167
Imom ibn Jarir Tobariy va Ibn
Abi Hotimlar Abu Hurayradan
(roziyallohu anhu) rivoyat qilgan hadisda Nabiy (alayhissalom):
“Ayollarning
yaxshisi – nazar solsang, xursand qiladigani, amr qilsang, itoat
etadigani va uyda bo‘lmasang, seni o‘z nafsida va molingda muhofaza
qiladiganidir”,
deganlar.
Lekin hamma ayollar ham solihalik maqomiga loyiq bo‘la olmaydilar.
Ba’zilari o‘z hadlarini unutgan holda, erlariga qarshi bosh ko‘tarib, beodoblik,
itoatsizlik ko‘rsatadilar. Bunday hollarda ularga oldin nasihat qilinadi. Bu foyda
berib,
munosabatlar izga tushib ketsa, ayni muddao. Lekin harakatlar
samarasiz bo‘lsa, xotinning
itoatsizligi davom etaversa, boshqa choralar
ko‘riladi. Hijron – to‘shakda
birga yotmaslik, gaplashmaslik ana shunday
choralardandir. Albatta, hijron, ya’ni xonaning o‘zida to‘shakni
boshqa qilish
hassos uslub bo‘lib, ayol kishiga va’z-nasihatdan ham kuchliroq ta’sir qiladi.
Gaplashmaslik esa uch kundan ortiq davom etmasligi kerak. Erlarining
e’tiborsizligi, gaplashmay qo‘ygani hali insofini yo‘qotib ulgurmagan ayollarni
“ko‘zlarini kattaroq ochishga” majbur etadi.
Dostları ilə paylaş: