Mahalla va oila


Oilada ota-ona va farzand o‘rtasidagi munosabatlarda tarbiyaviy



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/161
tarix15.09.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#143682
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   161
2-OILA PSIXOLOGIYAS

Oilada ota-ona va farzand o‘rtasidagi munosabatlarda tarbiyaviy 
ta’sir usullari. 
Oilaviy munosabatlarning eng ta’sirli, jozibali va muhim bo‘lagi - bu 
ona-bola munosabatlaridir. Ularning muhimligi shundaki, ayni dastlabki 
muloqot va mehrli munosabatlar bolaning keyingi psixik va aqliy taraqqiyotini 
hamda onaning xulq-atvorini shakllantiradi. 
Chaqaloqning jismoniy o‘sishi va rivojlanishi tabiiyki, onaning 
g‘amxo‘rligiga bevosita bog‘liq. Shunisi muhimki, bola uchun har qanday 
gamxo‘r va mehribon inson unga ona o‘rnini bosishi mumkin (buvisi, otasi, 
enagasi). Lekin kimningdir doimiy g‘amxo‘rligi, ya’ni, mehribon insonning - 
“ob’ekt”ning doimiyligi bola rivojlanishi uchun o‘ta muhim hisoblanadi. Bola bir 
yoshga to‘lguncha bo‘lgan davri noverbal muloqot davri hisoblanib, undagi 
barcha o‘zgarishlar onasi yoki yaqinlari bilan buladigan emotsional, bevosita 
munosabatlarning natijasi bo‘ladi va bora-bora muomalaga til va tovushlar 
bilan boglik belgilar kirib kela boshlaydi. Onaning barcha say’i-harakatlari bu 
davrda bola psixik rivojlanishining muvaffaqiyatini belgilaydi. 


184
Agar ota va ona tomonidan ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik doimiy va 
samimiylik kasb etsa, bu E. Erikson ta’biri bilan aytganda, “mutloq ishonch” 
(bazalnoe doverie)ga asos bo‘ladi. Ya’ni haqiqiy, g‘amho‘r ona bolasining ayni 
paytdagi barcha extiyojlarini qalban his etib, o‘sha zaxoti qondirishga harakat 
qiladi, masalan, chanqasa suv, och qolsa - ko‘krak suti, peshob qistaganda, 
to‘sish kabi ishlarni o‘z vaqtida bajarib boradi. Onaning bola ehtiyojlarini shu 
kabi aniq bilib, o‘z vaqtida mehr ko‘rsatishi ba’zan intuitiv tarzda kechsa, 
ba’zan ona o‘zini bola bilan identifikatsiya qiladi, ya’ni, o‘zini uning o‘rniga 
qo‘yish orqali, uning talab-istaklarini sezganday bo‘ladi, “vujudi bilan his 
etadi”. Bunday his qilishlar odatda ona tomonidan aniq anglanmaydi, lekin, 
tabiiiyki, onaning kechinmalari va sezishlari to‘g‘ri chiqadi. Lekin ba’zan 
pediatr yoki boshqa mutaxassis bilan bolaning holati haqida fikrlashganda 
ayrim hollarda o‘zining intuitiv qarorlari to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini anglab 
qoladi. 
Oila va nikohning paydo bo‘lishiga sababchi omillardan biri, ayniqsa, 
bizning sharoitimizda, farzand tug‘ilishidir. Farzandsiz er-xotin aloqalarini, 
umuman oilaviy munosabatlarini tasavvur qilish mushkul. Ilmiy manbalar 
tarixan insoniyat ota-ona va farzandlar munosabatlari o‘ziga xos bosqichlar va 
rivojlanish qonuniyatlarini boshidan kechirganligidan guvohlik beradi. Bashar 
tarixi shundan dalolat beradiki, zamonlar osha ota-onaning bolaga nisbatan 
xususiy mulkday qarab, uning ustidan hukmronlik qilishi borgan sari farzand 


185
extiyojlari bilan hisoblashish, uning barcha istaklarini bajo keltirib, unga 
cheksiz g‘amxo‘rlik ko‘rsatishgacha bo‘lgan munosabatlarga aylangan. Ota-
ona - bola munosabatlarini agar tarixiy davrlarga bo‘ladigan bo‘lsak, ota-
onaning bolaga yondoshuv usullari bo‘yicha qator bosqichlarni boshdan 
kechirganligini ko‘rish mumkin. 
Ota-onalar farzandlarining jamiyatda tutajak o‘rinlari, ularning 
ijtimoiylashuviga alohida e’tibor bera boshlaganlar. Keyingi davrlar esa 
kattalarning kichiklar taqdiriga befarq emasligi, ularni qo‘llab-quvvatlash, 
rivojlanishiga ko‘maklashishning ahamiyatini anglash davri bulgan. Bu an’ana 
deyarli bizning davrimizda xam davom etib kelmoqdaki, endilikda tug‘ilgan 
bolaga e’tibor oilaning barcha qadriyatlaridan ustun ham keladi. Lekin bunday 
gamxo‘rlik psixologiyasi xam madaniy-tarixiy o‘ziga xoslikka ega. Masalan, 
aksariyat xalqlar bolaga u kichikligida juda katta mexr va gamxo‘rlik 
ko‘rsatadi, taxminan o‘smirlik davridan boshlab, uning erkinligi tan olinadi va 
ota-ona tomonidan beriladigan tarbiya uslublari o‘zgartirilib, unga kattalarcha 
munosabatlar barqarorlashadi.
Boshqa bir madaniy-etnik xududlarda, aksincha, farzand balogatga 
yetgani sari ota-onaning unga e’tibori kuchayadi. Masalan, Osiyo xalqlari, 
xususan, o‘zbeklarda xam oila kattaligi va serfarzandligi bois, bolalarning 
kichik yoshdagi rivojlanish xususiyatlariga tabiiy xolatday qarab, juda katta 
qaygurish bilan uning ma’naviy, ruxiy rivojlanishiga e’tibor qaratilmaydi. Lekin 


186
qiz bola balogatga yetib, ko‘rkamlashib borgani sari, o‘g‘il bolaning qo‘lidan 
ish kelib, qatorga qo‘shilgani sari, ota-onada ulardan g‘ururlanish, taqdiriga 
kuyunish, gamxo‘rlik ko‘rsatish xam ortib boradi. Bunday gamxurlik shu 
qadarki, uylangan qizning qadam bosishlarini ham xamon ota-ona nazorat 
qilaveradi, bu ba’zan, qaynona-kelin munosabatlarida, yoki ota-o‘g‘il 
munosabatlarida tarangliklarni, nizolarni keltirib chiqaradi. 
Yuqorida qayd etilgan davrlarda tabiiy, ota-ona farzandlarini tutish, 
tarbiya qilish va jamiyatga tayyorlashda o‘ziga xos metodlarni qo‘llagan. 
Boshida o‘zidan ajratishni, hayotga tayyorlashni xam bilmagan ota-ona bora-
bora bolani jamiyatda ijtimoiylashuviga ahamiyat beradigan, shu jarayonga 
yordam beradigan bo‘lib borgan, ota-onadagi egoizm bolalardagiga aylanib 
borganki, hozirgi davrda ko‘pgina ota-onalar farzandlarining faqat o‘zini 
o‘ylashi, ota-onani tushunmasligidan noliydigan ham bo‘lib qolgan. Lekin 
aslida tarixiy rivojlanish tendensiyalariga e’tibor berilsa, bunga faqat ota-
onalarning o‘zlari aybdordirlar. 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin