122
Himoya orderini bergan ichki ishlar organining mansabdor shaxsi tazyiq
o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan shaxsni himoya orderining shartlari hamda
uni bajarmaslik oqibatlari va zo‘ravonlik xulq-atvorini o‘zgartirish bo‘yicha
tuzatish dasturlaridan o‘tish zarurligi to‘g‘risida xabardor qiladi.
Shaxs himoya orderini olish to‘g‘risidagi tegishli hujjatni imzolashni rad
etgan
taqdirda, himoya orderini topshirayotgan
ichki ishlar organining
mansabdor shaxsi tomonidan xolislar ishtirokida dalolatnoma tuziladi.
Tegishli hududda tazyiq va zo‘ravonlikning
yakka tartibdagi
profilaktikasini amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan ichki ishlar organining
mansabdor shaxsi tazyiq va zo‘ravonlik fakti yoki
ularni sodir etish xavfi
aniqlangan paytdan e’tiboran 24 soat ichida himoya orderini o‘ttiz kun
muddatgacha beradi va ushbu order rasmiylashtirilgan paytdan e’tiboran
kuchga kiradi.