Madaniyat va san'at sohani moliyalashtirishning mexanizmi Madaniyat va san'at sohalarini rivojlantirish, jahon miqiyosidagi ilg'or tajribalar asosida malakali kadrlar tayyorlash, yoshlarning madaniy saviyasini yuksaltirishga qaratilgan ko'plab qaror va farmonlar imzolanib, hayotga tadbiq etilmoqda.Yangi O'zbekistonda madaniyat markazlari faoliyatini tubdan isloh qilish jarayonlarida sohani moliyalashtirishning yangicha tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan bir qancha amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Chunki, bugungi bozor sharoiti madaniy-ma'rifiy sohaning moddiy bazasini mustahkamlash orqali, uning taraqqiyoti bardavom bo'lishini ta'minlovchi yagona omil ekanligini isbotlaydi.Hozirgi global iqtisodiyot madaniyat va san'at sohasiga ham ta'sir ko'rsatibgina qolmay, sohani moliyalashtirishning asosiy omillarini har tomonlama integratsiyalashni talab etadi. Shiddatli jahon bozorining umumiy hususiyatiga Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev quyidagicha fikr bildirgan edi.
Jahon bozoridagi iqtisodiy vaziyat murakkablashdi, mamlakatlar o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlar tabiati tubdan o'zgardi. Iqtisodiy raqobat nihoyatda kuchayib, tobora keskin va shafqatsiz tus olmoqda. Bunday iqtisodiyotning muntazam takomillashib borishini ta'minlaydigan mexanizmlarni joriy etish, barqaror iqtisodiy taraqqiyot bilan bog'liq vazifalarni puxta belgilab olish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Zotan, milliy taraqqiyot strategiyasining ustuvor yo'nalishlaridan biri ham shundan iborat. Amaliy natijadorlik, inson manfaatlari va yana bir bor inson manfaatlari - iqtisodiy islohotlarimizning o'zak masalasidir. Bugungi kunda iqtisodiyotni yanada rivojlantirish borasida oldimizda qator strategik vazifalar turibdi. Ularning barchasi ustuvor ahamiyatga egadir.Yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohatlarning strategik vazifalarini ishlab chiqishda barcha sohaning moliyalashtirish manbalarining omillarini soddalashtirish va rivojlantirish, shu bilan birga ularning sonini va sifatini oshirish zarur. Madaniyat markazlari O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va bir necha mas'ul tashkilot va idoralar tomonidan moliyalashtiriladi.Hususan, Madaniyat markazlari faoliyatini moliyalashtirish manbalari.O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'lari;
2019-yil 30-martdagi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 264-son qarorining birinchi ilovasi bilan tasdiqlangan Madaniyat markazlari to'g'risida Namunaviy nizomda belgilangan asosiy vazifalardan kelib chiqib, pullik tushum asosda tashkil etiladigan madaniy-ma'rifiy tadbirlar, to'garaklar, turli xizmatlar va boshqalar hisobidan olinadigan daromadlar; yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.Markazlarda tashkil etilgan pulli to'garaklardan tushadigan mablag'larning 50 foizi ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga, qolgan 50 foizi to'garak rahbarlarining ish haqiga hamda ularni rag'batlantirishga sarflanadi.
Markazlarning byudjet va byudjetdan tashqari mablag'lari bo'yicha hisob-kitobi va hisoboti tuman (shahar) madaniyat bo'limlarining markaziy buxgalteriyasi tomonidan byudjet muassasalari uchun belgilangan tartibda yuritiladi. Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo'ysunuvidagi Markazlarning byudjet va byudjetdan tashqari mablag'lari bo'yicha hisob-kitobi va hisoboti o'zining buxgalteriyasi tomonidan amalga oshiriladi.Bu murakkab jarayon hisoblanadi. Ammo, madaniyat markazlari faoliyatidagi asosiy moliyalashtirish omillari ko'pincha markaz buxgalteriyasida shakllanadi. Bugungi kunda Respublikamizdagi faoliyat olib borayotgan 828 ta madaniyat markazlarining har biri o'z faoliyat doirasiga qarab yillik smeta ishlab chiqadi va hududiy moliya bo'limlari tomonidan tasdiqlanadi.
Biron-bir jamiyat o'z taraqqiyotini ta'minlashda madaniyat va san'atni, o'zining milliy-ma'naviy qadriyatlarini rivojlantirmay turib o'z istiqbolini tasavvur eta olmaydi.O'zining qadimiy va an'anaviy madaniyati bilan jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo'shgan xalqimiz tomonidan yaratilgan boy madaniy merosimiz durdonalarini asrab-avaylash, o'zbek xalqi madaniyati va san'atining tarkibiy qismi bo'lgan qadimiy an'analarimiz, ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan ma'naviy boylik - xalq qo'shiqlari, cholg'u va kuylari, tomoshalar, dostonlar, maqomlar, raqslar va milliy marosimlarni bugungi kun talabidan o'rganish, unga katta hurmat bilan munosabatda bo'lish, kelgusi avlodlarga bekamu-ko'st yetkazish Istiqlol yillarida davlat siyosati darajasiga ko'tarildi.Shuningdek, davlat rahbari tomonidan madaniyat va san'at sohasi boshqaruvi borasiga ham juda katta e'tibor qaratilib, yangi-yangi zamonaviy tuzilmalar va birlashmalar, ijodiy ishlab chiqarish birlashmalari, ularning huzurida sohani rivojlantirishni moliyalashtiradigan jamg'armalar tashkil etildi.Madaniyat markazlari faoliyatini to'g'ri moliyalashtirining asosiy omili sohada xususiy sektorining ulishini oshirish va xususiy sektor vakillariga zarur shart-sharoit yaratib berishdan iborat.Iqtisodiy o'sishga, avvalo, raqobatdosh sanoat zanjirlarini yaratish hamda bunday loyihalarga investitsiyalarni ko'paytirish orqali erishiladi. Garvard universiteti tadqiqotlariga ko'ra, mamlakatimiz 50 dan ortiq sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda barcha imkoniyatlar va nisbiy ustunliklarga ega. Bu tarmoqlarda xususiy sektorning tashabbuslari va yangi loyihalarini qo'llab-quvvatlash hamda kooperatsiyani rivojlantirish bo'yicha barcha choralar ko'rilishi lozim.Shu bilan birga, biz O'zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirishni maqsad qilib qo'ygan ekanmiz, bunga faqat jadal islohotlar, ilm-ma'rifat va innovatsiya bilan erisha olamiz. Buning uchun, avvalambor, tashabbuskor islohotchi bo'lib maydonga chiqadigan strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini tarbiyalashimiz zarur. Nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz a'zolarining bilimi, saviyasini oshirish uchun avvalo ilm-ma'rifat, yuksak ma'naviyat kerak. Ilm yo'q joyda qoloqlik, jaholat va albatta, to'g'ri yo'ldan adashish bo'ladi.Bozor sharoitida unga, eng avvalo, yalpi talab bilan yalpi taklif bir-biriga mos bo'lishi zarur bo'ladi. Buning uchun ishlab chiqarish tarkibi ham ularga mos bo'lishi kerak. Bu vazifani bajarishda iqtisodiyotni tartibga solishning ikki usulidan foydalaniladi.
1. Iqtisodiyotning o'z-o'zini tartiblash - bozor mexanizmi usuli.
2. Davlat tomonidan tartibga solish. Lekin turli bosqichlarida ular o'rtasidagi nisbat turlicha bo'lgan.
Madaniyat markazlari uchun o'zini-o'zi tartiblash va moliyalashtirish nihoyatda dolzarblikka ega jarayoni va markaz faoliyatini moliyalashtirishning asosiy omili sanaladi. Chunki, undagi tushum madaniy bozorning yalpi talabidan shakllanadi. Ijodiy ishlab chiqish jarayoniga madaniy hordiq bozorida qancha talab yuqori bo'lsa, pullik iushum ham shunga qarab yuqorilanadi. O'z-o'zini moliyalashtirish muammosi iqtisodiyot nazariyasi uchun azaliy hisoblanib, lekin turli davrlarda, har xil mamlakatlar uchun unga turli darajada e'tibor qaratilishi xos.Shuni ta'kidlab o'tish lozimki, bizning respublikada ham iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida, o'z-o'zini moliyalashtirish masalalari hozirgacha olimlar va amaliyotchilarning asosiy diqqat-e'tibori obyektiga aylangani yo'q. O'zbekiston Milliy iqtisodiyoti asosan rivojlanishning bozor shakllariga o'tkazilgan hozirgi sharoitda, fikrimizcha, mulkchilikning barcha shakllardagi korxonalarda o'z-o'zini moliyalashtirish mexanizmiga har tomonlama ta'sir ko'rsatish zaruriyatga aylanib qoladi.Bu zaruriyatni to'g'ri tahlil qilish, moliyat resurslari balansini ishlab chiqish va boshqarishda madaniyat markazlari faoliyatini moliyalashtirish omilining yana bir katta muammosi bu - iqtisodchi kadrlar hisoblanadi. Ma'lumotlarga qaraganda, Istanbul madaniyat institutida aynan, madaniyat va san'at sohasi uchun "Madaniyat iqtisodiyoti" yo'nalishi tashkil etilgan bo'lib, unda madaniyat va san'at sohasi iqtisodchisi mutaxassisi tayyorlanadi. Mazkur o'quv yo'nalishini teran o'rganib, O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida ham "Madaniyat iqtisodiyoti" yo'nalishini tashkil etish va madaniyat va san'at muassasalari uchun malakali iqtisodchilarni tayyorlash zaruriyati yuzaga keladi. Sababi, madaniyat va san'at muassasalarida faoliyat ko'rsatayotgan iqtisodchi buxgalterlar ijodiy ishlab chiqarish faoliyatini yaxshi tushunishi va madaniyat markazlarini moliyalashtirishning asosiy omillarini chuqur bilishi zarur.Shundagina sohani moliyalashtirish jarayonlari oson va samarali kechadi. Madaniyat markazlarini moliyalashtirishda xalqaro tajribalardan foydalanishimiz va amaliyotga tadbiq etishimiz kerak. Chunki bugungi madaniy xizmat bozori raqobotni va yaxshi iqtisodiy tahlilni talab etadi. Dastavval, madaniyat markazlarining o'zini-o'zi moliyalashtirish bo'yicha mavjud qaror va farmonlar, buyruqlar va nazariy-amaliy materiyallarni umumlashtirib, tahlil qilib istiqbolda moliyalashtirish ko'rsatkichlari yuqori bo'lgan madaniyat markazlarining iqtisodiy o'sishini moliyalashtirish orqali boshqa markazlarga ham o'rgatib borishimiz kerak.
Madaniyat markazlari faoliyatini moliyalashtirishning asosiy omillari o'rganar ekanmiz bu yo'lda aniq maqsad qo'yib, ko'proq intilishimiz va sohaga islohot olib kirishga qo'rqmasligimiz, jahon va milliy bozoriga madaniy xizmat ko'rsatish tizimim sifatiga qayta tanqidiy qarab chiqishimiz maqsadga muvofiqdir.Zotan, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta'kidlab o'tgani kabi: "Hech shubhasiz, o'z kuchimiz va imkoniyatlarimizga bo'lgan ishonch bizni Uchinchi Renessans poydevorini yaratishdek ezgu maqsad yo'lida birlashtirib, yanada kuchli va mustahkam qilmoqda. Bu intilishlar ulkan amaliy ishlarga aylanib, buyuk xalq harakati tobora kengayib bormoqda. Bunday qudratli safda bo'lishning o'zi katta baxt, katta sharafdir