120
vaziyatni tushunishga urining. So‘zlashdan oldin tinglashni bilish odamga
keraksiz so‘zlarni aytishdan tiyilishiga xizmat qiladi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra,
bugungi kunda
«ebola», “qora o‘lim”, “OITS” kabi xastaliklar jahonning eng xavfli kasalliklari
hisoblanadi va har yili millionlab insonlarning yostig‘ini quritmoqda. Biroq,
bugun sayyoramiz bo‘ylab bulardan ham xavfli virus tarqalmoqda – nafrat!
Uning maqsadi urushlarni avj oldirish va yerdagi tirik jonlarni qirib tashlash.
Har bir yaxshi va ijobiy fazilatli inson,
u qayerda va qandayligidan
qat’inazar, sayyoramizning farovonligi uchun xizmat qiladi. Insoniyat aslida bir
butun, har birimiz bu yaxlitlikning bir bo‘lagimiz. Birimizga ta’sir qilayotgan
xavf kun kelib boshqamizga ham dard keltiradi. Bizning hayotdagi burchimiz
mehr-muhabbat va insoniylik rishtalari yordamida o‘zaro uyg‘unlashuv
bilan
hamohangdir.
Biz barchamiz turlichamiz: barmoq izimizdan tokim, fikrimiz va
harakatimizgacha farqlanamiz. Va, bir-birimizga doim ham yoqavermaymiz.
Biroq,
imkon bor ekan, vaqtni tilni o‘qlab emas, idrokni boyitib yashashga
chog‘lanaylik. Xato qilganlarga ko‘maklashib, to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsating va ularni
qo‘llab yuboring. Yaxshi quvvatning ham, yomon quvvatning manbasi bir: siz
urib turgan
yurakdan muhabbatga joy bering, ishlab turgan miyada ezgulik
yo‘lida mushohada qiling.
Dostları ilə paylaş: