190
mustaqil intimini, tashabbus ko‘rsatish sari chorlaydi va kattalarga
nisbatan ixlosining kuchayganligi;
•
ixlos, hurmat, intilish, tirishqoqlik obro‘ning uzviy zanjirlari
ekanligini his etishlari;
•
ota-onalarning ijtimoiy muhitda, jamoatchilik o‘rtasida va oila
davrasidagi samimiyligi va g‘amxo‘rligi ularga katta obro‘ keltirishi
mumkinligini qalban sezishlari katta ahamiyatga egadir.
Aziz ota-onalar.
Farzandingizni faqat u bilan gaplashganda,
nasihat
qilganda yoki unga biror narsa buyurgandagina tarbiyalayman, deb
o‘ylamang. Siz bolangizni turmushingizning har bir onida, hattoki o‘zingiz uyda
yo‘qligingizda ham tarbiyalash yo‘llarini o‘ylang hamda qo‘llang. Sizning
qanday kiyinishingiz, boshqalar bilan
va boshqalar haqida qanday
gaplashishingiz, xursand bo‘lishingiz yoki tashvishlanishingiz, do‘st va
dushmaningiz bilan qanday muomala qilishingiz, kulishingiz,
gazeta
o‘qishingiz - bular hammasi bolaga andoza va u katta ahamiyatga ega.
Chunki, oilada farzand uchun birinchi taqlid ob’ekti Siz bo‘lasiz. Gapingiz
ohangi sal o‘zgarsa ham, bola buni darrov payqab oladi yoki sezadi, bola
fikringizdagi hamma o‘zgarishlarni har xil yo‘llar bilan bilib oladi, lekin o‘zingiz
bundan bexabar bo‘lasiz. Agar siz uyda qo‘pollik yoki maqtanchoqlik qilsangiz
yoki
ichkilik ichsangiz, undan ham yomoni onani haqorat qilsangiz - siz
bolalaringizga nihoyatda katta zarar yetkazgan bo‘lasiz, ularga yomon tarbiya
bergan bo‘lasiz va sizning bu nojo‘ya qiliqlaringizning oqibati juda yomon
bo‘ladi.
👉👉
Dostları ilə paylaş: