Mahalla va oila



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/161
tarix15.09.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#143682
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   161
2-OILA PSIXOLOGIYAS

Qanday javobgarlik bor?
Jinoyat kodeksining 
103-moddasida 
o‘zini o‘zi o‘ldirish yoki o‘zini 
o‘zi o‘ldirishga suiqasd qilish darajasiga yetkazganlik uchun jinoiy 
javobgarlik nazarda tutilgan. Bu moddaning qo‘llanilishining zaruriy 
sharti o‘zini o‘zi o‘ldirish yoki o‘zini o‘zi o‘ldirishga suiqasd qilish 


161
darajasiga yetkazishga aybdor jabrlanuvchiga rahmsiz muomala qilgani 
yoki uning sha’ni va qadr-qimmatini muttasil ravishda kamsitgani sabab 
bo‘lganini aniqlash talab etiladi. 
Ya’ni, shaxsni qo‘rqitish, unga rahmsiz muomala qilish yoki uning sha’ni 
va qadr-qimmatini muttasil ravishda kamsitish natijasida uni o‘zini o‘zi o‘ldirish 
darajasiga yoki o‘zini o‘zi o‘ldirishiga suiqasd qilish darajasiga yetkazish uch 
yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 
Afinada o‘zini o‘zi o‘ldirishga Senat tomonidan ruxsat berilgan, 
qachonki, shaxsning hayoti chidab bo‘lmaydigan darajada, deb baholansa va 
bu harakat qonuniy hisoblangan. Aksincha, bunday qilmishlar jamoa vakillari 
ishtirokisiz sodir etilsa, axloqsiz, deb topilgan. 
Buyuk Britaniyada 2017-yil 22-fevralda zo‘ravonlik va o‘z joniga qasd 
qilishning oldini olish maqsadida “Oiladagi zo‘ravonlik: Britaniya ko‘zgusida” 
nomli qonuni qabul qilingan. Buyuk Britaniyada har hafta ikki ayol o‘z turmush 
o‘rtog‘ining harakatlari sababli o‘z joniga qasd qilgan. Buyuk Britaniyada 
qabul qilingan qonunchilikka ko‘ra, eri tomonidan oiladagi zo‘ravonlikdan 
jabrlangan ayol eri bilan ajrashishni talab qiladi. Agarda u eri bilan 
ajrashmasa, undan bolani homiylik va vasiylik organlari olib qo‘yishi mumkin 
bo‘ladi. Ushbu qonunlar esa, mavjud vaziyatni yanada og‘irlashtirib, ko‘pgina 
jinoyatlar ochilmay qolgan. Britaniyada ishonch telefonlari mavjud bo‘lib, ular 
nafaqat ayollar va bolalarga, balki jabr ko‘rgan erkaklar uchun ham faoliyat 
yuritadi. 
Bundan tashqari, AQShda 1991-yilda “Ayollarga qarshi zo‘ravonlik 
ishlatishga qarshi kurash to‘g‘risida”gi, AQSh Kongressi tomonidan esa 1994-
yilda “Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish haqida”gi (the 
Violence Against Women Act) Qonuni qabul qilingan bo‘lib, unning maqsadi 
ushbu toifadagi jinoyatlarning oldini olishdan iborat bo‘lgan. Ushbu qonunga 
asosan, oiladaga zo‘ravonlik qurbonlari uchun 1,5 mingta markazlar tashkil 
etilgan. 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin