Mahalla va oila



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/161
tarix15.09.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#143682
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   161
2-OILA PSIXOLOGIYAS

Ota-ona bosh tarbiyachi
.
O‘tmishdan bugungacha xalqimiz tomonidan allomalar, avlod-
ajdodlardan faxrlanish, ular merosini mukammal o‘rganish, olg‘a surilgan 
hayotiy g‘oyalardan jamiyatimiz gullab-yashnashi yo‘lida foydalanish, davlat 
ramzlarining mohiyatini anglash aynan oilada amalga oshirila boshlangan. 


187
Sohibqiron Amir Temur ham o‘z davrida o‘g‘il uylantirish, kelin tanlash 
hamda farzand tarbiyasini davlat siyosati darajasiga ko‘targanligi ham bejiz 
emas. Oilaning mustahkam bo‘lishidagi asosiy mas’uliyat oila boshlig‘i 
zimmasida, deb bilgan Sohibqiron: 
“O‘g‘illarim, nabiralarim va 
yaqinlarimni uylantirmoq tashvishida kelin izlamoqqa e’tibor berdim. Bu 
ishni davlat yumushlari bilan teng ko‘rdim. Kelin bo‘lmishning nasl – 
nasabini, yetti pushtini surishtirdim. Odamlar orqali salomatligini, 
jismoniy kamolotini aniqladim, odob - axloqi, sog‘lom va baquvvatligi 
bilan barcha qusurlardan xoli bo‘lsagina el-yurtga katta tomosha berib, 
kelin tushirdim”
- deydi. 
Shuningdek, sarkardaning quyidagi so‘zlari yanada ibratli: 
“O‘g‘illarim, nabiralarim va yaqinlarimga biron tomchi sharob ichib, 
xotinlariga yaqinlashishni man etdim. Zero, sharobning ta’siri 
bunyodidan kelgan farzand nasl-nasabning buzilishiga ta’sir etgay, 
debon shu pokiza yo‘lni tutdim”.
Demak, Amir Temur nafosatshunoslikni 
manbai pokizalik, tartib-intizom oila kuch-qudratini yuksaltirib, jamiyatga 
poydevor bo‘lishini yaxshi bilgan. 
Davlatimizning ayniqsa, ayollarning davlat va jamiyat qurilishidagi rolini 
oshirish, oilani har tomonlama mustahkamlash, oilada va ta’lim tizimida 
yoshlarni barkamol qilib tarbiyalash, aholi salomatligini mustahkamlash 
borasida olib borayotgan siyosatining negizida ham aynan shu g‘oya yotibdi. 


188
Oilada farzand tarbiyasida eng muhim usul bu shaxsiy namunadir. 
Ota-onaning xatti-harakatlari, yurish-turishi, muomalasi, o‘zaro munosabatlari 
farzandlarga namuna sifatida katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. E’tibor 
qilganmisiz, ota-onaning o‘zaro janjallari, oilaga, jamiyatga, atrof-muhitga 
salbiy munosabati, ro‘zg‘orni yuritishdagi pala-partishlilik sharoitida o‘sgan 
bolalar hayotda ko‘p adashishadi. Aksincha, oiladagi yuksak ahloqiy 
munosabatini ko‘rgan bola kelgusida oila qurganda ham o‘z turmush o‘rtog‘i 
bilan shunday yashashga tayyor bo‘lib boradi. 
Ota-bobolarimiz farzand tarbiyasida, ularning xulq-atvorlariga, gap-
so‘zlariga, kishilar oldida o‘zlarini qanday tutib, nimalar haqida fikrlashib, o‘z 
maqsadlarini qanday so‘zlar bilan tushuntirishlariga katta ahamiyat berishgan. 
Sharqona odob ming yillar mobaynida islomiy tarbiya qoidalari asosida tarkib 
topib, takomillashib borganligi tarixdan ma’lum. Chunonchi, Qur’oni Karim 
oyatlari mazmuni, Hadisi sharif, Sharq allomalari va faylasuflarining kitoblari 
tarbiyamizning manbai bo‘lib xizmat qilgan. Islomiy tarbiya musulmonlar 
hayotining barcha qirralarini qamrab olgan. U go‘daklarni emizishdan tortib, 
qanday kiyintirishgacha, ovqatlanish odobidan tortib, ko‘cha-kuyda, kattalar 
qoshida hamda balog‘at yoshiga yetganda o‘zini qanday tutish lozimligigacha 
barcha jihatlarni ko‘rsatib bergan. Eng asosiysi, islomiy odob farzandlarning 
halol, pok, mehnatkash, ilmga intiluvchi, kattalarni, ayniqsa, ota-onani 
hurmatlash ruhida tarbiyalashni shart qilib qo‘ygan. 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin