Kompyuter va foydalanuvchi o‘rtasida interfeysni boshqarish tizimi foydalanuvchi tili, xabarlar tili va foydalanuvchi bilimlaridan tashkil topgan.
Foydalanuvchi tili – foydalanuvchi tizimga nisbatan klaviatura imkoniyatlaridan, ekranga yozuvchi elektron qalamlardan, sichqoncha, joystik, ovoz orqali beriluvchi buyruqlar va boshqalardan foydalangan holda munosabatni amalga oshiradi. Foydalanuvchining eng sodda tili shakli kirish va chiqish hujjatlari formalarini yaratish hisoblanadi. Foydalanuvchi chiqish shaklini (hujjatni) olgandan so’ng, zarur ma’lumotlar bilan to’ldiradi va kompyuterga kiritadi. Qaror qabul qilish tizimi zarur tahlilni o’tkazadi va chiqish hujjati ko’rinishida o’rnatilgan shaklda natijalarni beradi.
So’nggi vaqtlarda vizual interfeysning ommaviyligi sezilarli darajada ortib bormoqda. Foydalanuvchi «sichqoncha» manipulyatori orqali ekranda unga tasvir ko’rinishida taqdim etilgan obyekt va buyruqlarni tanlagan holda o’z harakatlarini amalga oshirmoqda.
Xabarlar tili – bu foydalanuvchi ekranida ko’rinuvchi, printerda olingan ma’lumotlar (belgilar, grafika, rang), chiquvchi ovoz signallari
47
va h.k. Foydalanilayotgan interfeys samaradorligining asosiy o’lchami foydalanuvchi va tizim o’rtasida tanlangan muloqot shakli hisoblanadi.
Hozirgi kunda muloqotning quyidagi shakllari keng tarqalgan: so’rov- javob rejimi, buyruq rejimi, menyu rejimi, ifodalardagi kompyuter taklif etayotgan bo’shliqlarni to’ldirish rejimi. Har bir shakl masala turiga, qabul qilinayotgan qaror va foydalanuvchining xususiyatlariga qarab bir qator kamchilik va yutuqlarga ega.
Uzoq davr davomida xabarlar tili displey ekraniga chiqarilgan yoki chop qilingan hisobot yoki xabar bo’lgan. Endi chiqish ma’lumotlarining yangi imkoniyati mashina grafikasi yuzaga keldi. Mashina grafikasi ekranda va qog’ozda rangli grafik tasvirlarning uch o’lchamli tasvirini yaratish imkonini beradi. Ko’rgazmalilikni orttiruvchi mashina grafikasidan foydalanish qaror qabul qilish tizimlarida ommaviy bo’lib bormoqda. So’nggi bir necha yillarda yangi yo’nalish, multiplikatsiyaning rivojlanishi kuzatilmoqda. Multiplikatsiya, ayniqsa, fizik tizim va obyektlarni modellashtirish bilan bog’liq bo’lgan qaror qabul qilish tizimlari chiqish ma’lumotlarini interpretatsiya qilishda samara bermoqda.
Yaqin yillarda inson ovozidan xabarlar tili sifatida foydalanish kutilmoqda. Hozirda bu shakldan moliya sohasining qarorlarini qabul qilishga mo’ljallangan tizimlarda qo’llanilmoqda.
Foydalanuvchi bilimlari – bu foydalanuvchi tizim bilan ishlash jarayonida bilishi lozim bo’lgan ma’lumotlar. Unga nafaqat foydalanuvchining harakat rejasi, balki kompyuter tomonidan berilayotgan darsliklar, ko’rsatmalar, boshqaruv ma’lumotlari ham kiradi.
Qaror qabul qilish tizimi interfeysining rivojlanishi bu uchta tashkil etuvchining rivojlanishidagi yutuqlari bilan aniqlanadi va quyidagi imkoniyatlarga ega bo’lishi lozim:
foydalanuvchi tanlovi bilan qaror qabul qilish jarayonida ularni o’zgartirgan holda muloqotning turli shakllarini boshqarish; ma’lumotlarni tizimga turli usullar bilan uzatish;
tizimning turli qurilmalaridan turli formatdagi ma’lumotlarni olish;
foydalanuvchi bilimlarini (so’rov asosida yordam ko’rsatish, ko’rsatma berish) tekis qo’llab quvvatlash.