159
solishni xohlamaslik yoxud o‘z sha’ni, qadr-qimmati kamsitilishidan,
sharmanda bo‘lishdan, qoralanishdan qo‘rqib o‘zini o‘zi o‘ldirish holatlari
vujudga kelishini kuzatish mumkin.
Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, tibbiy nuqtai nazardan o‘z joniga qasd
qilganlarning aksariyatiga ruhiy holatning kuchli buzilishi (depressiya) tashxisi
qo‘yilgan.
Shunga muvofiq, Yaponiya davlatida birinchi navbatda bunday
tashxis qo‘yilgan bemorga tegishli davolash usullarini qo‘llash uchun birinchi
navbatda ruhiy holatni nima sababdan buzilganligini o‘rganish muhim
sanaladi.
O‘zini o‘zi o‘ldirish bilan bir qatorda, o‘zini o‘zi qurbon qilish tushunchasi
ham mavjud. Bu tushuncha ko‘proq diniy mafkuralar bilan bog‘liq bo‘lib,
bunda o‘z jonini din uchun yoxud urush paytida Vatan uchun, xalq
manfaatlarini ko‘zlab o‘zini o‘zi fido qilish (shahid bo‘lish) kabilar bilan bog‘liq.
Tarixga
nazar tashlasak, suitsidning Xarakiri (Yaponiya) va Sati (Hindiston)
kabi shakllarini ham kuzatishimiz mumkin.
Afsuski, hozirda o‘zini boshqara olmaslik, o‘ziga ishonchsizlik, sabrsizlik
natijasida, ayniqsa, so‘nggi o‘n yil ichida yoshlar o‘rtasida o‘zini o‘zi o‘ldirish
3 barobarga o‘sdi. Har yili 15-19 yoshlar atrofidagi o‘smir, voyaga
yetmaganlarning har o‘n ikkinchisi o‘z hayotiga qasd qilishga harakat qilib
ko‘rmoqda.
160
O‘zini o‘zi o‘ldirgan ko‘pchilik balog‘at yoshida bo‘lgan o‘smirlar ko‘p
hollarda aynan o‘zlarining ota-onasi, o‘qituvchisi, o‘rtoqlari umuman,
u bilan
tanish bo‘lganlarning o‘zlari bilmagan va xohlamagan holda jabrlanuvchiga
nisbatan rahmsiz muomalada bo‘lishi natijasida irodasi bo‘shligi sababli shu
darajaga kelib qoladi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, erkaklarga nisbatan ayollarda o‘zini o‘zi
o‘ldirishga urinish holati ko‘proq uchrab, bunda erkaklar ko‘proq o‘zini otish
usulini, ayollar esa turli dori-darmon, toksik suyuq moddalar bilan o‘zini
zaharlash usulini qo‘llaydi. Biroq erkaklar tanlagan usullar o‘lim bilan
yakunlanadi. Shuningdek, ko‘pgina suitsidchilar o‘lim oldi o‘zlaridan so‘nggi
xat-yozishmalar, qaydnomalar yozib qoldirishlari kuzatilgan.
Ba’zida o‘zini o‘zi o‘ldirish holatiga qurbon bo‘lganning o‘zi sabab
bo‘ladi, ya’ni jabrdiyda shaxsning o‘zi harakat sub’ekti sifatida turadi. Shuni
aytish joizki, o‘zini o‘zi o‘ldirish to‘g‘risidagi umume’tirof
etilgan fikrda aynan
shu holat asosiy faktor hisoblanadi. Bunday harakatlarning ichki sabablari esa
ushbu nuqtai nazardan ma’lum bir ahamiyatga ega bo‘lmaydi.
Dostları ilə paylaş: