Madaniyatini, pedagogik shart- sharoitlari va unga


MUHOKAMA (ОБСУЖДЕНИЕ/DISCUSSION)



Yüklə 55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix07.01.2024
ölçüsü55 Kb.
#210214
1   2   3   4   5
44-47

 
MUHOKAMA (ОБСУЖДЕНИЕ/DISCUSSION) 
Bugungi kunda xalqaro ilg‘or tajribalarga asosan, Angliya, AQSh, Germaniya, 
Finlyandiya, Singapur, Yaponiya kabi davlatlarning maktabgacha ta’lim tizimida 
malaka oshirish jarayonini kompetensiyaviy yondashuv asosida loyihalashni amalga 
oshirishning ilmiy asoslangan metodik tizimini yaratish borasida salmoqli amaliy 
natijalarga erishilgan. Shunga ko‘ra, raqobatbardosh, malakali, tashabbuskor va 
liderlik ko‘nikmalariga ega bo‘lgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarini 
malaka oshirish tizimida egallagan nazariy bilimlarini boshqaruv amaliyotida qo‘llay 
olish ko‘nikmalarini rivojlantirish katta ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan 
maktabgacha ta’lim mutaxassislarini boshqaruv faoliyatiga tayyorlashda hamda ularda 
rahbarlikning o‘ziga xos jihatlarini rivojlantirish uchun boshqaruv kompetensiyasini 
rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish zarur hisoblanadi.
Mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlar natijasida, jumladan, O‘zbekiston 
Respublikasini 
yanada 
rivojlantirish 
bo‘yicha 
Harakatlar 
strategiyasida 
“...maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish va ushbu muassasalarda 
bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-


“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-27, Issue-1, February - 2023
 
46
sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishini 
jiddiy oshirish va foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, pedagog va 
mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish”[9] kabi yo‘nalishlar belgilangan. Bu 
o‘z navbatida, maktabgacha ta’lim tizimining integrallashgan mazmuniga zamonaviy 
yondashuvlarni singdirish, mutaxassislarni malaka oshirish jarayonida boshqaruv 
kompetensiyalarini rivojlantirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan hududiy 
hamda xorijiy maktabgacha ta’lim malaka oshirish tashkilotlari o‘rtasida uzluksiz 
hamkorlikni kuchaytirishni ustuvor prinsiplar asosida ishlab chiqishni taqozo qiladi. 

Yüklə 55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin