168
Urish deganda, albatta, qattiq kaltaklash, a’zolarini
mayib qilish yoki
boshqa jarohatlar yetkazish tushunilmaydi. Ulamolarimiz bu yerdagi “urish”ni
“misvok yoki biron barmoq ila turtish”, deb tushuntirganlar.
Ko‘rinib turibdiki, oyati karimadagi “urish”ga berilgan izn faqat po‘pisa
uchun, o‘zini bilmagan ayollarga ta’sir o‘tkazish uchundir. Avvalo, bu oyatdagi
“urish” farz ham emas,
vojib ham, sunnat ham, mustahab ham emas. Bu
“urish” do‘q-po‘pisa,
norozilikni bildirish, xolos. Amalda esa deyarli
qo‘llanilmaydi. Ko‘pchilik ulamolar: “Berilgan
ushbu izndan foydalangandan
ko‘ra foydalanmagan yaxshiroq”, deganlar. Buning ustiga, ko‘plab hadislarda
erlarga ayollarni urmaslik ta’kid bilan tayinlangan.
Abdulloh ibn Zam’adan (roziyallohu anhu) rivoyat qilinadi: «Nabiy
(sollallohu alayhi va sallam):
“Birortangiz o‘z ayolini qulni
kaltaklagandek kaltaklamasin. Keyin, kunning oxirida yaqinlik qilgisi
kelib qolishi ham bor”,
dedilar»
(Imom Buxoriy, Imom Termiziy).
Ayol kishi tabiatan ta’sirchan, shoshqaloq va tez achchiqlanuvchi
bo‘ladi. Sal narsaga eriga nisbatan itoatsizlik qilib qo‘yishi mumkin. Ammo
keyin o‘ziga kelib,
itoatga qaytsa, unga qarshi chora ko‘rishga zarurat
qolmaydi.
“Ammo sizlarga itoat qilsalar, ularga qarshi
(boshqacha)
Dostları ilə paylaş: