Mahalla va oila



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/161
tarix15.09.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#143682
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   161
2-OILA PSIXOLOGIYAS

Axloq tarkibiga quyidagi elementlar: 
axloq to‘g‘risidagi ilg‘or 
qarashlar, nazariyalar; milliy axloqiy urf-odatlar; shaxsning eng yuksak 
axloqiy fazilatlari; muomala odobi; kiyinish odobi; mehmondo‘stlik va 
ovqatlanish odobi; kasbiy odob; etiket kiradi.
Oilaviy nizo va ziddiyatlar. 
Mustahkam oila sog‘lom turmush tarzi asosida shakllanadi. Bugungi 
kunda ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizda yuz berayotgan jadal o‘zgarishlar, 
yutuqlar bilan bir qatorda oilaviy munosabatlar tizimida ajralishlar, yoshlar 
orasida deviant xulq-atvor ko‘rinishlarining ko‘payganligi, ota-onalar va 
farzandlar o‘rtasida ziddiyatlarning paydo bo‘lishi, tirik yetimlar sonining 
oshishi kuzatilmoqda. Oilaning jamiyatdagi mavqeini saqlab qolish, uning 
mustahkamligini saqlash va kuchaytirish, uning muqaddasligini kelajak 


172
avlodlar ongiga singdirish hozirda dolzarb muammolardan hisoblanadi. 
Chunki, oila ijtimoiy-psixologik butunlik sifatida me’yoriy va informatsion ta’sir 
vositasi sifatida shaxsga ijtimoiylashtiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Oilada jipslik, inoqlikning yo‘qligi uni tashqi negativ omillarga ta’sirchan 
qilib qo‘yadi. Shuning uchun, o‘tish davrida oila-nikoh munosabatlarida 
barqarorlikni saqlash muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ziddiyatlar turli sabablarga ko‘ra yuzaga chiqadi: ma’naviy, moddiy, 
iqtisodiy, siyosiy, diniy kelishmovchiliklar va boshqalar. Ziddiyatni chuqurroq 
tushinish uchun albatta uning kelib chiqish sabablarini o‘rganmoq lozim. 
Masalan, ikki er-xotin o‘rtasidagi ziddiyatlarni oladigan bo‘lsak, avvalo 
ularning oilaviy hayotda turli ma’naviy va moddiy zahiraga ega bo‘lgan 
oilalarda tarbiyalanganliklari, bir-birini hurmat qilmasligi, tushunmasligi, er 
xotinni, xotin erni qo‘llab-quvvatlamasligi, oiladagi iqtisodiy yetishmovchilik va 
hokazolarni sabab qilib olish mumkin.

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin