otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va joyi, kasbi hamda yashash joyi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil
5-oktabrdagi O‘RQ-640-son qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga
«Tazyiq o‘tkazgan va (yoki) zo‘ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxs tomonidan himoya orderi talablarini bajarmaslik» nomli 2061-modda kiritilib, unga ko‘ra, tazyiq o‘tkazgan va (yoki) zo‘ravonlik sodir etgan yoxud
ularni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxs tomonidan himoya orderi talablarini
bajarmaslik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch
baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga
ma’muriy qamoqqa olish belgilandi.
Himoya orderida quyidagi cheklovlar nazarda tutilishi mumkin:
tazyiq o‘tkazishni va zo‘ravonlik sodir etishni taqiqlash;
tazyiq o‘tkazgan yoki zo‘ravonlik sodir etgan shaxsning tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilar bilan aloqasini taqiqlash (ish joylarida va ta’lim muassasalarida tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchining tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan shaxs bilan bilvosita aloqasi yo‘lga qo‘yiladi);
tazyiq o‘tkazilgan va zo‘ravonlik sodir etilgan taqdirda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchining hamda tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan shaxsning bir xonada birga bo‘lishini taqiqlash;
tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan shaxsning zimmasiga tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchini davolash, unga maslahat berish, uni tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatish