3-Ma`ruza
Ma’ruzaning rejasi:
Klassik mexanikada inqiroz.
Boltsman taqsimoti.
Harorat. Absoyut nol.
Termodinamika qonunlari.
Termodinamik jarayonlarda vaqtning yo`naltirilganligi.
MOLEKULYAR FIZIKA VA TERMODINAMIKA
Hamma moddalar atom va molekulalardan tashkil topgan, bu
atom molekulalar betartib issi`lik harakatida ishtirok etadi va
o`zaro bir-biri bilan ta’sirlashadi. Biz molekulalar fizika
bo`limida atom va molekulalarning harakat qonunlarini, hosil
bo`luvchi fizik kattaliklarni va gaz jarayonlarini o`rganamiz.
Berilgan modda massaga ega bo`lganligi uchun albatta u
hajmga V, bosimga p va t
0
ga ega bo`ladi. Bu kattaliklar gaz
holatining parametrlari deyiladi. Bu parametrlarning o`zaro
bog`lanishiga gaz holati tenglamalari deyiladi.
Bu parametrlar o`zaro quyidagi funksiya f(V,P,t
0
)=0
ko`rinishida bo`ladi. Molekulyar fizika qonunlarini o`rganishda
gazni ideal gaz deb qaraladi.
O`zaro
bir-birlari
bilan ta’sirlashmaydigan va gaz
molekulalarining xususiy xajmi gaz turgan idishning xajmiga
nisbatan hisobga olinmasa ham bo`ladigan darajada kichik
bo`lgan gazlarga ideal gazlar deyiladi.
Berilgan gaz massasi uchun ideal gaz qonunlari tajribalar
asosida aniqlangan.
1.
Muayyan gaz massasi uchun gaz xarorati o`zgarmas
bo`lganda (t=const) uning bosimi xajmiga teskari
mutanosib bo`lishini Boyl Mariott topgan va shuning uchun
ularni nomi bilan Boyl Mariott qonuni deyiladi va quyidagi
formula bilan ifodalanadi:
Dostları ilə paylaş: |