Mahalla va oila



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/161
tarix15.09.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#143682
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   161
2-OILA PSIXOLOGIYAS

 

(Ayollar ichida) 
solihalari – bu
(Allohga va eriga) 
itoatli, g‘oyibga 
Alloh saqlaganicha himoyatli
(ya’ni, erlarining sirlari, mulklari va 
obro‘larini saqlovchi)
lardir”

Biz 
“itoatkor” 
deb 
tarjima 
qilayotgan 
so‘z 
oyati 
karimada 
“qonitatun”
lafzi ila kelgan, aslida kundalik arab tili muomalasida 
itoatkorlik so‘zi boshqa fe’llar vositasida ifoda qilinadi. Bu so‘z esa, o‘z irodasi, 
ixtiyori va muhabbatiga ko‘ra itoat qilish ma’nosini anglatadi. Demak, 
mo‘mina, soliha ayollarning birinchi sifati itoatkorlikdir. Bu itoatkorliklari 
qo‘rqishdan, majburlashdan emas, balki o‘z mas’uliyatlarini tushunganlaridan 
kelib chiqqan ixtiyoriy munosabatdir. 


167
Imom ibn Jarir Tobariy va Ibn Abi Hotimlar Abu Hurayradan 
(roziyallohu anhu) rivoyat qilgan hadisda Nabiy (alayhissalom): 
“Ayollarning 
yaxshisi – nazar solsang, xursand qiladigani, amr qilsang, itoat 
etadigani va uyda bo‘lmasang, seni o‘z nafsida va molingda muhofaza 
qiladiganidir”,
deganlar. 
Lekin hamma ayollar ham solihalik maqomiga loyiq bo‘la olmaydilar. 
Ba’zilari o‘z hadlarini unutgan holda, erlariga qarshi bosh ko‘tarib, beodoblik, 
itoatsizlik ko‘rsatadilar. Bunday hollarda ularga oldin nasihat qilinadi. Bu foyda 
berib, munosabatlar izga tushib ketsa, ayni muddao. Lekin harakatlar 
samarasiz bo‘lsa, xotinning itoatsizligi davom etaversa, boshqa choralar 
ko‘riladi. Hijron – to‘shakda birga yotmaslik, gaplashmaslik ana shunday 
choralardandir. Albatta, hijron, ya’ni xonaning o‘zida to‘shakni boshqa qilish 
hassos uslub bo‘lib, ayol kishiga va’z-nasihatdan ham kuchliroq ta’sir qiladi. 
Gaplashmaslik esa uch kundan ortiq davom etmasligi kerak. Erlarining 
e’tiborsizligi, gaplashmay qo‘ygani hali insofini yo‘qotib ulgurmagan ayollarni 
“ko‘zlarini kattaroq ochishga” majbur etadi. 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin