Magistratura mutaxassisliklari


MS Access – berilganlar bazasini boshqarish tizimi



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə28/84
tarix16.12.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#182188
növüУчебное пособие
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   84
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

MS Access – berilganlar bazasini boshqarish tizimi


Berilganlar bazasi ma’lumotlarga ishlov berish va tasvirlash uchun qo’llaniladigan jadval, forma, so’rov va hisobotlardan tashkil topgan.


48
MS Accessda bunday obyektlar bilan ishlash berilganlar bazasining oynasida amalga oshiriladi. Berilganlar bazsini yaratish quyidagi bosqichlardan iborat:
ma’lumotlarni saqlash uchun jadval loyihalash va yaratish; ma’lumotlar kiritish;
axborotni ko’rish, tahrirlash va chiqarish uchun mo’ljallangan ombor boshqa elementlarini ishlab chiqish.
Microsoft Accessda berilganlar maxsus obyektlar – jadvallarda saqlanadi. Masalan, bir jadval talabalar haqida ma’lumotlarni, ikkinchisi ular qatnashadigan o’quv kurslari haqida ma’lumotlarni saqlashi mumkin.
Bu alohida jadvallarni birlashtirish zarur. Barcha jadvallar va ular o’rtasidagi o’zaro bog’lanish berilganlar bazasining asosini tashkil etadi.
Jadvalda har bir ustun maydonni, ya’ni axborot toifasini, har bir satr – yozuv, ya’ni jadvalning bir elementini ifodalaydi. Har bir maydon faqat bir turga tegishli ma’lumotlarni oz' ichiga olishi mumkin - matn, son, vaqt va h.k. Har bir yozuv faqat bir element haqida axborot saqlaydi (masalan, talaba haqida ma’lumot yoki o’quv kursi).
Microsoft Access turli xildagi ma’lumotlarga beriladigan maydonlarga ega. Turli ko’rinishga ega bo’lgan matnlarni, sonlarni, kun, vaqt va pul birliklarini kiritish mumkin. Bulardan tashqari Windows dasturiga qo’yish mumkin bo’lgan ixtiyoriy obyektni yozish (animatsiya, ovoz, rasm, videoklip va h.k.) imkonini beruvchi maxsus tur (Obyekt OLE) maydonga ham ega.
Microsoft Accessda berilganlar bazasining har bir jadvali qat'iy tarkibga ega, undagi barcha axborot o’z joyiga joylashgan bo’lishi kerak.
Agar yozuvda qandaydir maydon bo’sh bo’lsa, Access bu joyda, hech qanday axborot bo’lmasa ham, bo’shliq belgisini ( _ ) tasvirlaydi.
Aniq bir berilganlar bazaiga tegishli bo’lgan barcha obyektlarni Access katta bir faylda saqlaydi. Access dasturi bilan ishlaganda aynan shu fayl bilan ishlanadi. Bir berilganlar bazasi bilan bog’langan obyektlar: axborotlar saqlanuvchi jadvallar, ma’lumotlarni ifodalash uchun forma va hisobotlar, turli ma’lumotlarni so’rash uchun so’rovlar, ombor bilan ishlashni avtomatlashtirish uchun modul yoki makroslar bo’lishi mumkin. Omborda barcha obyektlar o’z turiga qarab tartiblanadi va berilganlar bazasi oynasining mos qo’yilmalarida tasvirlanadi.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin