Mahalliy byudjetlar daromadlarini tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish yo‘llari


masalasi  mamlakatni iqtisodiy rivojlantirish



Yüklə 241,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix08.10.2022
ölçüsü241,77 Kb.
#64719
1   2   3
mahalliy-byudjetlar-daromadlarini-tartibga-solish-mexanizmlarini-takomillashtirish-yo-llari

3
masalasi 
mamlakatni iqtisodiy rivojlantirish borasida muhim ahamiyat kasb etadi.
Shunga ko‘ra, qayd etilgan masalalar bo‘yicha tarmoqlar va mintaqalarni barqaror 
rivojlantirish hisobiga ijtimoiy muammolarning hal etilishini ta’minlovchi mahalliy 
byudjetlarning daromad manbaini kengaytirish bo‘yicha 2017 yil davomida amalga 
oshiriladigan chora-tadbirlar dasturlari tayyorlanishi va ular asosida mintaqalarning 
ishlab chiqarish salohiyati kengaytirilishi, mahalliy byudjetlar daromadlarini oshirish 
va alohida viloyatlar va tumanlarning subvensiyalanishini kamaytirish bo‘yicha 2017 
- 2021 yillarga mo‘ljallangan dasturlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, 
3
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar 
Strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni 1-ilova 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
January 2022 / Volume 3 Issue 1
www.openscience.uz
1064


byudjet xarajatlarini yanada optimallashtirish, shaharlar va tumanlarning 
subvensiyalanishini 
kamaytirish, 
fiskal 
nomarkazlashtirish 
jarayonlarini 
chuqurlashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar tayyorlanishi rejalashtirilgan. 
Zero, prezidentimiz bu borada “har bir tuman va shaharda, respublika ahamiyatiga 
molik yirik korxonalar hissasini e’tiborga olmagan holda, soliqqa tortish bazasini 
kengaytirish 
bo‘yicha 
amaliy 
chora-tadbirlarni 
ishlab 
chiqish 
hisobidan 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent viloyatining barcha tumanlarini 
subvensiyadan chiqarishni so‘zsiz ta’minlash kerak. Bu yil boshqa hokimliklar va 
tegishli organlar uchun ham subvensiyadan qutilish masalasida sinov yili bo‘ladi
4
”- 
deya ta’kidlab o‘tganlar. 
Yuqoridagi mazkur holatlar mahalliy byudjetlarning daromad bazasini 
mustahkamlashning oqilona yo‘llarini izlab topishni taqoza etadi. Bu borada mahalliy 
byudjetlarga tushumlarning yangi manbalarini qidirib topish, soliqqa tortiladigan 
bazani kengashtirish va mavjud soliq tushumlari asosini takomillashtirish bo‘yicha 
amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini yanada oshirish lozim bo‘ladi. 
Bugungi kunda mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlash, tushumlar 
miqdorini yanada oshirishga salbiy ta’sir qiluvchi ayrim muammoli masalalar ham 
mavjudki, ularning qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin bo‘ladi: 
Birinchidan, hududlarda aholi tomonidan yerlardan noqonuniy (tegishli 
hujjatlarsiz), o‘zboshimchalik bilan foydalanish, o‘ziga tegishli bo‘lmagan yerlarni 
qo‘shib olish, yerlardan me’yordan ortiq foydalanish, yangi qurilgan turar va noturar 
joylarni o‘z vaqtida davlat kadastri ro‘yxatidan o‘tkazmaslik, ularni baholatmaslik, 
tegishli tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish, 
yollanma ishchilardan hujjatsiz foydalanish kabi holatlar mahalliy byudjetga soliq 
to‘lovchilar soni, ular tomonidan to‘lanadigan mahalliy soliqlarning miqdori va soliqqa 
tortiladigan ba’zasinining kengayishiga teskari ta’sir qiladi. 
Ikkinchidan, joylarda dehqon va mol bozorlarida bo‘sh savdo o‘rinlaridan oqilona 
foydalanilmaslik, bozor ma’muriyati tomonidan sotuvchi va xaridorlarga 
ko‘rsatiladigan pullik xizmatlarning yetarli darajada emasligi, mavjud imkoniyatlar 
(tarozi, arava va b. ijarga berish)dan to‘laqonli foydalanmaslik mahalliy byudjetlarning 
bozorlardan tushadigan daromadlari miqdoriga ta’sir qilmoqda. 
Uchinchidan, har bir hududda mavjud tabiiy, mineral-xomashyo resurslar oqilona 
foydalanilmaslik hamda ular negizida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishga bo‘lgan 
targ‘ibot tadbirlarining sustligi, aholining mavjud tomorqalaridan samarali 
foydalanish, uning negizida dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanish bo‘yicha 
4
О‘zbеkistоn Rеsрublikаsi Рrеzidеnti Shаvkаt Mirziyоеvning 2017 yil 14 yаnvаr kuni mаmlаkаtimizni 2016-yildа 
ijtimоiy-iqtisоdiy rivоjlаntirishning аsоsiy yаkunlаri vа 2017-yilgа mо‘ljаllаngаn iqtisоdiy dаsturning еng muhim ustuvоr 
yо‘nаlishlаrigа bаg‘ishlаngаn Vаzirlаr Mаhkаmаsining kеngаytirilgаn mаjlisidаgi mа’ruzаsi. Tаnqidiy tаhlil, qаt’iy 
tаrtib-intizоm vа shаxsiy jаvоbgаrlik – hаr bir rаhbаr fаоliyаtining kundаlik qоidаsi bо‘lishi kеrаk. T.: Xаlq sо‘zi. 2017 
yil 16 yаnvаr. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
January 2022 / Volume 3 Issue 1
www.openscience.uz
1065


yetarli bilim, ko‘nikma va malakalarga ega emasligi hamda ushbu faoliyatlarni amalga 
oshirish jarayonida zarur bo‘lgan xizmatlarni ko‘rsatuvchi infratuzilma ob’ektlarining 
hududlarda yetarli darajada emasligi, hududlarning investitsiya salohiyati hamda 
investitsiya kiritish lozim bo‘lgan sohalar bo‘yicha investorlarning to‘laqonli 
ma’lumotga ega emasligi hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, mavjud 
salohiyatdan samarali va optimal foydalana olmaslik mahalliy byudjetlarni 
subvensiyalanishini kamaytirishga, shuningdek daromadlarini oshirishga salbiy ta’sir 
ko‘rsatmoqda.
XULOSA 
Bizning fikrimizcha, mahalliy byudjetlar daromadlarini tartibga solish 
mexanizmlarini aniqlash va uning mohiyatini hisobga olish bo‘yicha yuqoridagi 
yondashuvlarning barchasi bitta umumiy afzalliklarga ega barcha mualliflar mahalliy 
byudjetni mahalliy hokimiyat organlariga yuklatilgan vazifalar to‘plami va ularni 
qondirish uchun ularning ixtiyoridagi mablag‘lar to‘plami deb hisoblashadi. 
O‘ylaymizki, bu takliflar O‘zbekistonda mahalliy byudjetlar daromadlarini tartibga 
solish mexanizmlarini shakllantirish, takomillashtirishda muhim yechim bo‘la oladi. 

Yüklə 241,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin