170
13-MAVZU:
OILAVIY AXLOQ.
OILAVIY NIZO VA ZIDDIYATLARNI YENGIB
O‘TISHDA AXLOQNING ROLI. ISLOM AXLOQI.
Reja
:
1. Oilaviy axloq.
2. Oilaviy nizo va ziddiyatlarni yengib o‘tishda axloqning roli.
3. Islom axloqi.
Tayanch iboralar:
Oilaviy axloq
tarbiyasi, nizo va ziddiyatlar, Islom
axloqi, ota-ona, farzand.
Oilada shakllangan o‘ziga xos axloq unda muayyan milliy qadriyatlar
tizimining shakllanishida muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. Oilaviy tarbiya hozir
mavjud bo‘lgan axloqiy qarashlarning amaliy jihatdan namoyon bo‘lishi
hamdir. Oiladagi axloq er va xotin o‘rtasidagi
munosabatnigina ifodalab
qolmasdan, balki bolalar uchun ham ular yetuk inson sifatida shakllanishining
muhim ma’naviy omillaridan hisoblanadi. Binobarin, ma’naviy boy, axloqan
pok va jismonan sog‘lom farzandlarni tarbiyalab,
voyaga yetkazish aynan
oilada axloqiy madaniyatni qaror toptirish orqali amalga oshiriladi. Yuksak
axloqqa egalik kishida ezgulik, yaxshilik,
yaratuvchanlik, fidoyilik, sadoqat,
mardlik kabi insoniy fazilatlarning shakllanishiga yordam beradi.
Oila yoshlarning axloqli-odobli, rostgo‘y, mehnatsevar,
halol va
samimiy bo‘lib voyaga yetishlari uchun zamin tayyorlaydi. “Rostgo‘ylik kishi
o‘z xatti-harakatida sodir bo‘lgan ishlarni ko‘rgan, bilgan va eshitganlarini
boshqalarga gapirib berganda, yolg‘on aralashtirmay, aynan o‘zini so‘zlab
berish odatidir. Rostgo‘y kishi yolg‘on gapni gapirishni o‘zi
uchun uyat deb
biladi.
171
Oila tarbiyasi bolaning kelajakda kim bo‘lib yetishishida muhim o‘rin
tutadi. Demak, bola oilada jamiyatning, millatning qiyofasini ko‘radi, bo‘lajak
fuqaroning tabiati, dunyoqarashi va milliy axloqiy qiyofasi oilada shakllanadi,
hamda shu asosda kamol topib boradi. Bola uchun oiladagi sog‘lom ijtimoiy-
ruhiy muhit umuminsoniy va milliy axloqiy qadriyatlar manbaidir. Oiladagi
axloq har bir oila a’zosining ma’naviy qiyofasi orqali bir-birini tushunishga
bo‘lgan intilishi orqali shakllanadi.
Oiladagi
axloq uning shonu sharafi, g‘ururi, burch va vazifalarini
ko‘rsatib beruvchi mezondir. Oilada pokiza nasl-nasab tuyg‘usi va u bilan
faxrlanish – pirovard natijada vatanparvarlik, xalqparvarlik
iftixorini yuzaga
keltiradi. Oilada o‘zaro hurmat qat’iy intizom asosida barcha a’zolarning o‘z
burch va vazifalarini ado etishlari, bir-birlariga nisbatan ezgulik va mehr-
oqibat ko‘rsatishlari muhim mezonlardan biri hisoblanadi.
Axloqni qaror toptirishda oila intizomi – jamiyat va davlat intizomining
negizidir. Chunki, oilada intizom tuyg‘usi shakllangan kishi davlat va jamiyat
ishida ham shu tuyg‘u sohibi sifatida xizmat qiladi,
davlat qonunlariga chap
berishini hayoliga ham keltirmaydi, har bir ishni o‘z joyida va o‘z vaqtida
belgilab, tartib asosida bajaradi.
Dostları ilə paylaş: