Mahalla va oila



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/161
tarix15.09.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#143682
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   161
2-OILA PSIXOLOGIYAS

Tayanch iboralar: 
Shaxs psixologiyasi, erkak va ayol, kelin - kuyov, 
ota-ona va farzand, tarbiya, oila. 


178
Shaxs psixologiyasida oila, oilaviy munosabatlar, erkak-ayol 
munosabatlari, jinsiy tarbiya, jinsiy madaniyat va milliy odob katta ahamiyatga 
ega. 
Ikki toifa shaxslarida nafaqat jins farqligi, balki ularning tabiati, xohish--
istaklari, ehtiyojlari, ruhiy va jismoniy mutanosiblik darajasi bilan ham 
birmuncha farqlanadilar. 
Shuning uchun bo‘lsa kerak, oilada oila boshlig‘i - erkakning o‘rni 
boshqa, oila bekasi - ayolning o‘rni boshqa, qaysidir ma’noda vazifa-
majburiyatlari ham taqsimlangan. 
Shunday bo‘lishiga qaramay, erkak va ayol haqida gap ketganda, 
aniqrog‘i ularning o‘zaro munosabatlari to‘g‘risida mulohaza yuritilganda “Ayol 
nima istaydi?” yoki “Erkakka nima kerak?” kabi jo‘n savollar paydo bo‘ladi. 
Avvalo, bu tabiiy hol. Erkak va ayol shunday hilqatlarki, hanuzgacha to‘liq 
o‘rganilmagan, kashf qilinmagan qirralari bisyor. 
Kuchli jins vakillari bo‘lishiga qaramay erkaklar tezda ruhan sinuvchi, 
tushkunlikka moyil, birgina jahl otiga minib yillar davomida qurgan qo‘rg‘onini 
bitta gap bilan buzib yuboruvchi “qobiliyatga” ega bo‘ladilar. Ularning ruhiy 
olami doimiy e’tibor, mehr-muhabbat, dono maslahatu qilgan ishlariga rag‘bat 
sifatida maqtov eshitishga muhtoj! Biroq shunday erkaklar ham bo‘larkanki, 
ular ayollarning e’tibori-yu mehribonligiga muhtojlik sezmasdan (jinsiy 
ehtiyojdan tashqari) umrbod yashay olarkan, hatto yolg‘iz yashash ham ular 
uchun fojia hisoblanmas ekan. Bunday, xalq tili bilan aytganda, “tarki dunyo” 
qilgan ayrim kishilarni uchratish qiyin emas. Ammo ular juda kamchilik. 


179
Ko‘pchilik erkaklar ayollarning mehr-muhabbatidan quvvat olib yashaydilar. 
Aniqroq qilib aytganda, erkak va ayol bir-biriga ham jismoniy, ham ma’naviy 
bog‘liq qilib yaratilgan. 
Ikki jins vakilini bir-birini jismoniy qoniqtirmasligi - ularning sog‘liliga, 
ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Mabodo bir-birining ma’naviy dunyosini 
to‘ldirish, takomillashtirishdek vazifa ado etilmasa, ikkisining uyushmasiga 
putur yetishi turgan gap. Sevishib-sinashib (yoki bir-birini yaxshi bilmasdan) 
turmush qurgan yoshlarning oilaviy hayotda “qoqilishlariga” asosiy 
sabablardan biri shu - bir-birining ma’naviy dunyosini to‘ldira olmaslik. 
Oddiyroq qilib aytsak, jinsiy hayot ehtiyoji (va undan to‘laqonli qoniqish hosil 
qilish) ularni ma’nan yaqinlashtirib, ma’nan yaqinlik - ularni jisman 
birlashtiradi, natija - o‘zaro tuzilgan uyushmani (oilani) mustahkamlaydi! 
Psixologlarning fikricha, birinchi navbatda erkaklar ayollarning yuziga 
qarab baho beradi. Deyarli barcha kuchli jins vakillari ayollarning siymosini - 
uning yuz tuzilishiga qarab “yaratadi”. Xuddi o‘sha “chehra” erkaklarning 
ayollardan “yuz o‘girishi”ga ham sabab bo‘lishi mumkin. Gap navbati qad-
qomatga kelganda biroz ehtiyotroq bo‘lgan ma’qul, negaki turli erkaklarga turli 
qad-qomatli ayollar yoqadi. Birovga orriq, ayrimlarga to‘laroq, kimgadir uzun, 
kimga kaltaroq deganday. 
Psixologlarning fikricha, erkaklar ayollar qomatining mutanosiblik 
darajasiga e’tibor berisharkan. Biroq shunga qaramay 50% erkaklar uchun 
qomatning qanaqaligi muhim emas. Muhimi, ko‘z ochib ko‘rgan ayolining 
ma’naviy dunyosi! Turmush o‘rtog‘i va oilasiga bo‘lgan munosabati! 


180
Ayollarning sochi, soch turmagi, ma’noli boqishlari, terisining rangi, qadam 
tashlashi va hokazo “xususiyatlari” ularga nisbatan “tobelik” taassurotlarini 
uyg‘otar ekan. 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin