172
avlodlar ongiga singdirish hozirda dolzarb muammolardan hisoblanadi.
Chunki, oila ijtimoiy-psixologik butunlik sifatida me’yoriy va informatsion ta’sir
vositasi sifatida shaxsga ijtimoiylashtiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Oilada jipslik, inoqlikning yo‘qligi uni tashqi negativ omillarga ta’sirchan
qilib qo‘yadi. Shuning uchun, o‘tish davrida oila-nikoh munosabatlarida
barqarorlikni saqlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Ziddiyatlar turli sabablarga ko‘ra yuzaga chiqadi: ma’naviy, moddiy,
iqtisodiy, siyosiy, diniy kelishmovchiliklar va boshqalar. Ziddiyatni chuqurroq
tushinish uchun albatta uning kelib chiqish sabablarini o‘rganmoq lozim.
Masalan, ikki er-xotin o‘rtasidagi ziddiyatlarni oladigan bo‘lsak, avvalo
ularning oilaviy hayotda turli ma’naviy va moddiy zahiraga ega bo‘lgan
oilalarda tarbiyalanganliklari, bir-birini hurmat qilmasligi, tushunmasligi, er
xotinni, xotin erni qo‘llab-quvvatlamasligi, oiladagi iqtisodiy yetishmovchilik va
hokazolarni sabab qilib olish mumkin.
Dostları ilə paylaş: