Mahalla va oila



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/161
tarix15.09.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#143682
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   161
2-OILA PSIXOLOGIYAS

Ziddiyat faqat bir tomondan iborat bo‘la olmaydi
. Ziddiyatda, uning 
qanchalik murakkab bo‘lishiga qaramay, har vaqt ikki tomon – 
buzg‘unchilik 
va yaratuvchanlik
mavjud bo‘ladi.
Ziddiyat kuyidagi hollarda ijobiy imkoniyatga ega: 

yashirin imkoniyatlar va muammoning yangi qirralarining 
ochilishiga sabab bo‘ladi; 

muammo yechimining yangi yo‘l-yo‘riqlari, imkoniyatlari va 
usullarini kashf etadi; 


173

ishonch, samimiylik, hamkorlik va haqiqatni tan olishga qaratilgan 
yangi munosabatlar qurilishiga sabab bo‘ladi; 

odamlarni umumiy g‘oyalar asosida birlashtiradi; 

samimiy va ochiq, iliq muloqot uchun imkon yaratadi va shunday 
munosabatlarga insonlarni o‘rgatadi; 

o‘z fikr va o‘ylaringizga aniqlik kiritishga va o‘z pozitsiyasini qayta 
ko‘rib chiqishga majbur qiladi. 
Ziddiyat
ning vayron qilish imkoniyati: 
Ziddiyat kuyidagi hollarda vayron etish imkoniyatiga ega bo‘ladi: 
-
konflikt yechimi topilmasa va uni boshqarish imkoniyati boy 
berilsa; 
-
g‘azab, jahl, dilsiyohlik, hafagarchilik, nafrat va qasos xislarining 
kelib chiqishiga sabab bo‘lganda; 
-
juda qattiq stressga olib kelganda; 
-
odamlar o‘rtasida uzoq muddatli nizo va ixtilofni vujudga 
keltirganda; 
-
pashshadan fil yasab, kichkina muammoni katta mojaroga 
aylantirganda; 
-
zo‘ravonlik va urushga sabab bo‘lganda. 
Har qanday ziddiyat asosida biror tomon ma’lum bir maqsadga 
erishish yo‘lidagi harakati yotadi. Demak, ziddiyat - bu ma’lum manfaat va 
maqsadlarga erishish yo‘lidagi o‘zaro muloqotning o‘ziga xos sifatidir. 
Har qanday ziddiyat insonlar va individning ruhiy holatidagi qarama-
qarshiliklar hosilasidir. Borliqdagi har bir predmet va hodisa u yoki bu 


174
ko‘rinishdagi qarama – qarshiliklarga ega. Qarama – qarshi xossa va 
xislatlarning o‘zaro istisno etishlari asosida ziddiyat vujudga keladi. Ziddiyat 
esa albatta boshqa holatga, bosqichga, sifatga o‘tish zaruriyatini tug‘diradi. 
Ziddiyatning belgilari qanday namoyon bo‘ladi? Bu ziddiyat 
qatnashchilari tomonidan qabul qilingan holatning mavjud bo‘lishi, ziddiyat 
ob’ektining bahsliligi, qatnashchilarning o‘z maqsadlariga erishishlari uchun 
ziddiyatga kirishishga tayyorliklari bilan belgilanadi. Bugunga kelib hayot har 
qanday ko‘rinishda ziddiyatsiz bo‘lmasligi isbotlandi. Ziddiyat konstruktiv, 
yaratuvchanlik xarakterga ega bo‘ladi va to‘g‘ri qaror qabul qilishga omil bo‘lib 
xizmat qiladi. Ammo bunda ziddiyatli holat tomonlari, ya’ni opponentlar o‘z 
fikrlariga ega bo‘lgan holda axloqiy me’yorlardan chetga chiqmagan holda bir 
qarorga kelishi lozim.
Disfunksional (vayronakor) ziddiyatlar shaxsiy qoniqishning pasayishi, 
guruhdagi hamkorlikning yo‘qolishiga olib keladi. Ziddiyatning bunday turi bir 
tomon faqatgina o‘z fikrini ma’qullashi, murosa qilishga va kelishishga 
xohishining yo‘qligidan, ikkinchi tomonni haqoratlash, uning fikrini inobatga 
olmaslik, o‘z ustunligini ko‘rsatishga intilishdan kelib chiqadi. 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin