M. Z. Islomova farmatsevtika ishini tashkil qilish


-bob. DORIXONA SHAROITIDA DORI VOSITALARINI



Yüklə 352,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/103
tarix19.12.2023
ölçüsü352,75 Kb.
#184627
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   103
Toshmuxamedov E.R. Farmatsevtika ishini tashkil qilish

5-bob. DORIXONA SHAROITIDA DORI VOSITALARINI
T A YY ORL ASH VA SIFATINI NAZORAT QILISH ISHLARINl
TASHKIL QILISH
5.1. Dorixonada dori tayyorlanadigan ish joylarini tashkil qilish va
jihozlash
Bozor iqtisodiyoti siyosati olib borilayotgan dorixonalaming 
salmoqli qismi xususiylashtirilayotgan sharoitda ularning sanitariya- 
gigiena me’yor va qoidalariga rioya qilinishiga alohida e’tibor berish 
muhim ahamiyat kasb etadi.
Hammamizga ma’lumki, dorixonalaming asosiy vazifasi dori 
vositalarini sifatli tayyorlash, aholini, davolash-profilaktika muassasa- 
larini, poliklinika va ambulatoriyalarni dori vositalari bilan ta’minlash, 
aholining kundalik dori vositalarga bodgan ehtiyojini qondirishdir. Aholini 
va turli davolash-profilaktika muassasalarini sifatli dori vositalari bilan 
ta’minlash ko‘p jihatdan dori vositani tayyorlaydigan shaxslaming bilim- 
saviyasiga, ularning maxsus tartib, qoida va qonunlarni to‘Ia-to‘kis 
bajarishiga ko‘p jihatdan bogdiqdir.
Dori vositalari tayyorlash bilan shug‘ullanadigan dorixonalarda, 
odatda, uch guruh xonalar bodadi:
1. Ishlab chiqarish xonalari:
Dori xarid qilish uchun keladigan shaxslami kutish xonasi (savdo zali), 
retseptlarni qabul qilish bodimi, dori vositalarni tayyorlash -
assistentlar xonasi, dori vositasi uchun ishlatiladigan idishlarni yuvish 
xonasi, dori vositalarini saqlash xonalari, sterillash xonasi, farmatsevt- 
analitik xonasi, dorilarni qadoqlash xonalari.
2. Xizmat qilish va xo‘jalik ishlari uchun xonalar, dorixona mudirining 
xonasi, xodimlarning kiyinish xonalari, hojatxona va h.k.
3. Yordamchi xo‘jalikka oid xonalar - shisha idishlar saqlanadigan xona, 
taralar, yoqilgd, hidli dori vositalari, dezinfeksiya moddalari uchun 
xonalar, garaj va boshqa xonalar.
Dorixonalarda 
dori 
vositalari, 
asosan, 
assistentlar 
xonasida 
tayyorlanadi.
Assistentlar xonasi dori vositalarini tayyorlovchi farmatsevt texnolog 
va farmatsevt assistentlarning mehnatlarini yengillashtirish, mehnat 
unumdorligini oshirish maqsadida mehnatni ilmiy asosda tashkil etish 
qoidalariga mos, yetarli ish joyiga modjallangan assistentlar stollari bilan 
jihozlanadi. Bunday stollarda tayyorlanadigan dori vositalarining turlariga
69


(kukunlar, suyuq dorilar va hokazo) ko‘ra alohida ish joylari ajratiladi. Bu 
stollarda suyuq dori vositalarini, poroshoklarni, surtmalarni tayyorlash
nazorat o‘tkazish, qadoqlash ishlarini bajarish uchun alohida ish joylari 
boiishi lozim. Ular dori vositalari tayyorlash uchun zaruriy boigan kichik 
mexanizatsiya vositalari va boshqa uskunalar bilan jihozlanadi.
O'zbekiston Respublikasi SSV ning 2004-yil 30-iyunda “Dorixona 
muassasalarining moddiy-texnika bazasi, asbob-uskunalari, boshqa texnik 
vositalari va xodimlariga bo‘lgan talablar. Asosiy holatlar tarmoq 
standartini tasdiqlash haqida”gi 304-sonli buyrug‘i tasdiqlandi.
Ushbu tarmoq Standard “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi, 
Dori vositalari tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi, 
Toshkent farmatsevtika instituti tomonidan ishlab chiqilgan.
Ushbu standart, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, chakana, ulgurji 
savdo bilan shug‘ullanuvchi barcha dorixonalar uchun majburiydir.
Standartda kirish, termin va atamalar, umumiy holatlar, dorixona 
muassasalarining xonalari va ularning jihozlanishi, dori vositalari qabul 
qilishga qo‘yiladigan talablar, dori vositalarini saqlashga qo‘yiladigan 
talablar, hisob va hisobot ishlari. dorixona xodimlariga boigan talablar, 
dorixona faoliyatini tashkil etish, dorixona muassasasini tugatish bo‘yicha 
ma’lumotlar berilgan.
San PiN №0162-04 - bu tayyor dori vositalarini sotishda dorixona 
qurilishidagi sanitariya qoidalari va me’yorlari aks ettirilgan rasmiy 
hujjatdir. Ushbu hujjat 5 boMimdan iborat.
1- bo‘lim - umumiy holatlar.
2- boiim - dorixonaning joylashishi va qurilishiga qo‘yiladigan talablar
3- boiim - dorixonaning jihozlanishi va xonalariga boigan talablar
4- boiim - dorixona xonalarining sanitär qurilishi
5- 
boiim - dorixona xodimlarining shaxsiy gigienasi va xonalarni 
tozalashda qo‘yiladigan talablar. Hozir San PiN 0162-04 ishlab chiqilgan, 
undan avval, ya’ni 1998-yilda dorixonalar uchun umumiy San PiN 0078- 
98 ishlangan edi.
Dorixona o‘z faoliyatini farmatsevtika faoliyatiga berilgan litsenziya 
asosida olib boradi. Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash ishlari O'zR 
VM ning 2003-yil 31-oktyabr 477 - sonli qarori va boshqa me’yoriy 
hujjatlar asosida olib boriladi.
70



Yüklə 352,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin