OʻZBEK XALQ CHOLGʻULARI VA ULARNING MILLIY
MADANIYATIMIZ RIVOJIDAGI AHAMIYATI
Baratov Bahodir
Abdiraximov Javohir
Ilmiy rahbar: Gʻofurov Mirmuhsin
Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Annotatsiya:
Mazkur maqolada milliy cholgʻularimiz tarixi va ularning bugungi
kunda milliy madaniyatimizni rivojlantirshdagi oʻrnini haqida fikr-mulohaza
yuritilgan.
Kalit soʻzlar:
Milliy madaniyat, musiqa, cholgʻu, san’at, ijro, xalq ogʻzaki ijodi.
UZBEK FOLK INSTRUMENTS AND THEIR IMPORTANCE IN THE
DEVELOPMENT OF OUR NATIONAL CULTURE
Baratov Bahodir
Abdirahimov Javohir
Research advisor: Gopurov Mirmuhsin
Uzbekistan State Institute of Arts and Culture
Abstract:
This article discusses the history of our national instruments and their
role in the development of our national culture today.
Keywords:
National culture, music, instruments, art, performance, folklore.
Insonning qalbida goʻzallik tuygʻusini taraqqiy ettirmay turib, ma’naviy barkamol
inson haqida gapirib boʻlmaydi. Shunday ekan qudratli kuchga ega boʻlgan musiqa,
oʻz jozibasi bilan inson qalbini qamrab oladi, uni goʻzallikga yetaklaydi. Shu boisdan
ham musiqani xalqning, millatning qalbi deb, bejiz aytilmaydi. “Mustaqillik tufayli
buyuk ajdodlarimizning boy tarixiy qadryatlari, ming yillikni qamragan betakror va
jozibali madaniyatimiz tiklana boshlandi.
Jumladan milliy urf-odatlarimiz, an’analarimiz, milliy san’atimiz, xalq ijodiyoti
va musiqamiz singari xalq ma’naviyatini ifodalovchi barcha qadryatlarimiz qad
rostlamoqda[3].
Prezidentimizning madaniyat va san’at sohasini rivojlantirishga qaratayotgan
katta e’tibori tufayli milliy musiqa san’ati oʻzining yangi rivojlanish davrni boshlab
berdi. Bu islohatlarning amaliy natijasi sifatida Respublikamizning turli hududlarida
oʻtkazilib kelinayotgan yirik xalqaro festival va koʻrik tanlovlarni alohida takidlash
joyiz. Xususan, Shahrisabzda oʻtkazilgan “Xalqaro maqom anjumani”, Surxondaryoda
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 1 / March 2022
ISSN 2181-063X
276
http://oac.dsmi-qf.uz
va Qoraqalpogʻiston Respublikasida boʻlib oʻtgan, “Xalqaro baxshichilik san’ati”
festivallari, Margʻilondagi “Buyuk Ipak Yoʻli” Xalqaro folklor musiqasi festivali,
Qoʻqonda boʻlib oʻtgan Xalqaro Hunarmandchilik festivali kabi yirik madaniy
tadbirlarning tashkil etikishi milliy madaniyatimizni dunyo hamjamiyati oldida
namoyon qilish va ular bilan madaniyat va san’at sohasida tajriba almashish, madaniy-
ma’naviy munosabatlarni mustahkamlash, xalqaro miqyosda madaniy aloqalarni
kengaytirish va oʻzbek milliy madaniyati va san’atini keng yoyishda xizmat qiladi.
Toki odamzod oʻzini qurshab turgan tashqi olamda, oʻzi yashayotgan jamiyatda
ozi muloqotda boʻlayotgan kishilarda, tarixan shakllangan va muayyan davrda amal
qilayotgan badiiy ijod namunalarida mujassamlashgan goʻzallikni his qila olmas ekan,
hech qachon ma’naviy barkamol inson darajasiga koʻtarila olmaydi. Musiqa insonga
estetik zavq berish bilan birga, yon-atirofidagi goʻzallikni his etish imkoniyatini beradi.
Musiqa ana shu nozik tuygʻularni shakllantirish va tarbiyalashning qudratli
vositalaridan biridir. Musiqiy cholgʻular esa, insoniyat ma’naviyatini ohanglarda
tarannum etuvchi vosita, ya’ni inson ijodiyoti mahsuli boʻlib, har bir xalqning ijtimoiy-
madaniy hayot jarayonlarini ifodalovchi asosiy vositalardan biri hisoblanadi.
Cholgʻulardan taraladigan ohanglar esa xalqning ruhiyatidan kelib chiqib yaratiladi.
Oʻzbek xalqi qadimiy boy musiqiy merosga ega boʻlib, bunda musiqiy
cholgʻularning oʻrni alohida ahamiyat kasb etadi. Bizning musiqa cholgʻularimiz
xalqimizning moddiy, madaniy boyligi hisoblanib, madaniy tariximizni anglashda va
milliy madaniyatimiz rivojida boshqa sohalar singari muhim oʻrin tutadi.
Tarixdan ma’lumki, oʻz davrida Oʻzbekiston hududidan Gʻarb va Sharq
mamlakatlarini birlashtirib turuvchi Buyuk Ipak Yoʻli oʻtganligi, bu esa zaminimizga
boshqa xalqlar madaniyatining kirib kelishi va bizning madaniyatimizni boshqa xalqlar
madaniyatiga yoyilishiga sababchi boʻlgan. Bu esa oʻz - oʻzidan barcha sohalar
yuksalishiga, hususan musiqa madaniyati ham boshqa sohalar singari rivojlanishi va
yurtimiz hududida koʻplab cholgʻularning saqlanib qolishiga zamin yaratib bergan.
Oʻzbek xalq cholgʻulari oʻziga xos tarzda musiqaning barcha tarmoqlariga mos shaklda
asrlar osha mukammallashib, rivojlanib keldi.
Tarixiy qoʻlyozmalarda Oʻrta Osiyo xalqlari amaliyotida vujudga kelgan barcha
cholgʻular nomlari keltirilgan. Musiqiy risolalarda esa cholgʻularga tegishli (shakl,
tuzilish, torlar nisbatlari, tayyorlash mezonlari, cholgʻular yasash uchun ishlatiladigan
daraxtlar va h.k haqida) ma’lumotlar keltirilgan. Ularda, torli cholgʻulardan - borbad,
ud, rud, qoʻbiz, gʻijjak, navha, nuzxa, qonun, chang, rubob, tanbur, dutor; damli
cholgʻulardan - ruhafzo, shammoma, orgʻanun, sibizgʻa, nayi anbon, chagʻona,
bulamon, surnay, nay, qoʻshnay, karnay; urma cholgʻulardan - daf, doira, nogʻora,
safoil kabi musiqa cholgʻulari haqida turli darajadagi ma’lumotlar keltirilgan.
Davrlarning oʻtishi, jamiyat taraqqiyoti mezoniga musiqa cholgʻulari ham
hamnafas tarzda rivojlanib, zamonaga mos takomillashib, mukammallashib kelgan.
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 1 / March 2022
ISSN 2181-063X
277
http://oac.dsmi-qf.uz
Tarixiy manba’larda, Qulmuhammd Udiyning ud cholgʻusiga toʻrtinchi torni
taqqanligi yoki gʻijjak cholgʻusining avval ikki tori, keyin uchinch va toʻrtinchi torlari
qoʻshilganli kabi ma’lumotlar aynan cholgʻular takomillashishi va murakkablashib
kelganligi bilan bogʻliqdir. Bu kabi takomillashtirilib istemolga kirgizilgan
cholgʻularga koʻplab misollar keltirish mumkin.
“XIX asr oxiri va XX asrda oʻzbekona chang, qashqar ruboblari shakllanib
iste’molga kirdi. Ud va qonun sozlari qayta tiklanib, ijrochilik amalyotini sezilarli
darajada boyitdi. Afgʻon rubobi hamda turk cholgʻusi boʻlmish - soz ham oʻziga xos
jozibasi bilan amaliy jarayondan munosib oʻrin oldi.
Zamonaviy musiqa ijodiyoti bilan birga chang, rubob, dutor, gʻijjak kabi xalq
cholgʻularining oilaviy namunalari yaratildi. Pirovardida, zamonaviy jarayonga kelib
musiqiy cholgʻularning turli yoʻnalishlariga mos, xilma-xil tarkiblari yuzaga keldi.
Amalyotda an’anaviy, qayta ishlangan, takomillashgan, qayta tiklangan, yangi
zamonaviy (hamda elktron) cholgʻularning xillari keng qoʻllanilmoqda[7].
Takomillashish jarayonida cholgʻularning shakl va tarannum (ovoz) imkoniyatlarini
boyitish katta ahamiyat kasb etgan. Bu ikki mezon cholgʻularning ma’nan va moddiy
qiymatini ham belgilashga asos boʻlib xizmat qilgan. Zero, chiroyli cholgʻu goʻzal
ovozga ega boʻlishi, u xalq madaniy-ma’naviy boyligi ekanligini etirof etish lozimdir.
“Biz yashab turgan hududimizda ishlatiladigan milliy musiqa cholgʻularining
turlari nihoyatda koʻp. Agar ular nomma-nom sanab chiqilsa, 50 tadan ortiq
ekanligining guvohi boʻlish mumkin. Shular ichidagi 18 nomdagi musiqiy cholgʻu XX
asrning 30-yillari oxiridan boshlab yangidan yaratilgan musiqiy cholgʻular hisoblanadi
va ular asosan orkestr va koʻp ovozli ansambllarda foydalanish uchun moʻljallangan.
Bu cholgʻular muqaddam mavjud boʻlgan milliy musiqa cholgʻularining shaklini
yiriklashtirish yoki kichikroq koʻrinishga keltirish asosida yaratilgan boʻlib, oʻsha
cholgʻu oilasini yaratish ustida olib borilgan tajribalar natijasida yaratilgan.
Takomillashtirilgan cholgʻularda tajribalar olib borildi va chang, rubob, dutor, gʻijjak,
qoʻbiz asboblarining oilasi yaratildi.
Oʻzbek xalq cholgʻularing rekonstruksiya qilish va takomillashtirishdan maqsad,
milliy ohanglarimizni ijro qilishda yanada keng imkoniyat hosil qilish va ularni
Yevropa tovush qatori tizimiga oʻtkazish kabi vazifalar ustida ish olib borishgan.
A.I.Petrosyans rahbarligi qoʻl ostida bir guruh ustalar: Usta Usmon Zufarov koʻplab
dutor va tanbur, gʻijjaklarning turdosh oilalarini yaratgan boʻlsa, Matyusuf Xarratov
chang cholgʻusining yuqori registrini qoʻshimcha torlar va xarraklar hisobiga
kengaytirdi. Yunus Rajabiy Usta Usmon Zufarov bilan hamkorlikda dutor bas, gʻijjak
bas, gʻijjak alt na’munalarini yaratdilar. Cholgʻularning takomillashtirish natijasida,
xalq cholgʻularimiz diatonik tovushqatordan xromatik tovush qatorga oʻtkazildi. Bu
kabi ijod na’munalari cholgʻu ustalarining bevosita sozgarlik sohasida yetarlicha
tajriba toʻplashganlari, asta sekinlik bilan an’anaviy cholgʻularning eski na’munalari
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 1 / March 2022
ISSN 2181-063X
278
http://oac.dsmi-qf.uz
oʻrniga zamonaviy ijrochilikning yuksak talablariga toʻla mos kela oladigan yangi
na’munalarini yaratish, mavjud cholgʻularni yanada takomillashtirishga urinish boʻldi.
Bugungi kunda ham yurtimizda bir qancha cholgʻu sozgarlari faoliyat olib
borayotganligi, milliy musiqachilik sohasida bir qator yutuqlarga erishayotganimizni
takidlash joizdir. Hususan, ana shunday oʻzining na’munaviy yutuqlari bilan milliy
musiqa san’atimiz rivojiga katta hissa qoʻshib kelayotgan Andijonlik ustalarbir qancha
cholgʻularni qayta tiklashga erishdi va yana yangi cholgʻularni yaratish ustida
izlanishlar olib bormoqdalar. Bunga misol tariqasida sozgar usta Abdimalik
Madraimov tomonidan Boburiylar davriga oid milliy musiqa cholgʻularidan gʻijjaki
boburiy, qoʻshtor, dilrabo, dilnavo va shu kabi bir necha cholgʻularni qayta tiklashga
erishilganligini takidlash joiz boʻladi
Milliy madaniyatimizda qoʻllaniladigan musiqa cholgʻularini foydalanish
oʻrinlariga qarab shartli ravishda 2 guruhga - professional ijrochilikda qollaniladigan
va folklor cholgʻulari turlariga ajratish mumkin. Professional ijrochilikda
qoʻllaniladigan cholgʻularning oʻzi ham an’anaviy musiqa ijrochiligida ishlatiladigan
cholgʻular hamda akademik ijroda ishlatiladigan cholgʻular turlariga boʻlinib
ketadi[39].
An’anaviy xalq cholgʻulari tarkibidan joy olgan cholgʻular qatoriga tanbur, dutor,
sato, rubob, ud, nay, sunray, qoʻshnay, karnay, gʻijjak, chang, qonun, doyra,
nogʻoralarni, folklor ijodiyotida qoʻllaniladigan sozlarga changqoʻbiz, sibizgʻa,
choʻpon nay, spol nay, safoil, sagat kabilar kiradi. Qayta ishlangan cholgʻularga: rubob,
gʻijjak, dutor, chang sozlarining musiqaning soprano, alt, tenor, bas ovozlar
mezonlariga koʻra qayta ishlangan namunalari kiradi. Mazkur cholgʻular asosida
oʻzbek xalq cholgʻu orkestr va ansambillarining faoliyati vujudga kelgan.
Oʻzbek xalq cholgʻu orkestr, ansambllarining tashkil etilish tarixiga nazar
tashlaydigan boʻlsak, XIX asrning 60 - 70 - yillarida Toshkent, Moskva, Peturburg
shaharlari musiqa sohasi ommalashgan yirik madaniy markazga aylanganligi, bu kabi
rivojlangan markazlarda mahaliy cholgʻuchilar va musiqa ixlosmandlari ishtirokida
konsert, madaniy tadbirlar faoliyatlari faollashishiga oʻz tasirini oʻtkazgan. 1877 -
yildan boshlab esa Turkiston diyori (Toshkent, keyinroq Samarqand va Fargʻona)ning
boshqa markazlarga yetuk musiqa jamoalari, gastrollar va dramatik guruhlarning
tashrif buyura boshladi. Bu esa rus cholgʻularining demokratik an’analari Turkistonda
baynalmilal aloqalarning oʻrnatilishiga koʻmaklashgan. Keyinroq tezda Toshkent,
Buxoro, Samarqand shaharlarida kasbiy musiqiy oʻquv yurtlarining tashkil etilishiga
ma’lum darajada asos boʻlib xizmat qildi.
1884 - yilda Toshkentda Eyxgori tashabbusi bilan “Musiqa jamiyati” tashkil
qilinib, N. Shletinskiy bu jamiyatning birinchi raisi boʻldi. Xalqning musiqaviy
ma’rifatini yuksalishiga yordam koʻrsatgan L.A. Shadurenskiy va N.L. Trusovlar
jamiyatning faol a’zolari edilar. Shu tariqa XIX asrning 80 - yillarida Toshkentda
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 1 / March 2022
ISSN 2181-063X
279
http://oac.dsmi-qf.uz
orkestr jamoasi tuzilgan va orkestr tuzishning asosiy maqsadi, oʻzbeklarning xalq
musiqasini Nijniy Novgoroddagi Butunrossiya qishloq xoʻjalik koʻrgazmasida
namoyish etish boʻlgan.
Keyinchalik oʻzbek musiqashunoslari dekadalarda faol ishtirok etib, ancha tajriba
toʻplagan. Ular qardosh xalqlar cholgʻulari, kuy-qoʻshiqlarini oʻrganib mahalliy
bayram va tantanalarda foydalangan. Shu bilan birga boshqa oʻsha davrdagi
Butunittifoq xalqlari ham Oʻzbek madaniyati va san’atiga yuqori qiziqish bildirib, uni
oʻrganganlar.Mustaqilliqga erishgach bu jarayonlar yanada jadallashdi.
Hozirgi kunda ham Oʻzbek madaniyat va san’at dunyo xalqlarini oʻziga maftun
etib kelmoqada. Respublikamizda oʻtkazilayotgan xalqaro festival, anjuman va bayram
tantanalari esa xalqaro madaniy hamkorlika yoʻl ochdi. Madaniyat sohasiga
berillayotgan bu kabi imkoniyatlar biz yosh avlod vakillari ruhida shukuronalik ruhini
uygʻotmasdan qolmaydi va yaratilgan sharoit, e’tibordan oqilona foydalanib, bunga
javoban munosib yuksak yutuqlarga erishib, vatanimiz rivojiga oʻz hissamizni
qoʻshishimiz kerakligini unutmasligimiz kerak.
Dostları ilə paylaş: |