Mahalla va oila


 foizini  2. Ajrimga doir islom qoidalari qaysi surada bayon qilingan?



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/161
tarix15.09.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#143682
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   161
2-OILA PSIXOLOGIYAS

 
48 foizini 
2. Ajrimga doir islom qoidalari qaysi surada bayon qilingan? 
A) Yosin (surasida) 
B) Ruqiya (surasida) 
D) Ixlos (surasida) 
E)
 
Niso(surasida) 
 


170
13-MAVZU:
OILAVIY AXLOQ.
OILAVIY NIZO VA ZIDDIYATLARNI YENGIB 
O‘TISHDA AXLOQNING ROLI. ISLOM AXLOQI. 
Reja

1. Oilaviy axloq.
2. Oilaviy nizo va ziddiyatlarni yengib o‘tishda axloqning roli. 
3. Islom axloqi. 
Tayanch iboralar: 
Oilaviy axloq tarbiyasi, nizo va ziddiyatlar, Islom 
axloqi, ota-ona, farzand. 
Oilada shakllangan o‘ziga xos axloq unda muayyan milliy qadriyatlar 
tizimining shakllanishida muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. Oilaviy tarbiya hozir 
mavjud bo‘lgan axloqiy qarashlarning amaliy jihatdan namoyon bo‘lishi 
hamdir. Oiladagi axloq er va xotin o‘rtasidagi munosabatnigina ifodalab 
qolmasdan, balki bolalar uchun ham ular yetuk inson sifatida shakllanishining 
muhim ma’naviy omillaridan hisoblanadi. Binobarin, ma’naviy boy, axloqan 
pok va jismonan sog‘lom farzandlarni tarbiyalab, voyaga yetkazish aynan 
oilada axloqiy madaniyatni qaror toptirish orqali amalga oshiriladi. Yuksak 
axloqqa egalik kishida ezgulik, yaxshilik, yaratuvchanlik, fidoyilik, sadoqat, 
mardlik kabi insoniy fazilatlarning shakllanishiga yordam beradi. 
Oila yoshlarning axloqli-odobli, rostgo‘y, mehnatsevar, halol va 
samimiy bo‘lib voyaga yetishlari uchun zamin tayyorlaydi. “Rostgo‘ylik kishi 
o‘z xatti-harakatida sodir bo‘lgan ishlarni ko‘rgan, bilgan va eshitganlarini 
boshqalarga gapirib berganda, yolg‘on aralashtirmay, aynan o‘zini so‘zlab 
berish odatidir. Rostgo‘y kishi yolg‘on gapni gapirishni o‘zi uchun uyat deb 
biladi. 


171
Oila tarbiyasi bolaning kelajakda kim bo‘lib yetishishida muhim o‘rin 
tutadi. Demak, bola oilada jamiyatning, millatning qiyofasini ko‘radi, bo‘lajak 
fuqaroning tabiati, dunyoqarashi va milliy axloqiy qiyofasi oilada shakllanadi, 
hamda shu asosda kamol topib boradi. Bola uchun oiladagi sog‘lom ijtimoiy-
ruhiy muhit umuminsoniy va milliy axloqiy qadriyatlar manbaidir. Oiladagi 
axloq har bir oila a’zosining ma’naviy qiyofasi orqali bir-birini tushunishga 
bo‘lgan intilishi orqali shakllanadi.
Oiladagi axloq uning shonu sharafi, g‘ururi, burch va vazifalarini 
ko‘rsatib beruvchi mezondir. Oilada pokiza nasl-nasab tuyg‘usi va u bilan 
faxrlanish – pirovard natijada vatanparvarlik, xalqparvarlik iftixorini yuzaga 
keltiradi. Oilada o‘zaro hurmat qat’iy intizom asosida barcha a’zolarning o‘z 
burch va vazifalarini ado etishlari, bir-birlariga nisbatan ezgulik va mehr-
oqibat ko‘rsatishlari muhim mezonlardan biri hisoblanadi. 
Axloqni qaror toptirishda oila intizomi – jamiyat va davlat intizomining 
negizidir. Chunki, oilada intizom tuyg‘usi shakllangan kishi davlat va jamiyat 
ishida ham shu tuyg‘u sohibi sifatida xizmat qiladi, davlat qonunlariga chap 
berishini hayoliga ham keltirmaydi, har bir ishni o‘z joyida va o‘z vaqtida 
belgilab, tartib asosida bajaradi. 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin