7
7
Cho`l mintaqasi.
Ekstraarid cho`l mintaqasi butun respublikamiz teritoriyasining 61,6% ni tashkil
etadi. Cho`l mintaqasi dengiz sathidan 500-600 m gacha bo`lgan balandlikda
joylashgan. bunday yerlar asosan O`zbekistonning g`arbiy qismidagi Qizilqum
cho`llarining ancha qismini, Amudaryo deltasining barcha maydonini,Ustuyrt
tekisliklari va Qarshi va Surxon cho`llarni o`z ichiga oladi.Bu mintaqada asosan
O`zbekistonning g`arbiy qismidagi Qizilqum cho`lining ancha qismini,Amudaryo
deltasining barcha maydonlarini ,Ustuyrt tekisliklarini hamda Kimerikum,Qarshi
va Surxon cho`llarini o`z ichiga oladi .Bu mintaqadaasosan kserofit,ya`ni quruq va
issiq yoz sharoitiga moslashgan o`simliklar o`sadi.cho`l mintaqasi respublikamizda
juda ko`pmaydonni egallaydi.Cho`llarning tuprog`I uch hil:a)sho`rxor tuproqli
cho`l (tuz konlari , sho`rhor yerlar,taqirlar, sho`rdan bo`rtgan yerlar) tipi ,b) qumli
cho`l (qum,qumloq, oq qumlar, uchib yurivchi qumli yerlar ) tipi,v)gipsli cho`l
(mayday tosh aralash karbonatli yerlar) tuproq tiplaridan iborat. Cho`l
mintaqasining turli hil tuproqdan iboratligi undagi o`simliklarni ham turli tuman
bo`lishiga sabab bo`lgan.Masalan sho`rxor tuproqli ylarda sho`r o`simliklar,qum
tuproqli yerlarda qumda yaxshi o`suvchi ksereofit o`simliklar, gipsli yerlarda shu
sharoitga moslashgan ba`zi o`simliklar o`sadi.
Ekstrarid (o`ta issiq) iqlimli cho`l mintaqasida harorat juda yuqori
bo`lib,yozda+40, +45 C* ga yetadi.Yozda kunlarning juda isishi ,
yog`ingarchilikning butunlay bo`lmasligi ,kuchli issiq shamollarning esib
turishi,bulutli kunlarning butunlay bo`lmaslgi bilan xarakterlanadi.Cho`l
mintaqasida yillik namlik 120-200 mm ni tashkil etadi. Yozda 4-5 oygacha bir
tomchi ham yog`in tushmaydi.Shu sababli havoning absolute namligi iyulda
30%ga zo`rg`a yetad.Cho`llardan esadigan issiq havo oqimini hech qanday to`siq
qaytara olmaydi va u boshqa nam havo bilan qo`shilmaydi.Cho`l mintaqasi
sho`rxoq , qum, gips vas oz tuproqli yerlardan iborat. Bu mintaqaning iqlimi
,o`simliklari va tuprog`I tuli tuman bo`lganligi sababli u ikki qismga : pastki cho`l
va yuqori cho`lga bo`linadi.
KOVRAK Asosan qumliklar, cho'llar, adirlar va tog'oldi hududlarida o'suvchi
sassiq kovrak o'simligining bo'yi 1.0-1.5 metrgacha yetadi,
uning yo'g'on ildizi, tuproqning 1.5 metr chuqurligigacha
kirib boradi. Shakli silindrsimon, bochkasimon yoki
tuxumsimon bo'lishi mumkin. Bu o'simlikning poyasi tik
o'suvchi, ichi biroz g'ovak, yuqori qismidan shoxlangan,
asosan bir genertiv novda hosil qilib 7-9 yilda bir
marotaba gullab, urug'lab keyin nobud bo'ladi. Barglari,
yumshoq, tez so'liydigan, ustki tomoni tuksiz, pastki qismi
esa biroz tukli, ildiz bo'g'zidagilari qisqa, yo'g'on bandli,
poyadagilari maydaroq bo'lib, uchki qismdagilari faqat
barg novini hosil qiladi. Ildiz bo'g'zidagi barglarning
8
8
shakli piramidasimon, barg plastinkasi ikkilamchi qirqilgan, barg bo'laklari
lansetsimon, chekkalari tekis bo'lib, uzunligi 14-18, eni 5-7 santimetrga yetad.
Poyadagi barglar yuqoriga qarab maydalashib boradi, eng uchdagilari faqat
bargqinidan
(novdan)
iborat.
Kovrak
vegetatsiyasini
fevral
oyining
oxiridanboshlaydi. Mart, aprel oyida gullab, mayning oxirida urug'laydi. Mevasi
may oyining oxiri va iyun oyining birinchi yarmida pishib yetiladi. Urug'lar
yetilgach, hasharotlar, qushlar va shamol yordamida tarqaladi. Kovrak tarkibida
efir moylari, smola (elim), uglevodlar va boshqa biologik faol moddalar mavjud.
Tibbiyotda ishlatiladigan yelim-smola tarkibi efir moylari, unga qo'lansa hid
beruvchi organik sulfidlar, pinen va terpenoidlar, kumarin va boshqa birikmalardan
iborat. Kovrak ildizidan qirqish yo'li bilan ajratib olingan yelim-smola kina,
asafetida, sapagen, al`banum, sumbul, ammoniakum kabi turli nomlar bilan
qadimdan tibbiyotda keng qo'llanilib kelingan.
QORASAKSOVUL-(Halahulon apholu lijin)
Sho`radoshlar oilasidan bo`lib, bo`yi 3 -5 m diometri 60 -80 sm ga yetadigan
daraxt. Uning bir yillik novdalari juda ham sersuv, bo`g`imli va yashil rangda
bo`lib, barg vazifasini bajaradi. Barglari yoqolib ketgan va mayday tangalar bilan
almashgan. Qorasoksovul aprel –may oylarida ko`karadi va gullaydi gullari
ko`rimsiz, juda mayday bo`ladi. Uning mevasi oktabr oyida pishadi mevalari
qanotchali bo`lib, eni bir sm yetadi. Tashqi tomondan gulag o`xshaydi. U
urug`idan yaxshi unadi. U rugini sho`rxok qum tuproqli yerlarga kuzda (noyabrda)
yoki erta bahorda(fevralning oxiri mart oyida) ekish mumkun. Qorasoksovul sho`r
tuproqda yaxshi o`sadi shuning uchun bazan sho`rxok saksaul deyishadi. Tanasi
ko`ndalangiga kesilsa, unda 150 dan ortiq yillik halqalar ko`ramiz. U bir yilda bir
necha yillik halqalar hosil qiladi.o`simlik 30-35 yilda to`liq voyaga yetadi . 50-60
yildan keyin quriy boshlaydi. Agar 5-6 yillik eski novdalari kesib olinsa ham
ildizidan yana ko`karadi. Chorva uchun to`yimli ozuqa , yog`ochi ogir tez
sinuvchan , usti to`q kulrang po`stloq bilan qoplangan , chirigan poyalari eng
yaxshi yoqilg`i bo`lib, undan ko`mir tayyorlanadi.
Dostları ilə paylaş: