Serotonin – lazzatlanish gormoni. Serotonin inson organizmida juda ko`p vazifalarni bajaradi: u anglash jarayonini kuchaytiradi, harakatchanlikni ta’minlaydi, mushaklar tonusini oshiradi. Bu gormonning eng asosiy vazifasi kayfiyatni ko`tarishdir. Agar insonda bu gormon me’yorida bo`lsa, u stressli vaziyatlardan oson chiqadi. Insonda serotonin gormonlarining pasayib ketishi depressiyaning boshlanishiga olib keladi. Bu gormonning organizmda muttasil rivojlanishi uchun oqsilga boy mahsulotlar: go`sht, baliq, tuxum, tvorog, pishloq kabilarni ko`p iste’mol qilish kerak. Shuning uchun biz oqsil va uglevodga boy mahsulotlarni yeganimizda, beixtiyor kayfiyatimiz ko`tariladi. Muhim axborot: agar qonda serotonin miqdori ko`paysa, kayfiyat ko`tariladi yoki kayfiyat ko`tarilsa ham, qonda serotonin miqdori ko`payadi.Mana siz serotonin miqdorini ko`paytirishni bilib oldingiz: har doim ko`tarinki kayfiyatda yursangiz, qoningizda serotonin miqdori ortaveradi.
Adrenelin – stress gormoni. Imkoniyatlarimizni oshiruvchi gormon. Bu gormon miqdorining qonda ortishi yurak urishini tezlashtiradi, nafas olishni chuqurlashtiradi, qon aylanishni kuchaytiradi, organizmda almashinuv vazifasini oshiradi. Adrenalin miqdori kam bo`lgan insonlarda jismoniy ishlarga qobiliyat pasayib ketadi. Bu gormon organizmda me’yorida bo`lgani yaxshi. Chunki qonda har doim adrenalin miqdorining ko`p bo`lishi insonning stress holatida bo`lishiga olib keladi. Bunda asab tizimi taranglashadi, immun tizimi ishdan chiqadi.
Endofrin – xotirjamlik va qoniqish gormoni. Bu gormon sevikli inson bilan muloqotda paydo bo`ladi va insonda minnatdorlik, qoniqish tuyg`ularini uyg`otadi. Endofrin “baxt gormoni” deb ham nomlanadi. Chunki bu gormon qonda qancha ko`p bo`lsa, inson o`zini shunchalik baxtli, energiyaga boy, hayotsevar his etadi. Endofrin gormonini miyamiz eng ko`p sevimli insonimiz bilan jinsiy aloqa paytida ishlab chiqadi. Homiladorlik paytida ham ayol organizmi ko`plab miqdorda endofrin ishlab chiqadi. Tug`riqqa qanchalik yaqin bo`lsa, endofrin miqdori ham shunchalik ko`p bo`ladi. Endofrin miqdorini ko`paytiruvchi mahsulotlarga kartoshka, banan, bulg`or qalampiri, guruch, muzqaymoq, bodom va shokolad kiradi. Shuning uchun ham shokolad iste’mol qilishingiz bilan kayfiyatingiz yaxshilanadi.