Qaror qabul qilish va unga mos axborot tizimlari asosan amerikalik olimlarning sa’y harakatlari bilan XX asrning 70-yillar oxiri 80-yillar boshlarida yuzaga keldi. Bu shaxsiy kompyuterlar, standart amaliy dasturlar paketlarining keng tarqalishiga imkoniyat yaratdi, hamda sun’iy intellekt tizimini yaratishda yutuq bo’ldi.
Qaror qabul qilish tizimining asosiy xususiyati inson va kompyuter muloqotini tashkillashtirishning yangi sifatli usullari hisoblanadi. Texnologiyaning asosiy maqsadi bo’lgan qaror ishlab chiqarish iteratsion jarayon natijasida amalga oshiriladi va bunda quyidagilar ishtirok etadi:
Hisoblash bo’g’ini va boshqaruv obyekti sifatida qaror qabul qilish tizimi.
Boshqaruv bo’g’ini sifatida inson, dastlabki ma’lumotlarni beradi
42
va kompyuterda hisoblash natijalarini baholaydi.
Iteratsion jarayonning tugallanishi inson ixtiyorida amalga oshiriladi. Bunday holda, axborot tizimining foydalanuvchi bilan birgalikda qaror qabul qilish uchun axborot yaratish qobiliyati haqida gapirish mumkin.
Qaror qabul qilish tizimning bunday xususiyatiga xos bir qator farqlanuvchi tavsiflarni ko’rsatish mumkin:
yomon tartiblangan (formallangan) masalalarni yechishga yo’naltirilganlik;
masalalarni yechish matematik model va uslublari imkoniyatlari asosida kompyuter ma’lumotlariga ishlov berish va kirishning an’anaviy usullari mosligi.
Qaror qabul qilish tizimi boshqaruvning ixtiyoriy darajasida qo’llanilishi mumkin. Bundan tashqari, boshqaruvning turli darajalariga tadbiq qilinayotgan qarorlar ko’pincha moslashtirilishi zarur. Shu sababli texnologiya va tizimning vazifasi qaror qabul qiluvchi shaxsni boshqaruvning ham bir, ham turli darajalariga moslashtirish hisoblanadi.
Birlamchi ma’lumotlar asosida qarorlarni ishlab chiqish jarayonini ikki bosqichga bo’lish mumkin: mumkin bo’lgan qarorlarni turli modellardan foydalangan holda matematik yo’l bilan shakllantirish va sub’yektiv omillar asosida optimal qarorni tanlash.
Qarorlar qabul qiluvchilarning talablari ko’pgina xollarda birlamchi ma’lumotlarga ishlov berish natijasida olinishi mumkin bo’lgan texnik- iqtisodiy ko’rsatkichlarga qaratilgan. Natijaviy va birlamchi ma’lumotlarning funksional bog’liqliklarini tahlil qilib, axborot tizimini qurish mumkin. Odatda birlamchi ma’lumotlar turlicha bo’lib, ularning kelish intensivligi juda yuqori, qiziqtirilayotgan oraliqda umumiy hajmi katta. Ikkinchi tomondan, talab qilinayotgan davrda ko’rsatkichlari tarkibi nisbatan kichik.
Boshqarilayotgan jarayon holatining axborotlashtirilganlik darajasiga, obyekt modeli va boshqaruv tizimi aniqligi, tashqi muhit bilan o’zaro aloqasiga qarab, qaror qabul qilish jarayoni turli sharoitlarda kechadi: aniqlik sharoitida, xavf sharoitida, noaniqlik sharoitida va ko‘pqirralilik sharoitida qaror qabul qilish.
43
Aniqliksharoitidaqarorqabulqilish.Bu masalada boshqaruv tizimi va obyekt modeli berilgan deb qaraladi, tashqi soha ta’siri esa hisobga olinmaydi. Shu sababli, manbalardan foydalanishning tanlangan strategiyasi va yakuniy natija o’rtasida bir qiymatli aloqa mavjud bo’ladi. Aniqlik sharoitida qarorlar foydaliligini baholash uchun ko’p samara beruvchi qarorni qabul qilish kifoya. Agar bunday qarorlar ko’p bo’lsa, ular teng kuchli hisoblanadi. Aniqlik sharoitida qaror qidirish uchun matematik programmalash usullaridan foydalaniladi.
Xavflilik sharoitida qaror qabul qilish. Bu sharoitda qaror qabul qilish uchun, aniq tahlil qilish mumkin bo’lmagan va uning holatlari taqsimoti ehtimolligi ma’lum bo’lgan, tashqi muhit ta’siri ham hisobga olinishi zarur. Bunday sharoitlarda zarur bo’lgan strategiyadan foydalanish, namoyon bo’lish ehtimoli berilgan deb qaraluvchi yoki aniqlanishi mumkin bo’lgan, turli natijalarga olib kelishi mumkin. Strategiyani tanlash va baholash hal qiluvchi, yakuniy natijaga erishish ehtimolligini hisobga oluvchi qoida yordamida keltiriladi.
Noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish. Yuqoridagi masala kabi, yakuniy natija va strategiyani tanlash o’rtasida bir xil aloqa mavjud emas. Bundan tashqari, yakuniy natijalarning chiqish ehtimolligi ham noaniq. Har bir «strategiya–yakuniy natija» juftligiga yutuq sifatida tashqi baholash mos qo’yiladi. Chegaralanishning eng keng tarqalgani maksimal kafolatlangan yutuqni olish hisoblanadi.
Ko‘pqirralilik sharoitida qaror qabul qilish. Yuqorida sanab o’tilgan masalalarda ko’pqirralilik bir-biriga keltirib bo’lmaydigan bir necha mustaqil maqsadlarning mavjudligida yuzaga keladi. Ko’p sonli qarorlarning mavjudligi optimal strategiyani tanlash va baholashni murakkablashtiradi. Mumkin bo’lgan qaror yo’llaridan biri modellashtirish usullarini qo’llashdir.
Qarorlar qabul qilish uchun quyidagi tashkil etuvchilarning mavjudligi majburiy hisoblanadi: tahlil; bashorat qilish; vaziyatli modellashtirish.
Hozirgi kunda qaor qabul qilish tizimlari ikki turga ajratiladi.
Qaror qabul qilish tizimlari DSS (Dechision Support System) turli tavsiflari bo’yicha ma’lumotlarni saralash va tahlil qilishni amalga oshiradi va quyidagi vositalarni o’z ichiga oladi:
berilganlar bazasiga kirish;
turli ta’minotchilardan axborotlarni olish;
ish faoliyati strategiyasi va qoidalarni modellashtirish; tahlil natijalarini ifodalash uchun ish grafikasi;
44
«agarda» tahlili;
ekspert tizim darajasida sun’iy intellekt.
Tezkor analitik ishlov berish tizimlari OLAP (OnLine Analysis Prochessing) qaror qabul qilish uchun quyidagi vositalardan foydalanadi:
maxsus OLAP turidagi kuchli ko’p protsessorli hisoblash texnikasi; ko’p o’lchamli tahlil maxsus usullari;
DataWapehoysemaxsus ma’lumotlar saqlagichlari.
Qaror qabul qilish tizimi tarkibiga uchta asosiy tashkil etuvchi (komponent) kiradi: berilganlar bazasi, modellar ombori, berilganlar bazasini boshqarish tizimi va bulardan tashqari, modellar omborini boshqarish tizimi, foydalanuvchi va kompyuter o’rtasida interfeysni boshqarish tizimlaridan tashkil topgan dasturiy tizimosti.