157
Har yili 10 sentyabrni jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti o‘z joniga qasd
qilish holatlarining oldini olish Xalqaro assotsiatsiyasi (International
Association for Suicide Prevention) bilan hamkorlikda Jahon o‘z joniga qasd
qilishlarning oldini olish kuni (World Suicide Prevention Day) sifatida
nishonlaydi.
Tahlilchilar Sharqiy Yevropa mamlakatlari suitsid bo‘yicha birinchi
o‘rinda ekanini aytishadi. Yaponiyada har yili 30 ming kishi o‘z
joniga qasd
qiladi. O‘z joniga qasd qiluvchilar Lotin Amerikasi va musulmon davlatlarida
juda ham ozchilikni tashkil qiladi. So‘nggi vaqtlarda Rossiyada o‘z joniga qasd
qiluvchilar soni yoshlar orasida ko‘plab uchramoqda.
Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti nafaqat o‘z
joniga qasd qilish
holatlarini to‘xtatishga, balki hayotdan to‘yib ketgan kishilarni davolashga
e’tibor qaratish lozimligini aytib keladi.
O‘smirlar asosan qashshoqlik, oila a’zolari yoki tengdoshlarining salbiy
munosabati,
rad etilgan sevgi, o‘qishdagi o‘zlashtirish pasayishi, bedavo
kasallik, bolalikdagi zo‘ravonliklar asorati, giyohvand
va alkogol mahsulotlar
iste’moli oqibatida o‘z jonlariga qasd qiladi.
Bugungi kunda bir qator mamlakatlarda o‘z joniga qasd qilishga uringan
shaxslar jazoga tortiladi. Masalan, Hindistonda o‘zini o‘ldirishga uringan
158
shaxs bir yil ozodlikdan mahrum qilinadi yoki jarimaga tortiladi. Singapurda
ham o‘zini o‘ldirishga uringan shaxslar bir yil qamoqda o‘tirishga majbur.
OAV mutaxassislari uchun mo‘ljallangan “O‘z joniga qasd qilish
prevensiyasi” (Jaxon sog‘liqni saqlash tashkiloti, 2000-yil) nomli qo‘llanmada
“Zaif insonni o‘z joniga qasd qilishiga turtki bo‘luvchi juda ko‘p omillar qatorida
suitsid holatlarining ommaviy –axborot vositalarida keng yoritilishi bo‘lishi
mumkin”, - deb ta’kidlanadi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, o‘z joniga qasd qilish,
ayniqsa voyaga
yetmaganlar orasida o‘ziga va o‘zgalarga zarar yetkazish hodisalari
to‘g‘risidagi xabarlarni OAVda bayon qilish, shu
kabi sahnalarni namoyish
etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqib, tasdiqlash va unga rioya
qilinishini qat’iy nazorat qilish kerak.
Dostları ilə paylaş: