Magistratura mutaxassisliklari



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə26/84
tarix16.12.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#182188
növüУчебное пособие
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   84
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Modellar ombori. Modellarni yaratishdan maqsad biror bir obyekt yoki jarayonni optimallashtirish va bayon etish hisoblanadi. Modellar qaror qabul qilish tizimlarida tahlil o’tkazishni ta’minlaydi. Modellar, muammoning matematik interpretatsiyasiga tayangan holda, aniq algoritmlar yordamida to’g’ri qaror qabul qilish uchun foydali axborotni topish imkoniyatini yaratadi. Masalan, chiziqli dasturlash modeli manbalarga berilgan chegaralanishlarda bir necha tur mahsulotlar ishlab chiqarishning eng foydali dasturini aniqlash imkoniyatini beradi.
Foydalanish maqsadiga ko’ra modellarni ikki turga bo’lish mumkin:
optimallashtiruvchi va bayon etuvchi.
Optimallashtiruvchi modellar biror ko’rsatkichning maksimal yoki minimal nuqtalarini topish bilan bog’liq (masalan, boshqaruvchilar ko’pincha qanday harakatlar harajatlarni minimallashtirish yoki aksincha, foydani maksimallashtirishni bilishni xohlaydilar).
Bayon etuvchi modellar qandaydir tizimning boshqaruv maqsadlari (optimallashtirish) uchun emas, balki uning holatini bayon etish uchun yo’naltirilgan.
Qaror qabul qilish tizimlarida berilganlar modellari strategik, taktik
va tezkor modellardan tashkil topgan.
Strategik modellar korxonaning maqsadini, unga erishish uchun zarur bo’lgan manba hajmlarini o’rnatish hamda bu manbalarni olish va ulardan foydalanish siyosati uchun boshqaruvning yuqori darajalarida qo’llaniladi. Strategik modellar uchun qamrab olish kengligi, ko’plab o’zgaruvchilar, ma’lumotlarni siqilgan agregirli shaklda taqdim etish xarakterlidir. Ko’pincha bu ma’lumotlar tashqi manbalarda jamlangan va sub’yektiv xarakterga ega bo’lishi mumkkin. Strategik modellarda loyihalash chegarasi, odatda, yillarda o’lchanadi. Bu modellar bir aniq korxonada foydalanish uchun determinlashgan, bayon etuvchi, maxsuslashtirilgan bo’ladi.
46
Taktik modellar o’rta daraja boshqaruvi tomonidan mavjud manbalarni taqsimlash va foydalanish ustidan nazorat o’rnatish uchun qo’llaniladi. Ularni qo’llash mumkin bo’lgan muhitlar ichida quyidagilarni ajratish mumkin:
moliyaviy rejalashtirish; ishchilarga talablarni loyihalash; savdoning o’sishini loyihalash;
korxonaning joylashuvi sxemasini qurish.
Bu modellar odatda korxonaning alohida qismlariga tadbiq qilinadi (masalan, ishlab chiqarish va savdo tizimiga) va o’z ichiga agryegirlangan ko’rsatkichlarni olishi mumkin. Taktik modellar bir oydan ikki yilgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu yerda ham tashqari manbalardan ma’lumot talab qilinishi mumkin, ammo asosiy e’tibor korxonaning ichki ma’lumotlariga qaratilishi lozim.
Tezkor modellar boshqaruvning quyi darajalarida tezkor qarorlar qabul qilish uchun qo’llaniladi va kun va haftalarda belgilanadi. Bu modellarni tadbiq qilish o’z ichiga quyidagilarni oladi: debitorlik va kreditorlik hisobotlari, ishlab chiqarish kalendarini loyihalash, zahiralarni boshqarish va boshqalar. Tezkor modellardan korxona ichki ma’lumotlarini hisoblashda foydalaniladi. Ular optimallashgan va universaldir (ya’ni, turli korxonalarda qo’llanilishi mumkin).

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin