Mahalla va oila


muayyan taqiqlar o‘rnatishni, shu jumladan jabrlanganlar bilan



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/161
tarix15.09.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#143682
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   161
2-OILA PSIXOLOGIYAS

muayyan taqiqlar o‘rnatishni, shu jumladan jabrlanganlar bilan 
muloqot qilishga, ularning ish joyiga, o‘qish joyiga, yashash joyiga 
borishga taqiqlar qo‘yishni va ularni himoya qilish bo‘yicha boshqa 
chora-tadbirlarni nazarda tutadigan himoyaviy ko‘rsatmalar institutini 
joriy etish; 

sudgacha va sud tekshiruvi jarayonida maishiy zo‘rlik ishlatishdan 
jabr ko‘rgan shaxslarni himoya qilishga qaratilgan maxsus protsessual 
kafolatlarni joriy etish. 
 
Agressiya
– tajovuzkor degan ma’noni bildirib, u insonni qaysidir salbiy 
jihatlarini namoyon etuvchi holatdir. Inson qachon tajovuzkor bo‘ladi? Bunga 
sabablar nima? – degan savollarga doimo yechim qidiradi va uning oldini 
olish yo‘llari bo‘yicha izlanishlar olib boradi. 
“Tajovuzkorlik sindromi” kim uchun xavfli?


118
Albatta, bu sindrom birinchi galda o‘zining sohibini nishonga oladi. 
Buzg‘unchi tanqidga odatlangan odamdan salbiy quvvat ajralib chiqa 
boshlaydi.
Salbiy quvvat:
Kimdandir ajralib chiqqan salbiy quvvat o‘zi yo‘nalgan ob’ektga 
qanchalik ta’sir qilishini aytish qiyin. Biroq, salbiy quvvat o‘z egasining olamini 
payhon qilishi – bor gap. 
Agar siz kimningdir xatosiga guvoh bo‘lsangiz, muloyimlik bilan shaxsiy 
qarashingizni ifodalang. Xatolar – donolik va yuksalish vositasi. Kimdir xato 
qilyaptimi, demak u o‘smoqda! Bu vaziyatda uni tajovuzkorlik bilan qarshi 
olish – chirmoviqning rolini o‘ynash bilan barobar! 
Shunday ekan, xatoni ko‘rsangiz, ularga zararli quvvatni yo‘naltirmang. 
Ilmiy izlanishlarning natijalariga ko‘ra, kuchli odamlar o‘zlariga qaratilgan 
buzg‘unchi tanqidni ham o‘sishlari uchun zarur quvvatga aylantirish 
qobiliyatiga ega ekanlar. 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin