Animatsiya (lotincha: animare — „jonlantirish“) yoki multiplikatsiya



Yüklə 15,73 Kb.
səhifə1/5
tarix27.12.2023
ölçüsü15,73 Kb.
#200425
  1   2   3   4   5
Animatsiya


Animatsiya

Mavzu:Animatsiyaning kengaytirilgan usullari


Reja:
1.Animatsiya tushunchasi
2.Animatsiyaning 12 tamoyili
3.Mathcadda animatsiyaning yaratilish usullari

Animatsiya (lotincha: animare — „jonlantirish“) yoki multiplikatsiya (lotincha: multiplicatio — „koʻpaytirish“) alohida tasvirlarning yuqori tezlikda ketma-ket koʻrsatilishidir. Koʻzning tasvirlarni uzlukli ilgʻashi oqibatida optik illyuziya seziladi va tasvirlar ketma-ketligi yaxlit harakat, deb qabul qilinadi.
Kompyuter animatsiyasi kompyuterda yaratiladigan animatsiyadir. Kompyuterda yaratilgan tasvir (CGI) va kompyuter animatsiyasi oʻrtasidagi farq shuki, ulardan birinchisi ham statik, ham dinamik tasvirlarni anglatsa, kompyuter animatsiyasi faqat dinamik tasvirlarni (harakatlanuvchi tasvirlar) anglatadi. Zamonaviy kompyuter animatsiyasi uch oʻlchamli tasvirlarni yaratishda odatda 3D kompyuter grafikasidan foydalanadi.
Animator yoki rassom-multiplikator animatsiya yaratish bilan shugʻullanuvchi rassomdir. Animatorlar film, televideniye, video oʻyin va hokazo kabi sohalarda ishlashlari mumkin.
Harakat qaydi (inglizcha: motion capture) biror obyekt yoki odam harakatini qayd etish jarayonidir. Bunda animatsiya qoʻlda emas, balki real obyekt yoki odam harakatini yozib olib, uni raqamlashtirish, soʻngra uch oʻlchamli modelga oʻtkazish orqali yaratiladi
Animatsiyaning 12 tamoyili uning asosiy tamoyillari yig’indisidir. Bu tamoyillar ko’p yillik ish mobaynida UOLT DISNEY studiyasi tomonidan kiritilgan bo’lib, Disney multiplikatorlaridan bo’lgan Djonston va Frank Tomaslarning «Hayot va Hayol» deb nomlangan hamkorlikdagi ishlari ana shu 12 tamoyil asosida ishlangan. 1930-yildan boshlab Disney tomonidan ifodali animatsiya yaratish usullari ishlab chiqildi. Tamoyillarning asosoy qoidasi: fizika asosiy qonunlariga muvofiq yaratish bo’lsada, ularda his va jalb qiluvchi belgilardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etgan. Dastlabki animatsiya an’anaviy qo’l chizmalaridan iborat bo’lgan bo’lsa-da, bu kompyuter animatsiyasi rivoji uchun juda ahamiyatli hisoblangan.



Yüklə 15,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin