Mahalla va oila



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/161
tarix15.09.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#143682
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   161
2-OILA PSIXOLOGIYAS

Sir saqlash
. Erkaklar birovlarga o‘z sirini aytishdan ko‘ra, o‘zgalarning 
sirini saqlashni afzal biladilar. Ayollar esa buning g‘irt teskarisi. To‘g‘ri, ular sir 
saqlashadi. Biroq o‘sha sir kamida 10-12 kishi o‘rtasidagi “sir” bo‘ladi. 
Harakatlar.
Agar ayolni chaqirishsa, u faqat boshini o‘girib qaraydi, 
erkak esa butun gavdasi bilan o‘giriladi. Biron nimani otmoqchi bo‘lgan ayol 
qo‘lini yon tomonga emas, orqa tomonga qarab siltaydi. Ayol biron gapni 
eshitishni xohlamasa, qulog‘ini barmog‘i bilan berkitadi, erkak esa kafti bilan. 


182
Biron nimaning javobini tezroq topish uchun ayol hech qachon boshini 
qashlamaydi, chunki soch turmagini buzib qo‘yishdan qo‘rqadi. 
Ko‘zgu.
Erkak o‘z tashqi ko‘rinishini baholash uchungina oynaga 
qaraydi. Ayolga esa buning uchun ko‘zgu shart emas. U magazin vitrinasiga, 
derazaga yoki mashinaning yaltiroq kapotiga qarab ham o‘z ko‘rinishini tahlil 
qilib ketaveradi. 
Uydan chiqish.
Agar erkak “ko‘chaga chiqish uchun tayyorman” desa, 
bu uning ko‘chaga chiqishi uchun faqat oyoq kiyimini kiyishi zarurligini 
anglatadi. Xotin kishi tomonidan aytilgan xuddi shu gapdan esa, uning 
ko‘chaga chiqishi uchun bosh yuvishi, kiyimlarni dazmollashi va tabiiyki, 
yaxshilab bo‘yanishi zarurligi tushuniladi. 
Ishda.
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, ayol kishining miyasi jamoat ishlarini 
yechishdan ko‘ra, oilaviy masalalarni hal qilishga moslab yaratilgan. 
“Ayollarning 80 foiz aqli boshqalar bilan shaxsiy munosabatlariga qaratilgan 
bo‘ladi. Agar uyda erkak ish haqida o‘ylayotgan bo‘lsa, ayol kishi esa ish 
joyida ham shaxsiy hayotini ko‘proq o‘ylaydi. Uning barcha intellekti o‘zining 
shaxsiy hayotini qurishga qaratilgan bo‘ladi. Boshqa narsalarga uning 
energetikasi yetmaydi”, - deb hisoblashadi mutaxassislar. 
Kiyim-kechak.
Ayol kishi magazinga chiqish, telefonda gaplashish
ovqat tayyorlash, kitob o‘qish, axlatni to‘kib kelish kabi yumushlarning har biri 
uchun alohida-alohida kiyinadi. Erkak esa, aksariyat hollarda, o‘zining doimiy 
kiyimini to‘y yoki aza munosabati bilangina almashtiradi. 
Did.
Erkakni o‘zining tashqi ko‘rinishi ko‘pincha qoniqtiradi (endi, Xudo 
bergani-da, shunisiga ham shukr). Ayollar uchun esa, o‘z tashqi ko‘rinishi – 
muhokama uchun doimiy mavzu, desa bo‘ladi! Didlarga kelganda, ayonki, 
erkaklar ayollarni yoqtirishadi. Ayollarga esa ko‘proq sodda narsalar yoqadi, 
masalan, erkaklar. 
Erkak va ayollarning ruhiyati va xatti-harakatlariga madaniyat darajasi 
va tarbiya ham ta’sir ko‘rsatadi, albatta. Bundan tashqari, har bir jamiyatdagi 
mavjud muhit ham erkak va ayolning fe’l-atvorini ko‘p jihatdan belgilab beradi. 


183
Ikki jinsga oid xususiyatlar turli mamlakatlarda turlicha ekanligi ham shu 
sabablidir. 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin