Mahbub ul qulub



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/10
tarix30.06.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#135580
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
TAQRIZ 
Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asari nisbatan kam o„rganilgan. Ayniqsa, 
asarning 2-qismi, undagi hikoyatlar diniy –tasavvufiy ruhda bo„lgani uchun 
e‟tibordan bir oz chetda qolgan edi. Talaba G. Mahmudova mazkur bitiruv ishida 
ana shu tomonni o„rganishga harakat qilgan. 
Bitiruv ishining “Kirish” qismida mavzuning dolzarbligi, o„rganilganlik 
darajasi, ilmiy yangiligi, metodologik asosi, maqsad va vazifalari , nazariy va 
amaliy ahamiyati kabilar yoritilgan. “Mavzuning o„rganilganlik darajasi” qismini 
yanada kengroq va aniqroq tavsiflash kerak edi.
Bitiruv ishining birinchi bobi “Mahbub ul-qulub” ning tuzilishi va undagi 
masalalar” deb nomlangan. Bu bobda adabiyotshunoslikda Navoiy asarlari haqida 
bildirilgan ma‟lumotlar umumlashtirilgan. Shoirning she‟riy, nasriy, ilmiy asarlari 
ko„rsatib o„tilgan.
“Mahbub ul-qulub”, uning tuzilishi, asardagi uch qismdagi masalalar imkon qadar 
yoritilgan. 
Asarning birinchi qismida turli toifa kishilari haqida gapirilgani, unda 
uchraydigan she‟rlar, ularning janrlari to„g‟risida mulohaza yuritgan.Har bir 
qismning (1,2,3-qismlar) tuzilishi va mohiyati qisqacha sharhlangan. Bitiruv 
ishining ikkinchi bobida talabaning asosiy mushohadalari, mustaqil fikrlari, 
nazariy qarashlari o„z ifodasini topgan. Talaba “Mahbub ul-qulub” dagi barcha 
hikoyatlarni aniqlab chiqqan. Uning fikricha, asarda o„n uchta hikoyat mavjud. Bu 
hikoyatlarning mavzulari ham rang-barang. Asosiy qismini diniy-tasavvufiy 
mazmundagi hikoyatlar tashkil qiladi. Talaba bu hikoyatlarni kuchi yetgancha 
tahlil qilgan. Ayrimlarining tahlilida sayozlik seziladi. 
Hikoyatlarning xulosasida keltirilgan she‟riy parchalarning badiiyati haqida 
ham to„xtalib o„tgan. She‟riy san‟atlar yuzasidan tahlil qilgan. 


57 
Bitiruv ishida ayrim uslubiy, imloviy xatolar mavjud. Adabiyotlarni berishda 
ayrim kamchiliklar bor. Nazariy ma‟lumotlarni ko„proq kiritsa yaxshi bo„lardi.
G. Mahmudova bitiruv ishining mavzusini asosan yoritgan. Ishning hajmi, 
tayyorlanish darajasi talab darajasida. Bitiruv ishi Davlat attestatsiyasi talablariga 
javob beradi deb baholayman va uni himoyaga tavsiya etaman. 
Ilmiy rahbar:
dots. T. Xo„jayev 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin