Madaniyat va sport ishlari vazirligi


Evgeniya - 2 sinf o’quvchisi



Yüklə 231,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/11
tarix01.04.2023
ölçüsü231,65 Kb.
#92389
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
IQTIDOR

Evgeniya - 2 sinf o’quvchisi. Jenya juda harakatchan harakat qilishni yaxshi 
ko’radi. Gimnastika, raqs bilan shuqullanadi. Kam kasal bo’ladi. Mayda motorika 
va "qo’l va ko’z" ning motor koordinasiyasi yaxshi rivojlangan. U kuzatuvchanlik 
va ta'sirchan, yangi ma'lumotlarni qiyinchiliksiz oson o’zlashtiradi. Bilish faolligi 
yuqori darajada qar bir voqeani mazmunini tushunishga intiladi. Uni murakkab 
axloqiy muammolar qiziqtiradi: o’lim va hayot yaxshilik va yomonlik, bolalarning 
tug‘ilishi va bular. qizaloqni tabiiy qiziqtiradi, ya'ni: u yoki bu narsalar nimadan va 
qanday qilinadi degan muammo qiziqtiradi. Barcha savollariga u kitob va 
kattalardan javob qidiradi. Jenya barcha ma'lumotlarni o’zida sinab ko’rishga 
intiladi. Uning xotirasi juda yaxshi bir marta eshitgan narsasini bir qancha vaqtdan 
so’ng qam o’zgarishisiz qaytarib aytib-berish mumkin. Qizcha test ko’rinishidagi 


25 
topshiriqlarni ham muvofaqqiyatli bajaradi. Jenyaning nutqi yaxshi rivojlangan: 
lug‘ati boy, nuqtada murakkab grammatik qurilishlarini qo’llaydi. Hikoyalari juda 
orginal va mustaqildir. Qizcha rasm chizishga qiziqadi, uning ishlari orginal va 
qiziqarlidir. Jenya hikoyalar yozishni, she'r yozishni yaxshi ko’radi. Jenyaning 
umumiy o’zlashtirish ko’rsatkichi yuqori. U maktabda talantli pedagog qo’l ostida 
balet bilan shug‘ullandi, lotin Amerikasi raqs boyicha xalqaro bolalar musobaqasi 
g‘olibasidir. O’zining keyingi kasbiy faoliyatini faqatgina ijod bilan bog‘lamoqchi 
va kelajakda raqqoslar psixologiyasi bilan shuqullanib, musobaqalardagi raqqoslar 
juftligidagi stressga barqarorlik mavzusini tadqiq qilmoqchi. Ota-onasining 
fikricha, Jenya tarix bilan shug‘ullanishni o’z do’stlarining pozisiyalarini 
ko’rsatishni, dramalarda ishtirok etishni yaxshi ko’radi, uning muxlislari-bu ota-
onasi va do’stlaridir. Qizaloq g‘ayrioddiy hikoyalar о‘ylab topishga usta. Artist, 
yaxshi raqs tushadi, xarakatchan musiqani sevadi. Bolalar va kattalar bilan 
muloqatchan. Oyinlarga beriluvchan. Hamma narsani birinchi va eng yaxshi 
qilishga intiladi. Unga birinchi bo’lish yoqadi. U bolalarni tashkillashtira oladi. 
Hamma u bilan oynagisi keladi, uning do’stlari juda ko’p uni lider deb tan olishadi. 
Jenya tipik ekstrovertdir. Jenyaning adolatparvarligi va uni yonida boshqalarni 
xafa qilishlariga chidab tura olmasligi boshqa bolalarga juda yoqadi. Onasining 
aytishicha Jenya juda yumshoq ko’ngil va tez yiqlab yuborishi mumkin. Jenya 
o’ziga ishongan, o’zini sevuvchi, unga yo’naltirilgan maqtovlarni qadrlovchi 
qizdir. Jenyaning oilasi to’liq ta'minlangan, maqbul oila oyda qizaloq uchun barcha 
sharoitlar yaratilgan. Yuqorida keltirilganlardan ko’rinib turibdiki, maxsus-kreativ 
tipdagi iqtidorli bolalarda ularning maxsus qobiliyatlari yaqqol ko’zga tashlanadi.

Yüklə 231,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin