Magistratura mutaxassisliklari



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə23/84
tarix16.12.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#182188
növüУчебное пособие
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   84
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Tashkiliy ta’minot


Tashkiliy ta’minot – bu axborot tizimini yaratish bo’yicha vosita va usullar jamlanmasi bo’lib, ishchilar va texnik vositalar o’rtasidagi aloqa jarayonidagi usullarni aniqlaydi.
Tashkiliy ta’minot quyidagi amallarni bajaradi:
axborot tizimi qo’llanilayotgan tashkilot (korxona) boshqaruv tizimi tahlili va avtomatlashtirish masalalarini aniqlash; axborot tizimi bo’yicha texnik masalalarning iqtisodiy-texnik asoslarini loyihalash va asoslash (masalalar kompyuterda yechilganda);
tashkilot (korxona)ning tarkibi va tartibi bo’yicha boshqaruv qarorlarini, boshqaruv masalalarini yechish usullarini tayyorlash.
41
Tashkiliy ta’minot – axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish jarayonida ishchilar va texnik vositalarning hamkorligini chegaralovchi usul va vositalar mosligidir.

Huquqiy ta’minot


Huquqiy ta’minot – axborotlarni olish, almashtirish va foydalanish tartibini chegaralovchi, axborot tizimining yaratilishi, bajarilishi va huquqiy maqomini aniqlovchi huquqiy normalar majmuidir. Huquqiy ta’minotning asosiy maqsadi qonuniylikni mustahkamlash hisoblanadi.
Huquqiy ta’minot tarkibiga davlat hokimiyati organlari qonunlari, ko’rsatmalari, buyruqlari va vazirliklar, tashkilotlar, mahalliy hokimiyat organlarining boshqa normativ hujjatlari kiradi. Huquqiy ta’minotda har qanday axborot tizimining bajarilishini ta’minlovchi umumiy qism va aniq bir tizimning bajarilishini boshqaruvchi lokal qism ajratiladi.
Axborot tizimini ishlab chiqish bosqichlari huquqiy ta’minoti ishlab chiquvchi va buyurtmachi o’rtasidagi shartnoma munosabatlari bilan bog’liq me’yoriy hujjatlarni, shartnomadan chetga chiqishlarni huquqiy boshqarishni ta’minlaydi. Axborot tizimining bajarilishi bosqichlari huquqiy ta’minoti quyidagilarni o’z ichiga oladi:
axborot tizimining statusi;
xodimlarning huquqlari, vazifalari va javobgarligi;
boshqaruv jarayoni alohida turlarining huquqiy holati; axborotni yaratish va foydalanish tartibi va h.k.

    1. Yüklə 1,55 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin