176
Bu
dunyoga ortiqcha berilib, oxiratni unutgan kishilarda ham mana
shunga o‘xshagan holatlar yuz beradi. Din,
imon zaiflashadi, masjidlarda
namoz o‘quvchilar
kamayadi, kishilar o‘rtasidagi yaqinlik va muhabbat
tugaydi, odamlarning darajasi pul bilan o‘lchanadi. Takabburlik ortib, do‘stlik
va qardoshlik kamayadi. Bularning ikkalasi ham zararlidir.
Shuning uchun
musulmon kishi bu dunyoni ham, oxiratni ham unutmasligi kerak.
Payg‘ambarimiz bir hadislarida shunday deganlar:
“Chinakam
musulmon oxiratdan ham, bu dunyodan ham voz kechmaydi. Dunyosini
qoldirib, yolg‘iz oxirati uchun qayguruvchi kishi xayrli, yaxshi
musulmon emas. Oxiratni unutib, yolg‘iz bu dunyosi uchun kirishuvchi
ham xayrli musulmon emas. Odamlarning xayrlisi, yaxshisi bu dunyosi
uchun oxiratdan kechmaydi, oxirati uchun bu dunyosidan kechmaydi,
ikkalasini birga olib boradi va boshqalarga og‘irlik tushirmaydi”. Demak,
haqiqiy musulmon dunyo va oxirat ishlarini birga olib borgan kishidir.
Boshqa bir hadislarida ham payg‘ambarimiz: "Bu dunyo uchun hech
Dostları ilə paylaş: