilarni berkitish
uchun tiqin vositalar sterillanib saqlanadi.
Dorilarni
tayyorlashda va qadoqlashda
ishlatiladigan kichik
mexanizatsiya vositalari ularni ishlatish qoMIanmasiga muvofiq yuviladi
72
va zararsizlantiriladi. Agar ishlatish qoMlanmasida ko‘rsatmaIar bo‘lmasa,
ish oxirida kichik mexanizatsiya vositalari ajratiladi, issiq suvda (50-60°S)
yuviladi, zararsizlantirilib, sterillanadi. Zararsizlantiruvchi moddalar
buyumlardan issiq suv bilan yuvilgach, distillangan suv bilan chayiladi va
toza holatda saqlanadi. Tayyorlangan matenallaming xossalariga binoan
buyumlardan zararsizlantiruvchi eritmalami issiq suvda yuvib, distillangan
suvda chayib toza holda saqlaydilar.
Har bir smenaning boshida tarozilar, shpatellar, qaychilar va boshqa
dorixona kichik jihozlarini 3% li vodorod peroksid eritmasi yoki spirt -
efirli aralashmasi bilan artiladi.
Byuretka
moslamalari va
tomizg‘ichlar
har
10
kunda
konsentratlardan bo‘shatilib, issiq suv (50-60°S) va xantal kukuni
aralashmasi bilan yoki 3% li vodorod peroksid va 0,5% li yuvish vositasi
eritmasi bilan yuvilib, distillangan suv bilan chayiladi. Yuvilgandan so‘ng
u yerdagi suvlarda yuvish vositalarining qoldig'i aniqlanadi.
- Dori moddani har safar tortib yoki o‘lchab olgandan keyin
shtanglazning og‘iz qismi va tiqini, shuningdek, qo‘l torozilari doka bilan
artiladi. Dokali salfetkalar faqat bir marta ishlatiladi.
Ish jarayonida ishlatiladigan qog‘ozli va mumlangan kapsulalar,
shpatellar, iplar, assistent (qadoqlash) xonasidagi qutilarda saqlanadi.
Yordamchi materiallar yopiq jovonlarda toza holda saqlanadi.
In’eksiya uchun ishlatiladigan tozalangan suvni olish, tashish va
saqlanishiga qo‘yiladigan sanitariya talablari:
- distillangan suvni olish va saqlash alohida shu maqsadga ajratilgan
distiilyatsiya xonasida o ‘tkaziladi. Ushbu xonada suv haydash bilan
bog‘liq boMmagan boshqa ishlar o ‘tkazilmaydi. In’eksiya uchun suv
aseptik blokning distillash xonasida olinadi. Bu yerda suv haydash bilan
bog‘liq bo‘lmagan har qanday ishlar qilish man etiladi.
- har kuni suv haydashdan oldin 10-15 daqiqa davomida
akvadistillyatordan sovutgichni yoqmasdan bug‘ o‘tkazilishi kerak.
Distillangan suvning birinchi tomchilari 15-20 daqiqa davomida to‘kilib,
keyingisi yig‘iladi.
- toza sterillangan va bug‘ bilan ishlangan suv to‘plagichlarga
olingan distillangan suv va in’eksiya uchun suv yig‘ilad¡. Ba’zan shisha
ballonlarga yig‘ish mumkin. Suv to'plagichlar ustida “Distillangan suv”,
“In’eksiya uchun suv” kabi yozuvlar bo‘lishi kerak. Agar bir nechta suv
to‘plagichlar bir vaqtda ¡shlatilsa, ularga tartib raqami qo‘yiladi.
- Shisha suv to‘plagichlar ikkita teshikli tiqinlar bilan zich berkitilishi
kerak, ular ballonlar uchun moslamalarga va tagliklarga o ‘rnatiladi.
73
- Suv to'plagichlar shisha naychalar yordamida akvadistillyatorga
biriktiriladi. Rezinali naychalar faqat shisha naychalarni biriktirish uchun
ishlatiladi.
- Ish o‘rinlariga suv ballonlarda yoki suv o‘tkazuvchi naycha
moslamalar orqali yuboriladi. Suv o‘tkazuvchi naychalar suvning sifatiga
ta’sir etmaydigan materiallardan tayyorlanadi, shuningdek, yuvishga va
zararsizlantirilishiga moslangan.
- naychalarni yuvilishi va zararsizlantirilishi yig‘ilishidan oldin
kamida 14 kunda 1 marta o‘tkaziladi.
- shisha va metall naychalarni zararsizlantirish uchun avtoklavdan 30
daqiqa davomida kuchli bug‘ yuboriladi. Polimer materiallardan va
shishadan tayyorlangan trubkalarni 6% li vodorod peroksid eritmasi bilan
yuvib sterillanadi. Keyin distillangan suv bilan yuviladi. Trubkalarning
tozalanganligi maxsus daftarda qayd etiladi.
- pirogen moddalardan shisha naychalarni va ¡dishlarni tozalash
uchun ular 1% li kaliy permanganat eritmasi bilan 25-30 daqiqa davomida
qayta ishlanadi. Eritmani tayyorlash uchun 10 qism 1% li kaliy
permanganat eritmasiga 65 qism 1,5% li sulfat kislota eritmasi qo‘shiladi.
Naychalar qayta ishlangandan so‘ng in’eksion suv bilan yuviladi.
- distillangan suvni aseptik sharoitda 3 kundan ortiq saqlab
bo‘lmaydi.
- in’eksion uchun suvni aseptik sharoitda 24 soat davomida saqlash
mumkin.
Kasalxonalarning
infektsion
bodimlaridan
kelgan
idishlar
dorixonada 1% li xloramin eritmasi bilan va yangi tayyorlangan vodorod
peroksidning 3% li eritmasi va 0,5% li yuvish vositasi eritmasi bilan
aralashmasi yordamida zararsizlantiriladi: Xloraminning aktivlangan
eritmasini tayyorlash uchun xloramin oddiy suvda eritilib, teng ravishda
aktivator qo‘shiladi. Bunda idishlar aktivlangan xloramin bilan 30 daqiqa
davomida zararsizlantiriladi (2 kun davomida saqlangan xloramin eritmasi
ishlatilganda idishlarni zararsizlantirish 2 soatgacha uzaytiriladi).
Vodorod peroksidi va “Dezmol” eritmasi aralashmasi oddiy suvda
tayyorlanadi.
Ushbu
eritmada
idishlar
80
daqiqa
davomida
zararsizlantiriladi. 3%, li vodorod peroksid eritmasidan 1 litr tayyorlash
uchun 120 mi pergidrol olib suv qo'shiladi. Shu eritmaga 5 g yuvish
vositasi qo‘shiladi.
Pergidrol va xloramin bilan ishlashda rezina qo‘lqoplar, himoya
ko‘zoynaklari va 4 qavatli doka niqoblardan foydalaniladi.
74
Yuvish vositalari o'ramda yoki polietilen qoplarda quruq joyda
saqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |