Dorixonaga keladigan dori moddalari va boshqa tovarlami qabul
qilishda kirish nazorati o‘tkazilishi, ya’ni tovarlami ko‘zdan kechirish
shart. Bu nazorat ulgurji firmalari (dorixona omborlari) sharoitida ham
o‘tkaziladi.
Kirish nazorati sertifikatda ko‘rsatilgan preparatning tashqi ko'rinishi
va ishlatish qoidasi hamda tahlil sertifikatini o‘z ichiga oladi.
Nazorat vaqtida quyidagilarga e’tibor beriladi:
- tovarning tamg‘alanishi, tovar nomi, dozalari, chiqarish shakli,
ishlab chiqaruvchi korxona nomi, sifat sertifikatiga va tahlil sertifikatiga
mosligi;
- tovarning germetikligi va o‘ramning mustahkamligi;
- o ‘ram ustidagi ishlab chiqaruvchi seriyaning raqami va kuzatuvchi
hujjatlardagi seriya raqamining sifat sertifikati va tahlil sertifikati raqamiga
to‘g‘ri kelishi.
Sifat sertifikati yoki tahlil sertifikatining Farmatsevtik mahsulot
sifatini tekshirish davlat tizimiga kirmagan laboratoriyalar tomonidan
rasmiylashtirilgan bo‘lsa ham ularni qabul qilish man etiladi.
Agar dori preparati sifati haqida shubha tug'ilsa, unda farmatsevtik
inspeksiyaga tekshirishga yuborilishi lozim.
Kirish nazorati natijalari maxsus tasdiqlangan daftarga kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: