4.Straight Ahead Action and Pose to Pose (To’g’ridan-to’g’ri harakat va ketma-ketlikdagi harakat) Bu ikki atama aniq chizilgan jarayonning turlicha talqinidir. «To’g’ridan to’g’ri harakat» jarayonni boshidan oxirigacha bo’lgan ko’rinishlarini chizib olshni anglatsa, «Ketma-ketlikdagi harakat» o’z ichiga boshlang’ich jarayonning muhim ko’rinishlarini chizishdan boshlab, so’ng shu ko’rinishlarni to’ldiradi. «To’g’ridan to’g’ri harakat» suyuqlik va shunga o’xshash faol harakatli obyektlarni yaratishda qo’llaniladi, va u real harakat ketma-ketligininamoyish etishda qulayroq. boshqa tomondan qaraganda bu tamoilda proporsiyani belgilab olish va jarayonning aniq va ishonarli holatlarda tasvirlash murakkabroq hisoblanadi. Kampyuter animatsiyasi «To’g’ridan-to’g’ri harakat» tamoyilining barcha kamchiliklarini bartaraf etadi: biroq shunga qaramay kampyuter animatsiyasida kompazitsiyadagi qulayliklari sababli haligacha «Ketma-ketlikdagi harakat» tamoyilidan foydalanib kelinadi. Kampyuter imkoniyatlari yordamida ketma-ketlikdagi tushirib qoldirilgan pozalar(vaziyatlar) to’ldirilish imkoniyati mavjud.
5. Follow Through and Owerlapping Action (Harakatni yakunlash va bir-biriga ulash) Bu tamoyilda har bir harakat, belgilarni yanada aniqlashtirish uchun fizika qonunlari asosida reallikka olib keladi. Bunda shuni anglatadiki biror bir personaj harakdan to’xtagandan so’ng qaysidir qismlari harakatlanishi mumkin. Masalan: biror bir noma’lum tezlikda (tez yoki sekin)to’xtadingiz shunda tananing biror qismi (soch, qorin, qo’l, oyoq) qimirlaydi. Yoki harakatni boshlaganida personajning ayrim qismlari harakatdan so’ng qimirlashi mumkin. Bunga misol qilib jonsiz narsalarni (kiyimlar, mashinaning antenasi yoki tananing bir qismi) olishimiz mumkin. Djonson va Tomas bu holatda shunday deyishgan: «Har qanday personaj harakatsiz oddiy bir rasm, bu harakat personajga diqqatni jalb qilishga yordam beradi. Hattoki, personaj o’tirgan holatda ham qandaydir harakatni amalga oshirishi mumkin. Masalan, nafas olish bunda ko’krak qismi harakatlanadi».