181
bir naql bor: ayol chindan ham erini millioner va undan ham... battar qilishi
mumkin. Agar eri – milliarder bo‘lsa.
Gap
. Suhbat chog‘ida ayollar imo-ishora va mimikani ko‘proq
ishlatishadi. Ular suhbatdoshni tinglashdan ko‘ra, tushunishga intiladilar. O‘z
istaklarini sha’ma orqali izhor etishni yaxshi ko‘rishadi. Erkaklar esa to‘ppa-
to‘g‘ri “maqsadga o‘tishadi”.
Ko‘p gapirish ko‘p
narsalarni bilish alomati emas, kam gapirishga
salohiyatning yo‘qligi deb qaramaslik lozim. Ayol tabiatan kishilararo
munosabatlarni,
muloqotni yoqtiradi, undagi maydagaplik, fisqu fasodga
berilish ham shundandir. Erkak qo‘l mehnati,
kuch bilan bajariladigan
vazifalar, fikrini, aqlini charxlashini biladi. U ko‘p gapirishdan ko‘p ter to‘kishni
afzal ko‘radi. Agar qiz bolaga qo‘g‘irchoq sovg‘a qilsangiz, u qo‘g‘irchoqni
kiyintiradi, sochini taraydi, allalaydi
va u bilan tinmay gaplashadi, o‘g‘il bola
esa uning ichida nima borligini bilish uchun qismlarga ajratadi, hatto uni
suvga bosib o‘zining zo‘rligidan quvonadi.
Erkak kishining miyasi kunning oxirida barcha ma’lumotlarni
qaytadan
tahlil qilishga va zarurlarinigina saqlab qolib, qolganlarini unutishga qodir.
Ayol bunday qilolmaydi. Ayol o‘z muammolari haqida qayg‘urishni bas qilish
uchun ularni birovga gapirib berishi kerak. Shuning uchun, ayol bir kunda 30
mingta so‘zni aytishga ehtiyojmand, erkakka esa 4 mingta so‘z
ham yetib-
ortadi. Ayol “o‘zini bosib olishi” uchun imkon qadar ko‘proq gapirgisi kelsa,
erkakka tinchlik zarur bo‘ladi, xolos. Mazkur qonuniyat ko‘pincha o‘zaro
tushunmovchilik va janjallarga sabab bo‘lishi – chatoq. Eng yomoni, ayol
kishining gapirishga bo‘lgan ehtiyoji eng avj pallaga chiqqan payt – bu tun.
Dostları ilə paylaş: